Byudjetlararo munosabatlar hamda qarzlar hisobi


Budjetlar o‘rtasida o‘zaro hisoblashuvlar hisobini xujjatlashtirish tartibini aytib bering?



Yüklə 10,1 Kb.
səhifə3/3
tarix16.12.2023
ölçüsü10,1 Kb.
#181440
1   2   3
alimov 13 bh

Budjetlar o‘rtasida o‘zaro hisoblashuvlar hisobini xujjatlashtirish tartibini aytib bering?Byudjet tashkilotlari, korxonalari yoki xo‘jalik birlashmalarini respublika bo‘ysunishdan mahalliy bo‘ysunishga o‘tkazishda respublika Moliya vazirligi tegishli quyi moliya organiga 11-sonli shakldagi ma’lumotnoma-bildirishnomani yuboradi.
Korxonani, tashkilotni respublika, viloyat, shahar miqyosida bir mahalliy bo‘ysunishdan ikkinchi mahalliy bo‘ysunishga o‘tkazishda, yuqori moliya organi o‘zaro hisob-kitoblarga oldingi bo‘ysunish bo‘yicha moliyalashtirish tartibida korxonani, tashkilotni o‘tkazish kunidagi summalarni o‘tkazadi.
Byudjetlar bilan o‘zaro hisoblashuvlar hisobi 11-sonli shakldagi ma’lumotnoma-bildirishnomaga asosan buxgalteriya yozuvlari berilib memorial orderga yozuvlar o‘tkaziladi va boshqa byudjetlar bilan hisob-kitoblar kitobiga tushiriladi.
Respublika byudjeti bilan o‘zaro hisob-kitoblar"nomli 061-sonli hisobvaraq
Debetida:
A) respublikabyudjetidano‘zarohisob-kitoblarbo‘yichaolinishilozimbo‘lgansummalar;
B) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni to‘lash uchun respublika byudjetiga o‘tkazilgan summalar;
V) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni to‘lashda hisobga olingan, yuqori byudjetdan olinishi lozim bo‘lgan dotatsiyalar, subvensiyalarning summalari.
Kreditida:
A) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha respublika byudjetiga berilishi lozim bo‘lgan summalar;
B) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni to‘lash uchun respublika byudjetidan kelib tushgan summalar;
V) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha xarajatlarni to‘lashda hisobga olingan va yuqori byudjetga o‘tkazish lozim bo‘lgan ortiqcha daromadlar summalari;
G) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha mahalliy byudjetlar hisobiga to‘g‘ri keladigan summalarda hisobga olingan, respublika byudjetidan olingan byudjet ssudalarining summalari;
D) respublika bo‘ysunishidan mahalliy bo‘ysunishga o‘tkazilgunga qadar korxona va tashkilotlarning respublika byudjeti bo‘yicha ochilgan byudjet mablag‘ ajratmalari summalari.
062 - "Mahalliy byudjetlar bilan hisob-kitoblar" nomli hisobvaraqda yuqori va quyi mahalliy byudjetlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha operatsiyalar hisobga olinadi.
Mahalliy byudjetlardan berilgan va olingan mablag‘lar" nomli 072-sonli hisobvaraqda mahalliy byudjetlarga beriladigan va mahalliy byudjetlardan olinadigan mablag‘lar hisobga olinadi.
072-sonli hisobvaraqning debetida o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha mahalliy byudjetlarga beriladigan summalar aks ettiriladi;
072-sonli hisobvaraqning kreditida o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha mahalliy byudjetlardan olinishi lozim bo‘lgan summalar aks ettiriladi.
Yüklə 10,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin