Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarga berilgan va ulardan olingan byudjet ssudalari hisobi bo’yicha quyidagicha amalga oshiriladi
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarga berilgan va ulardan olingan byudjet ssudalari hisobi bo’yicha quyidagicha amalga oshiriladi: 052 – “Mahalliy byudjetlarga berilgan va ulardan olingan byudjet ssudalari “ subschyoti Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar doirasida o’rnatilgan tartibda yuqori mahalliy byudjetdan quyi mahalliy byudjetlarga berilgan byudjet ssudalari hamda quyi mahalliy byudjetlar tomonidan olingan byudjet ssudalari bilan bog’liq bo’lgan xo’jalik operatsiyalarining hisobini olib boorish uchun tayinlangan.
Yuqorimahalliy byudjet tomonidan o’zining quyi mahalliy byudjatlariga byudjet ssudalari berilganda, bu xo’jalik operatsiyasiga yuqori mahalliy byudjet ijrosini amalga oshirayotgan moliya organida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 052 – “Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlarga berilgan va ulardan olingan byudjet ssudalari” subschyoti;
Kredit 011 – “Mahalliy byudjet mablag’lari depozit hisobvarag’i” subschyoti.
Yuqori mahalliy byudjetdan byudjet ssudalarini olgan quyi mahalliy byudjetlar ijrosini amalga oshirayotgan moliya organlarida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi.
Debet 011 – “Mahalliy byudjet mablag’lari depozit hisobvarag’i” subschyoti;
Kredit 052 – “Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlarga berilgan va ulardan olingan byudjet ssudalari” subschyoti.
Quyi mahalliy byudjetlar tomonidan yuqori mahalliy byudjetga undan olgan byudjet ssudalari so’mmasi qaytarib berilganda, bu xo’jalik operatsiyasiga:
a) Quyi mahalliy byudjetlar ijrosini amalga oshirayotgan moliya organlarida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 052 – “Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlarga berilgan va ulardan olingan byudjet ssudalari” subschyoti;
Kredit 011 – “Mahalliy byudjet mablag’lari depozit hisobvarag’i” subschyoti.
b) Yuqori mahalliy byudjet ijrosini amalga oshirayotgan moliya organida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 011 – “Mahalliy byudjet mablag’lari depozit hisobvarag’i” subschyoti;
Kredit 052 – “Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlarga berilgan va ulardan olingan byudjet ssudalari” subschyoti.
Byudjet tizimining asosiy prinsiplaridan biri bo’lgan byudjet daromadlarining xarajatlarga teng bo’lishi ta’minlanishi kerak. Byudjetlarni tuzish va tasdiqlash jarayonida byudjetlar o’rtasida hisob-kitoblar paydo bo’ladi. Shuningdek, tasdiqlangan byudjetlarning bajarilishi jarayonida ham byudjetlar o’rtasida o’zaro hisob-kitoblar paydo bo’lishi mumkin. Demak, byudjetlararo hisob-kitoblar ikki turga bo’linadi. Byudjetlarni tuzish va tasdiqlash mobaynida, moddiy-texnika bazalari bir xil bo’lmaganligi uchun, byudjetlarning ayrimlarida daromadlari rejalashtirilayotgan xarajatlaridan ortiqcha bo’lsa, boshqalarida esa rejalashtirilayotgan xarajatlari so’mmasi rejalashtirilayotgan byudjet daromadlaridan oshib ketishi kuzatiladi.