Chiqish va soha istiqbollarining dolzarb masalalari



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix13.03.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#87554
1   2   3   4   5
umumiy tamoyillar tizimi ishlab chiqilgan: 
1) onglilik va faollik — bilimni talabalar tomonidan ongli ravishda va faol qatnashib 
egallashlik; 
2) ko‗rgazmalilik — ―yuz marotaba eshitgandan bir marotaba ko‗rgan yaxshi‖ 
tamoyilidan kelib chiqib, bilim berishda turli tuman ko‗rgazma qurollardan samarali foydalanish; 
3) tizimlilik va muntazamlilik — bilimni ma‘lum bir tizimda va uzluksiz ravishda berib 
borish; 
4) mustahkamlik — bilimni tushunarli tilda qayta-qayta takrorlash yo‗li bilan berish; 
5) tushunarlilik — bilimni hammaga tushunarli va hammabop qilib berish; 
6) ilmiylik — bilimni talabalarga avvaldan mavjud bilimlarga asoslanib va ulardan kelib 
chiqqan holda berish; 
7) nazariya va amaliyot birligi — bilim berishda nazariy bilimlarning amaliyotda 
ishlashini, ya‘ni uni hayot bilan, amaliyot bilan bog‗liqligini ko‗rsatib berish. 
Onglilik va faollik tamoyili. Bu tamoyil asosida ilm tomonidan aniqlangan, insonning 
haqiqiy bilim egallashi uchun, u-bu bilimlarni chuqur anglab yetgan holda aqliy quvvatini 
intensiv ishlatishi natijasida yetishi mumkin, degan qonuniyat yotadi. Bilimlarni anglaganlik 
holati quyidagi omillardan kelib chiqadi: o‗qishning sababi; talabaning bilish faolligi darajasi; 
talabalarning bilish faolligining boshqarilishi va bilim berishni tashkil qilish hamda boshqa 
omillar. 
Ko‗rgazmalilik tamoyili. Bu hammaga ma‘lum va tushunarli bo‗ladigan tamoyillardan 
biri bo‗lib, u qadimiy zamonlardan qo‗llanilib kelingan. Buning asosida quyidagi qonuniyatlar 
yotadi: birinchidan, ko‗rish va eshitish orqali olingan axborotlar miyaga turlicha ta‘sir etib, 
turlicha xotirada saqlanadi. Qisqacha qilib aytganda, ko‗z bilan ko‗rganda qulok bilan 


50 
eshitgandagiga nisbatan besh-olti barobar ko‗p axborot olinib, uning miyada saqlanish darajasi 
ham yuqori. Ikkinchidan, ko‗zdan borgan axborot qayta ishlashga muhtoj emas. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin