Tizimlilik va muntazamlilik tamoyili. Bu tamoyil quyidagi ob‘ektiv qonuniyatlarga suyanadi:
— inson, faqat tashqi dunyoni o‗z tafakkurida aniq aks ettirgandagina, haqiqiy va faol
bilimlarga ega bo‗la oladi;
— bilim berish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshirilganligi tufayli, bilim berish
samarasi, bu bosqichlar orasidagi vaqtning qanchalik qisqa bo‗lishligiga bog‗liq, bosqichlar
orasidagi masofa vaqt nihoyatda oshib ketsa, bilim berish samara bermaydi;
— agar bilim va uning negizida shakllangan ko‗nikmalar mashq orqali takrorlanib
turilmasa, bilim va ko‗nikma yo‗qolib ketadi;
— talabalarni mantiqiy fikrlashga o‗rgatilgan bo‗lmasa, ular doimo fikr yuritishda
qiyinchiliklarga duch keladilar;
— O‗qitishda tizimlilik va muntazamlikka amal qilinmasa, ta‘lim-tarbiya jarayoni
susayadi.
Mustahkamlik tamoyili.Bu tamoyilda barcha ilg‗or o‗qituvchilar va pedagog
olimlarning ko‗p yillik izlanishlari o‗z ifodasini topgan. Unda nazariy bilimlar bilan amaliy
bilimlar birlashib mustahkamlangan (kafedra o‗qituvchilari va soha amaliyotchilari birgalikda
bajargan ishlarini keltirish kerak).
Bilimlarni mustahkam egallash jarayoni juda murakkab bo‗lib, keyingi yillardagi
tadqiqotlar bu jarayonga o‗zgarishlar kiritdi. Bilimni mustahkam egallash jarayoniga hozirgi
kunda quyidagi yangi qoidalarni kiritishni taqozo etdi:
1. Bugungi kungi ta‘limda fikr yuritish eslab qolishdan ustunlik qilishi isbotlangan.
Shuning uchun talabalar aqliy quvvatini tejash maqsadida, ulardan keraksiz va kam e‘tiborli
narsalarni eslab qolishiga kamroq e‘tibor berib, uning hisobiga fikr yuritishiga ko‗proq kuch
sarflashiga yordam berish.
2. Talabalar tushunib yetmagan yoki noto‗g‗ri tushunib qolgan narsalarni eslab
qolmasliklariga e‘tibor berish lozim. Talaba faqat yaxshi tushunib yetib, uning to‗g‗riligiga
ishonch hosil qilgan narsasini xotirasida saqlash.
3. Talaba xotirasini kam e‘tiborli axborotlarni eslab qolishdan holi qilish maqsadida,
ularni turli lug‗at va soha ensiklopediyalardan foydalanishga o‗rgatish.
4. Eslab qolinadigan narsalarni nihoyatda qisqa qilib, yod olishga oson bo‗lishi uchun,
ravon, iloji bo‗lsa she‘r vazniga solib turib esda saqlashga talabalarni o‗rgatish.
5. Yod olishni uyga vazifa qilib bermay, uni amaliy ishlarga qiziqtirib qo‗yish va vaqti-
vaqti bilan bu qiziqishni yangilab turish.
6. Takrorlash mashqlarini talaba yangi bilimni egallagan paytdan boshlash. Chunki, bu
narsalar keyin esdan chiqib ketishi aniq.
7. Dangasalik kasali bilan tinmay kurash olib borish, bilim olish sur‘atini pasaytirmaslik.
8. Bilimni egallash sur‘ati pasaya boshlashi bilan uning sababini aniqlash va bartaraf
etish. Odatda, bilim olish sur‘atining pasayishi charchashdan yoki zerikishdan keyin paydo
bo‗ladi.
9. Qaytarish darslarini shunday tashkil qilish kerakki, u faqat bilimni xotirada tiklashga
xizmat qilmay, fikr yuritishga ham qaratish zarur.
10. Berilgan bilim xotirada mustahkam saqlanishi uchun, uni qiziqarli qilib, ko‗rgazmali
qurollardan foydalanish.
11. Talabalarni o‗z mehnatini nazorat qilish va baholashga o‗rgatish.