49
2-SHOʻBA. PEDAGOGIK KADRLAR TAYYORLASH, KADRLARNI QAYTA
TAYYORLASH, ULARNING MALAKASINI OSHIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH
USULLARI BOʻYICHA INNOVATSION XIZMATLAR, DASTURLAR ISHLAB
CHIQISH VA SOHA ISTIQBOLLARINING DOLZARB MASALALARI.
MAXSUS FANLARNI O‗QITISHNING ASOSIY TAMOYILLARI
Abduraxmanov Ravshan Anarbaevich t.f.b.f.d. (PhD), dotsent
O‗zMU Jizzax filiali
Azizov Qudratilla Xusanovich t.f.n., professor,
TDTU
Annotatsiya: Ushbu maqoladan ko‗zlangan maqsad magistratura talabalariga maxsus
fanlarni o‗qitish metodikasi bo‗yicha tushuncha berish. Magistratura talabalarida maxsus
fanlarni o‗qitish metodikasi bo‗yicha ko‗nikma hosil qilishi va ushbu maqoladan foydalanishlari
uchun yordam berish.
Kalit so‗zlar: tamoyil, onglilik, faollik, ko‗rgazmalilik, tizimlilik, muntazamlik,
mustahkamlik, tushunarlilik, ilmiylik.
Ta‘lim tamoyillari pedagogning faoliyatini va talabalar tomonidan
ilmiy bilimlarning
o‗zlashtirilishi tegishli ko‗nikma va malakalar hosil qilishning asosiy qonun va yo‗l yo‗riqlarini
o‗z ichiga oladi. Shu bilan bir vaqtda ta‘lim tamoyillari har ikkala faoliyatning ya‘ni pedagog va
talaba tomonidan o‗z oldiga qo‗yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkoniyatini
beradigan bir qancha talablarni ham umumlashtirib beradi. Shunga ko‗ra, ta‘lim
qoidalari
o‗qitishning eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to‗g‗ri hal qilishning asosiy
negizi hisoblanadi.
Tamoyil (prinsip) — bu ob‘ektiv mavjud qonuniyatlardan, ya‘ni butunini bir butun qilib
turuvchi qismlari orasidagi zaruriy bog‗liqliklardan
kelib chiqib, amal kilinishi lozim bo‗lgan
harakatlar tushuniladi.
Ko‗p yillik izlanishlar va baxslar natijasida pedagogikada quyidagi dars o‗tishning