Insonga falsafa nuqtai nazaridan yondashuv. Biz insonga nisbatan sof falsafiy yondashuvga hali qaytamiz va falsafa inson bilan qancha shug’ullanmasin, u haqda hamma narsani bilishi va mazkur bilimni uzil-kesil va eng so’nggi haqiqat deb hisoblashi mumkin emasligini ko’rsatib beramiz. Hozir esa shuni qayd etishni istar edikki, o’zi haqida va o’zini qurshagan dunyo haqida inson falsafa paydo bo’lishidan ancha oldin mulohaza yurita boshlagan. Ammo keyinchalik, «donolikka muhabbat» paydo bo’lgach ham, inson mavzusi falsafaning diqqat markazidan darhol o’rin olgani yo’q.
Insonniqurshagantabiathaqidabilimlarto’planishivaularningrivojlanishigaqarab, odamzotningo’z-o’zigabo’lganqiziqishihamkuchayibbordi, insonborlig’iningbusohadagitadqiqotlaruchunyanadakengroqimkoniyatlaryaratuvchiyangivayangio’zigaxosxususiyatlarianiqlandi. Odatda, jamiyathayotidatarixanqisqavaqtichidajiddiyvaterano’zgarishlaryuzbergan, insoniymunosabatlarnegizinitashkiletuvchieskichatasavvurlarvaqarashlar ta’siridabutunlayo’zgargandavrlardainsongabo’lganfalsafiyqiziqishayniqsakuchaygan. Bundaydavrlardafalsafadainsonningmohiyati, uningburchi, vazifasivayuzberayotganvoqyealaruchunjavobgarligihaqidagiazaliymasalalargabo’lganqiziqishyanakuchaygan. Shundayqilib, falsafaningontologiya, gnoseologiya, etika, estetika kabi bo’limlaribilanbirqatorda, insonhaqidagibilimlarsohasiasta-sekinshakllanibbordi.Buyerdainsonnafaqatturlitomonlardantahlilqilindi, balkiuningijtimoiy, tabiiyvakosmikjarayonlarbilano’zaroaloqalarihamo’rganildi.
Xo’sh, bilimning bu sohasida asrlar mobaynida qanday ijobiy bilimlar to’plangan?Insonni tushunish borasida taraqqiyotga erishildimi? Falsafa va fan sohasida erishilgan insonning mohiyatini tavsiflovchi, uning muhim xususiyatlarini yoritib beruvchi qanday shak-shubhasiz yutuqlarni qayd etish mumkin?
Insonni bilish borasidagi ko’p asrlik sa’y-harakatlarni bir yerga jamlab, ularning orasidan uzil-kesil yechilgan deb hisoblash mumkin bo’lganlarini ajratib olsak, shak-shubhasiz yutuqlar soni uncha ko’p bo’lmaydi. Ular orasida avvalo shu dalilni qayd etish lozimki, insonning paydo bo’lishi Yerda hayotning rivojlanishi bilan uzviy bog’liq bo’lib, u o’z ibtidosi va muayyan tarixiga egadir. Xususan, 1982 yil Vatikandagi Rim Papasi fanlar akademiyasi tashkil etgan kongress ishtirokchilari – dunyoga mashhur antropologlar, bioximiklar va genetiklar hozirgi zamon tabiatshunosligiga tayanib, inson va hayvonot dunyosi o’rtasida yaqin aloqa mavjud, degan umumiy xulosaga keldilar.
Dostları ilə paylaş: |