36.Axborot, axborotlashgan jamiyat, axborot texnologiyalari tushunchasi.
Axborot», «Axborotlashgan jamiyat», «Informatsion portlash» tushunchalari teztez ishlatilmoqda. XX asrning eng muhim yutuqlaridan biri bu kompyuterlarning yaratilganligidir. Ularning yaratilishi bir tomondan inson ongi, tafakkuri, kuch-qudratining, ikkinchi tomondan, ana shu kuchga tushadigan yukning yengillashishiga xizmat qiladigan vositani yaratish yolidagi urinishlarning natijasi bo‘ldi. Asrimizning o‘rtasida paydo bolgan bu vosita shiddatli rivojlanish yolini bosib o‘tdi. Dastlab sekundiga minglab operatsiyalar bajara oladigan kompyuterlar bolgan bolsa, ularning bugungi avlodi 10 millionlab murakkab operatsiyalarni qoyilmaqom qilib uddalaydi.
Xo‘sh, bularning inson ongi, bilishi va tafakkurining mohiyati bilan nima aloqasi bor? Gap shundaki, kompyuterlar ham inson tafakkuriga xos bolgan xususiyatlarga ega. Ammo ular qanchalik murakkab operatsiyalarni bajarmasinlar, inson tomonidan programmalashtirilgan jarayonlarnigina amalga oshiradilar, undan tashqariga chiqa olmaydilar. Insonning fikrlash jarayoni ongsizlik, onglilik, kechinmalar, ijod kabi hodisalarni qamrab oladi.
Kompyuter esa bunday xususiyatlarga ega emas. Shunday ekan, kompyuterlar insonning muayyan yo‘nalishlardagi aqliy faoliyati- ni yengillashtirishga xizmat qiladi va o‘zining yaratuvchisi ustidan hukmron bola olmaydi.
Ayrim tadqiqotlar natijalariga kola, hozirgi davrda fan sohasida erishilgan natijalar har o‘n yilda, informatsiya olish esa har 3-4 yilda ikki barobarga oshmoqda. Ana shunday sharoitda inson ongi, uning xotira qudrati bu axborotlarni o‘zlashtira oladimi, degan savol ko‘ndalang bolmoqda. Yangi bilimlar, axborot oqimi unchalik kuchli bolmagan yaqin olmishda tirishqoq kishi insoniyat bilimi erishgan asosiy natijalarni o‘zlashtira olar edi. Bugungi kunda faqat fanning turli yo‘nalishlari bo‘yicha yiliga bir necha million kitob nashr etilmoqda. Hisob-kitoblarga kola, inson eng yangi adabiyotlarni olganib borishga harakat qilganda ham, uning
har bir o‘qigan betiga o‘n ming o‘qilmagan sahifa to‘g‘ri kelar ekan. Kishilarning paydo bolgan yangi kitoblarning aksariyatini jismonan o‘qib ulgurmaganligi «informatsion portlash» keltirib
chiqarayotgan oqibatlarning bir kolinishi, xolos. Masalaning yana bir jihati borki, bu inson to‘plagan bilim, axborotning ma’naviy eskirishi, keraksiz bolib qolayotganligidir. Bunday eskirish sur’ati tobora tezlashib bormoqda. Masalan, oliy ta’lim sohasida bu jarayon olti-yetti yil, kompyuter texnologiyasi sohasida esa bir yil davomida sodir bolayotganligi haqida fikrlar bildirilmoqda. Bu agar siz oliy o‘quv yurtini bitirganingizga yetti yil bolgan bolsa, o‘z vaqtida olgan bilimlaringizning aksariyati bugungi kun talabiga javob bermasligini bildiradi. Ana shunday sharoitda kishilarning o‘z bilimlarini yuqori darajada ushlab turishlari ulardan doimiy diqqat-e’tiborni, o‘z ustida ishlashni talab qiladi. Aks holda, ta’lim dargohini eng yuqori natijalar bilan bitirgan mutaxassis ham tez orada chalasavod bolib qolishi mumk
Dostları ilə paylaş: |