Fazo va vaqt fazoning cheksizligi



Yüklə 1,51 Mb.
tarix22.06.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#133970
FAZO VA VAQT

  • FAZO VA VAQT
  • Olamda mavjud bo‘lgan barcha narsalar fazoda joylashgan.
  • Fazoni egallamagan va fazodan tashqarida bo‘lgan birorta ham obyеkt mavjud emas va bo‘lishi ham mumkin emas. Boshqacha aytganda, fazo matеriya bilan uzluksiz bog‘langan.
  • Fazo chеksiz va chеgarasizdir. Fazo haqidagi tasavvurlarimizni faqat matеmatik ko‘rinishda – sonlar bilan ifodalashimiz mumkin.
  • Dеmak, osmon jismlari orqasida yanada uzoq joylashgan boshqa jismlar mavjud. Biz osmondagi yulduzlardan faqat 3 mingtasini ko‘ra olamiz, xolos. Yorug‘lik nuri 1 sekundda 300 000 km masofani bosib o‘tadi.
  • Shunday tezlikda eng yaqin yulduz (sentavr)ning nuri bizga 4 yilda yetib keladi.
  • Bu masofaning qanchalik kattaligini faqat hisob-kitoblar ko‘rsatadi. Shu yulduzgacha bo‘lgan masofani hisoblab ko‘raylik:
  • Faraz qilib ko‘raylik. Soatiga 1000 km tezlikda uchadigan samolyotda Yerdan o‘sha yulduzga borishimiz kerak bo‘lsin.
  • Hisoblashlar shuni ko‘rsatadiki, buning uchun 4300 yildan ko‘proq vaqt davomida kecha-yu kunduz to‘xtamasdan uchishimiz kerak bo‘ladi.
  • Bizga ko‘ringan yulduzlar ortida yana son-sanoqsiz yulduzlar bor. Fazoda bir-biriga bog‘liq ravishda harakat qiladigan yulduzlar sistemasi galaktikani tashkil etadi.
  • Biz eng kuchli asboblardan foydalanishimizga qaramasdan, fazoning kichik bir qisminigina kuzata olishimiz sababli, galaktikalarning aniq sonini aniqlash qiyin.
  • Olimlar hisobiga ko‘ra, Quyosh sistemasi o‘rin olgan bizning galaktikamizda 200 dan 400 milliardgacha yulduz borligi faraz qilinmoqda. Yorug‘lik tezligida harakat qilinsa, galaktikamizning bir chetidan ikkinchi chetiga borish uchun 100 ming yil kerak bo‘lar ekan.
  • Bepoyon fazoda esa 100 dan 200 milliardgacha galaktikalar mavjud bo‘lib, har bir galaktikada yuz milliardlab yulduzlar bor deb hisoblanmoqda. Eng uzoqda topilgan galaktikaning yuborgan nuri bizga deyarli 10 milliard yildan keyin yetib keladi. Fazoning qanchalik kengligini tasavvur qilib ko‘ring. Demak, fazo cheksiz.
  • Fazoni uch o‘lchamli koordinatalarda tasvirlash
  • Tekis to‘g‘ri yo‘lda ketayotgan avtomobil harakatini chizmada ifodalash uchun masshtabi ko‘rsatilgan bitta to‘g‘ri chiziq yetarli (5-rasm).
  • Temiryo‘lning to‘g‘ri chiziqli qismidagi poyezdning harakatini ifodalashga ham bir o‘lchamli koordinata o‘qi kerak.
  • Bunda harakatlanayotgan jism o‘ng yoki chapga, shuningdek, yuqori yoki pastga harakatlanmaganligi sababli qo‘shimcha koordinata o‘qlariga hojat yo‘q, uning harakatini bir o‘lchamli koordinatalarda tasvirlashning o‘zi yetarli. To‘g‘ri yo‘lda ketayotgan avtomobil chorrahaga kelganida chapga yoki o‘ngga burilishi, ya’ni to‘g‘ri chiziqli harakatidan chetlashi mumkin.
  • Yer sirtini katta bo‘lmagan masofalarda tekislik deb olsak, shu tekislikda odam, velosiped, avtomobillarning harakatini tasvirlash uchun ikki o‘lchamli koordinatalar kerak bo‘ladi.
  • Demak, tekislikda vaziyati o‘zgarayotgan jismning harakatini, masalan, avtomobilning harakatini koordinatalar tekisligida tasvirlash qulay (6-rasm).
  • Qush yerda, ya’ni tekislikda yurishi, yoki osmonda, ya’ni fazoda uchishi mumkin.
  • Uning yerdagi harakatini ikki o‘lchamli, osmondagi parvozini esa uch o‘lchamli koordinatada ifodalash qulay.
  • Samolyot parvozi harakat yo‘nalishiga nisbatan tanlab olingan uch o‘lchamli koordinatalar sistemasida tasvirlanadi (7-rasm).
  • Havo sharining osmondagi, dengiz hayvonlarining esa suv ostidagi harakatini ifodalash uchun ham uch o‘lchamli koordinatalar sistemasi kerak.
  • Fazoning asosiy xossalari: haqiqatan ham, mavjudligi, matеriya bilan ajralmasligi (olamda fazo bilan bog‘lanmagan bitta ham obyekt yo‘q), chеksizligi, uch o‘lchamliligi (barcha fizik obyеktlarning bo‘yi, eni va balandligi mavjud).
  • Har qanday jarayon, voqea, hodisa ma’lum bir makon (fazo) va zamon (vaqt)da sodir bo‘ladi.
  • Jism harakatlanadi, ya’ni o‘z vaziyatini nafaqat fazoda, balki vaqt bo‘yicha ham o‘zgartiradi. Vaqtni o‘lchash uchun takrorlanib turuvchi hodisaning takrorlanish davomiyligidan foydalaniladi.
  • Masalan, Yerning o‘z o‘qi atrofida Quyoshga nisbatan bir marta aylanish vaqtini 24 soat deb yoki Yerning Quyosh atrofida bir marta aylanish vaqtini bir yil deb olishga kelishib olingan.
  • Bir yil 31 556 926 sekundga teng. Shuning uchun 1 s o‘tish davri Yerning Quyosh atrofida bir marta aylanish davrining 31 556 926 dan bir qismiga teng.
  • Hozirda vaqtni katta aniqlikda o‘lchaydigan kvars va molekulyar soatlar ishlatiladi.
  • Ular vaqtni sekundning trilliondan bir qismicha aniqlikda o‘lchashi mumkin.
  • Vaqt o‘zi bir o‘lchamli koordinatalarda ifodalanib, u o‘tmishdan kelajakka tomon o‘sib boruvchi kattalik sifatida qaraladi (8-rasm).
  • Jismlar harakatini fazo va vaqtdan ajratgan holda tasavvur qilib bo‘lmaydi.
  • Shuning uchun ham jismlarning mavjudligi va ularning harakatlari fazoda va ma’lum vaqt davomida sodir bo‘ladi, dеb qaraladi.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin