Reja
1. Budjet ssudalari nima maqsadda beriladi
2. Budjet ssudalari hisobini xujjatlashtirish tartibini aytib bering 3. Budjet ssudalarini qoplash yo‘llarini tushuntirib bering 4.Budjet ssudalari bo‘yicha operatsiyalarini buxgalteriya yozuvlarida aks ettirish tartibini ko‘rsatib bering
Budjet ssudalari nima maqsadda beriladi?Daromadlar tushumi bilan xarajatlaning amalga oshirilishi orasidagi rejalashtirilgan vaqtincha kassa uzilishini qoplashga; daromadlar tushumi bilan xarajatlarni amalga oshirilishi orasidagi haqiqiy vaqtincha kassa uzilishini qoplashga hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning rejalashtirilgan xarajatlarini maqsadli moliyalashtirish sxemalari amalga oshirishga berilishi mumkin.
Budjet ssudalari hisobini xujjatlashtirish tartibini aytib bering?Byudjet ssudalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan byudjet ssudasi oluvchi moliya organi bilan byudjet ssudasi beruvchi moliya organi o’rtasida tuzilgan “Byudjet ssudasini berish to’g’risidagi shartnoma” asosida beriladi va qaytariladi. Byudjet ssudasi tegishli byudjetdan to’lov topshiriqnomasini tuzib byudjet ssudasi olayotgan byudjetni ijro etayotgan moliya organining bank muassasidagi “Mahalliy byudjet mablag’lari deposit hisobvarag’i”ga o’tkazib berish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Budjet ssudalarini qoplash yo‘llarini tushuntirib bering?Byudjet ssudasini qaytarish “Byudjet ssudasini berish to’g’risidagi shartnoma”da ko’rsatilgan muddatlarda amalga oshiriladi. Byudjet ssudasini qaytarish: mablag’larni byudjet ssudasi olgan mahalliy byudjetga kelib tushadigan mablag’lar hisobidan to’lov topshiriqnomasini tuzib o’tkazib berish; yuqori byudjetlardan mahalliy byudjetlarga o’tkazilishi lozim bo’lgan rejalashtirilgan dotatsiyalar yoki subvensiyalar hisobiga o’zaro qoplash; yuqori byudjet bilan quyi byudjetlar o’rtasida o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha ularning qarzlari hisobiga o’zaro qoplash hamda mablag’larni byudjet ssudasi olgan quyi mahalliy byudjetni ijro etayotgan moliya organining bank muassasidagi “Mahalliy byudjet mablag’lari deposit hisobvaragi” yuqori moliya orgaani tomonidan inkasso topshiriqnomasi berish yo’li bilan ham amalga oshiriladi.