12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. Оng, mа’nаviyat vа ruhiyat. 4bilan 8ga qara



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə35/96
tarix31.12.2021
ölçüsü0,82 Mb.
#49535
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   96
12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. О (1)

Fazo va vaqt, makon va zamon. Borliqning asosiy yashash shakllariga makon va zamon, ya’ni fazo va vaqt kiradi. Fazo narsalarning kolamini, hajmini, o‘zaro joylashish tartibini, uzlukli yoki uzluksizligini ifodalasa, vaqt hodisalarning ketma-ketligi, jarayonlarning davomiyligini ifodalaydi.

Ma’lumki, har qanday moddiy jism joyga, kolamga, hajmga ega. Fazo — vaqtning muayyan lahzasida olamni tashkil etgan nuqtalarning o‘zaro joylashish tartibini aks ettirsa, vaqt esa fazoning muayyan nuqtasida ro‘y beruvchi hodisalar ketma-ketligi tartibini ifodalaydi.

Fazo va vaqt tushunchalari, ko‘p hollarda, fors tili ta’sirida yozilgan adabiyotlarda makon va zamon, deb ham ataladi. Bu tushunchalar fazo va vaqtning tashqi, nisbiy xususiyatlarinigina aks ettiradi, xolos. Fazo narsalar joylashadigan joy ma’nosida, vaqt esa hodisalar bolib oladigan muddat ma’nosida ishlatiladi.

Fazo va vaqtni tushunish bo‘yicha substansial va relyatsion yondashishlar mavjud. Substansial konsepsiya tarafdorlari fazoni narsalar joylashadigan idish, bo‘shliq deb bilishadi. Ularning fikricha, hamma narsa fazo ichiga joylashtirilgan. Fazo o‘ziga narsalarni sig‘diruvchi substansiya. Hech narsasi yo‘q, ya’ni narsalar solinmagan fazo ham bolishi mumkin, deyiladi. Relyatsion konsepsiya tarafdorlari esa, narsalar fazoviy olchamga ega, deyishadi.

Hech narsasiz fazoning bo‘lishi mumkin emas. Bu farqni relyativistik fizika asoschisi Albert Eynshteyn shunday tushuntirgan edi. Faraz qilib, bir kazarma soldatlarni ko‘z oldingizga keltiring.

Ilgarigi, Nyuton fizikasiga ko‘ra, soldatlar chiqib ketishi bilan kazarma bo‘sh qoladi, ana shu substansial konsepsiyadagi fazodir. Yangi fizikaga ko‘ra, soldatlar chiqib ketishi bilan kazarma ham yo‘qoladi. Bu relyatsion konsepsiyadagi fazodir.




Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin