Mavzu: Pedagog psixologiyasi Reja: Pedagog faoliyatida psixologiyaning o‘rni. Pedagog psixologiyasi



Yüklə 48,36 Kb.
səhifə1/4
tarix03.05.2023
ölçüsü48,36 Kb.
#106796
  1   2   3   4
bahodir2 tayyor


MAVZU:Pedagog psixologiyasi

Reja:
1. Pedagog faoliyatida psixologiyaning o‘rni.
2.Pedagog psixologiyasi
3.Pedagogning psixologik holati
4.xulosa
5.Foydalanilgan adabiyotlar

1. Pedagog faoliyatida psixologiyaning o‘rni.


Muhim davlat vazifasini - «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ni amalga oshirayotgan zamonaviy maktab o‘qituvchisining xislatlari, uning ijodiy faoliyati XXI asrda shakllanib, asosan amaliy ishda, pedagogik tajribalarni egallash jarayonida o‘sib rivojlana boradi. Pedagog faoliyatida psixologiyaning o‘rni beqiyosdir. Chunki har bir pedagog dars o‘tish jarayonida o‘quvchilarining individual psixologik xususiyatlarini bilishi, yangi mavzuni tushuntirayotganda ham umumpsixologik qonuniyatlarni hisobga olgan holda darsni tashkil etishi ta’limning sifatiga ijobiy ta’sir etadi. Hozirgi jamiyatimizda o‘qituvchining mustaqil ravishda bilimlarni egallab, o‘z malakasini oshirib borishi bir tomondan o‘qituvchilik faoliyatining borgan sari naqadar muvaffaqiyatli borayotganligini ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan muhim vazifa ekanligidan dalolat beradi. Chunki bu kechiktirib bo‘lmas jarayon shaxsni intellektual qashshoqlikdan qutqarib qoladi. Psixologik nuqtayi nazardan o‘qituvchi doimiy ravishda o‘z bilimlarini oshirish bilan shug‘ullanishi zarurdir. Chunki o‘qituvchilik mehnatining asosiy xususiyati ham shudir. Pedagog har doim odamlar orasida , u birinchidan, odamlarni ko‘pdan beri qiziqtirib kelayotgan haqiqatni o‘z qarashlari bo‘yicha to‘g‘ri tushuntirib berishi lozim. Albatta, o‘qituvchidagi bu tariqa qarashlar ko‘p yillar davomidagi mehnat va hayot faoliyati jarayonida shakllanadi; ikkinchidan, o‘qituvchining o‘zi axborotlar olish uchun o‘quvchilarga nisbatan cheklangan vaqt imkoniyatiga ega; uchinchidan, u o‘ta tor doiradagi tengqurlari bilangina muloqotda bo‘lish imkoniyatiga ega boiib, ko‘pincha o‘z kasbiga xos qiziqishlar bilangina cheklanib qoladi. Ta’limning barcha ko‘rsatkichlari, Z.I.Kalmikovaning ta’kidlashicha, anglash tezligi, yangi vazifalar hal qilinishiga erishish mumkin bo‘lgan aniq ma’lumotlar hajmi, uni bevosita hal qilishdagi bosqichlar soni, natijaga erishishga yordam beruvchi ma’lumotlar miqdori, shuningdek, masalani hal qilish uchun sarflangan vaqt miqdori, o‘z-o‘zining bilimini oshirish qobiliyati, ishchanlik va chiniqqanlik darajasiga bogliq. Obqituvchining mustaqil bilim egallashi deganda, uning o‘z bilimlarini doimiy ravishda kasbiy va umummadaniy axborotlar bilan toldirib, o‘zining individual ijtimoiy tajribasini keng miqyosda doimo yangilab borishi tushuniladi. Odatda aksariyat o‘qituvchilar mustaqil bilim egallash zarurligini tushungan holda, undan muvaffaqiyatli foydalanadilar. Buning motivlari odatda pedagogik faoliyat jarayonida o‘qituvchi oldida yuzaga keladigan muammolarni anglab olish natijasida shakllanadi. Ko‘p hollarda bunday motivlar «o‘qituvchilarni qanday o‘qitib va qanday tarbiyalash kerak?» degan xohish-istaklar tariqasida, fanning oxirgi yutuqlari, o‘zining pedagogik mahoratini takomillashtirish ehtiyoji tug‘ilishi munosabati bilan shakllana boradi. Shu bilan birga yaqqol ko‘zga tashlanib turgan ayrim hollardan ko‘z yuma olmaymiz. Masalan, o‘qituvchilar ommasining ma’lum qismi mustaqil izlanishda bo‘lib, o‘z bilim saviyasini oshirish bilan faol shug‘ullanmaydi, malakasini oshirishga intilmaydi, ba’zilar muayyan bilimlar sohasida taraqqiyotdan butunlay ortda qolmoqdalar. Bunday o‘qituvchilar o‘sib kelayotgan yosh avlodning ta’lim va tarbiya taraqqiyotiga jiddiy zarar keltiradilar. Bu muammoni hal etishda asosiy vazifa malaka oshirish tizimi zimmasiga tushadi. Respublikamizda xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish institutlarining tarmoqlari joriy etilgan, bular Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish Markaziy instituti, Toshkent shahar, viloyatlardagi xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish institutlaridir. Xalq ta’limidagi bu tizimning asosiy vazifasi doimiy ravishda o‘qituvchi kadrlarning malakasini oshirish, o‘qituvchi kadrlarni o‘zlarining kasbiga xos bilim saviyasini, ko‘nikma, malakalarini, ma’naviyat va ma’rifatini, shu bilan bir qatorda iqtisodiy, ekologik va huquqiy ma’lumotini oshirishga da’vat etuvchi ijtimoiy psixologik sohalarni rivojlantirib borishdan iboratdir. o‘qituvchining mustaqil bilim egallashi va malakasini oshirish pedagogik faoliyatning samaradorligini oshirishda zaruriy shartlardandir. Shu bilan birga o‘qituvchi doimiy ravishda o‘z malakasini oshirib, o‘z ishining muvaffaqiyatini yuqori darajada ta’minlashga yordam beradigan shaxsiy xislatlarini tarbiyalab borishi zarur. Bu borada hazrati Bahouddin Naqshband «Chaqmoq tosh qo‘limizga berilgan, faqat harakat qilish kerak, toki natija hosil bo‘lsin» deb ta’kidlaganlar. Bu fikr bilan u ijtimoiy tarbiyaning o‘rniga ishora qiladi, to‘g‘ri tarbiyaning mohiyatini, uning samarasini aniq o‘xshatishlar bilan asoslab beradi1. Hozirgi zamon ilm-fan taraqqiyotini buyuk allomalar yaratgan bir necha qimmatli asarlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu nodir asarlar bir necha asrlar ilgari yaratilgan bo‘lsa-da, o‘z qimmatini yo‘qotgan emas. Pedagogik faoliyat boshqa faoliyat turlari kabi o‘z motivatsiyasi, maqsadi, predmeti, vositalari, usullari, mahsuli va natijasini aks ettiruvchi psixologik mazmunni ifodalaydi. Pedagogik faoliyatning vositalari sifatida ilmiy (nazariy va empirik) bilimlarni ko'rish mumkin. Yordamchi vositalarga esa texnik, kompyuter, grafik vositalarni kiritish mumkin. 0‘qituvchiga nisbatan o‘smirlarning talab va umidlari chet el psixologlari tomonidan tadqiq qilingan bo‘lib, A.Djersildning izlanishlariga binoan bolalar quyidagi xarakterga ega bo‘lgan oqituvchilarni afzal hisoblar ekanlar:
1) mehribon, quvnoq, javobgarlikni his qiluvchi, barqaror insoniy sifatli;
2) haqiqatgo‘y, batartib, halol, boshqalarni hurmatlovchi, tashkilotchilik sifatidagi;
3) boshqalar manfaatini o‘ylaydigan, xalqparvar, sinf ishlarida o‘quvchilarga erkinlik huquqini beruvchi, qiziquvchan, ishtiyoqli va ishchan;
4) yoqimli ovozli, umumiy yoqimtoylik qiyofasidagi o‘qituvchi.
Ma’lumki, pedagogik faoliyat — kishi mehnatining eng murakkab sohalaridan biridir. 0‘qituvchi jamiyat tomonidan qo‘yilgan talablar bilan bir qatorda o‘z faoliyatida, tevarak-atrofidagi kishilar, maktab ma’muriyati, hamkasblari, o‘quvchilar va ularning otaonalari undan nimalarni kutishini ham esdan chiqarmasligi lozim. o‘qituvchining o‘z ishidan nimanidir kutayotganligini bilishining o‘ziyoq muhim ahamiyatga egadir, mana shu tariqa kutishlar, garchand jamiyat tomonidan o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablarga mos kelsada, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Lekin bu talablar hamma vaqt ham bir-biriga mos kelmasligi mumkin. Psixologlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, xalq ta’limi bo‘limlari va maktab direktorlari o‘qituvchining ayrim xislatlari naqadar muhimligini har xil baholaydilar. Jumladan, xalq ta’limi bo‘limlarining mudirlari o‘qituvchidan birinchi navbatda o‘z fanini yaxshi bilishini va dars berish metodikasini mukammal o‘zlashtirishini talab qilsalar, maktab direktorlari o‘qituvchiga qo‘yiladigan bunday talablami uchinchi o‘ringa qo‘yadilar. Shu bilan birga xalq ta’limi bolimlarining mudirlari o‘qituvchilarning o‘quvchilar va ota-onalar, maktab jamoasi bilan qanday muloqotda bo‘lishni bilishini naqadar ahamiyatga ega ekanligiga unchalik e’tibor bermaydilar. Maktab direktorlari esa, bunday xislatlarni o‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan talablar ichida birinchi o‘ringa qo‘yadilar. Bo‘lajak pedagog shaxsiga bir qator jiddiy talablar qo‘yiladi. Ularni asosiy, ya’ni uni egallamasdan turib, yuqori malakali o‘qituvchi yoki tarbiyachi bo‘lib yetishish mumkin bo‘lmagan va ikkinchi darajali, ya’ni bevosita pedagogik faoliyati uchun emas, balki uning shaxs sifatida shakllanishi va shaxsga ta’lim-tarbiya berishida muhim bo‘lgan talablarga ajratish mumkin. Bosh, asosiy talablar singari, ikkinchi darajali talablar ham pedagogning faoliyati psixologiyasiga ya’ni, uning muloqoti, qobiliyati, bilimi, malaka va ko‘nikmasi, mahorati, bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish uchun zarur bo‘lgan sifatlarga bog‘liqdir. Asosiylari orasida ham, qo‘shimcha psixologik xossalar ichida ham o'zgarmas, ya’ni har bir davrda, vaqt va xalqlarda doimo o‘qituvchi va tarbiyachilar uchun, malakali pedagoglar uchun zarur bo‘lgan hamda o‘zgaruvchan, ya’ni muayyan davr ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti talablaridan kelib chiqadigan, jamiyat qaror topgan sharoitda yashaydigan va pedagog ishlaydigan muhit talablaridir. Pedagogga qo‘yiladigan asosiy, bosh va o‘zgarmas talablar bolalarga bo‘lgan mehr, pedagogik faoliyat, o‘zi ishlaydigan soha bo‘yicha maxsus bilim, keng fikrlay olish, pedagogik intuitsiya, yuqori saviyada rivojlangan tafakkurga, chuqur bilimga, madaniyat va yaxshi xulqqa ega bo‘lish, bolalarni o‘qitish va tarbiyalashning turli uslublaridan mohirona foydalana olishni bilishdan iborat. Yuqorida keltirilgan xislatlarning birortasisiz muvaffaqiyat bilan pedagogik ish olib borish mumkin emas. Pedagog uchun qo‘shimcha, lekin nisbatan turg‘un talablar qatoriga kirishuvchanlik, artistlik, shodon xulq, yaxshi did-farosat va boshqalarni kiritish mumkin. Bu xususiyatlar eng asosiy o‘rinda turmasa-da, ammo o‘qituvchi faoliyati uchun katta yordam beradi. Bu hamma xossalar tug‘ma qobiliyat emas. Ular pedagogning muntazam mehnati, shuningdek, o‘z ustida tinmay ishlashi natijasida egallanadi. Bosh va ikkilamchi pedagogik xossalar jamlanib, pedagogning shaxsiyatini aniqlaydi, shu jihatlar kuchi bilan har bir o‘qituvchi qaytarilmas va o‘ziga xos shaxs sifatida namoyon bo‘ladi. Jamiyat tomonidan qo‘yiladigan talablardan eng muhimi o‘qituvchining shaxsi va uning kasbi bilan bog‘liq xislatlariga qaratilgan. Jamiyatning o‘qituvchilik kasbiga qo‘yadigan asosiy talablari quyidagichadir:
— shaxsni ma’naviy va ma’rifiy tomondan tarbiyalashning, milliy uyg‘onish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini, bolalarni mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashni bilishi, o‘z Vatani, tabiatga va oilasiga bo‘lgan muhabbati;
— keng bilim saviyasiga ega boiishi, turli bilimlardan xabardor boiishi;
— yosh, pedagogik-psixologiya, ijtimoiy psixologiya va pedagogika, yosh fiziologiyasi hamda maktab gigiyenasidan chuqur bilimlarga ega bolishi;
— o‘zi dars beradigan fan bo‘yicha mustahkam bilimga ega bo‘lib, o‘z kasbi, sohasida jahon fanida erishilgan yangi yutuq va kamchiliklardan xabardor bo‘lishi;
— ta’lim va tarbiya metodikasini egallashi;
— o‘z ishiga ijodiy yondashishi;
— bola psixik taraqqiyotini, uning ichki dunyosini tushuna olishi;
— pedagogik texnikani (mantiq, nutq, ta’limning ifodali vositalari) va pedagogik taktga ega bo‘lishi;
— o‘qituvchining o‘z bilim va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi. Наг bir o‘qituvchi ana shu talablarga eng yuqori darajada mos keladigan bo‘lishga intilishi kerak. o‘qituvchiga jamiyat tomonidan qo‘yiladigan talablar, turli xildagi ijtimoiy kutishlar, pedagogning individualligi, uning shu tariqa talablarga javob berishga subyektiv tayyorligi muayyan o‘qituvchining pedagogik faoliyatga naqadar tayyorligidan dalolat beradi. Jamiyatning muayyan tarixiy davrida, belgilangan vaqt va belgilangan ish joyiga xos bo‘lgan pedagogning asosiy va ikkinchi darajali o‘zgaruvchan xususiyatlari haqidagi masalani hal qilish birmuncha murakkabdir. Jamiyatda ro‘y berayotgan yangi shart-sharoitlar, ta’lim va tarbiya sohasida yangi maqsad va vazifalarni qo‘yadi. Ular o‘z navbatida o‘qituvchi va tarbiyachi shaxsiga qo‘yiladigan talablarni belgilab beradi. Bu talablarni o‘z vaqtida va aniqroq aniqlash uchun quyidagilarni bajarish lozim: 0‘quvchini hozirgi zamon talabiga javob beradigan, erkin fikrlovchi shaxs sifatida shakllantirish uchun pedagogning o‘zi mustaqil fikrlovchi, yuqori saviyadagi bilimli, dunyoqarashi keng bo‘lmog‘i va o’zida bu xususiyatlarni muntazam rivojlantirib bormog‘i lozim.Jamiyat rivojlanishining siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy yo‘nalishlarini to‘g‘ri baholash. Jamiyat muntazam rivojlanib borishi uchun bu jam iyatda inson qanday sifatlarga ega bolishi kerak ekanligini aniqlab olish. o‘rta ta’limni tamomlagan hozirgi zamon kishisi qanday xislatlarga ega bo‘lishi, qanday kamchiliklardan qutulishi kerakligini aniqlash. Hozirgi zamon pedagogi qanday bo‘lishi lozimligi, qanday qilib jamiyatga kerakli shaxsni shakllantira olishini aniqlash. Ota-onalar o‘qituvchining ish staji va yoshi qanday bo‘lishidan qat’i nazar undan farzandlarini tarbiyalash va o‘qitish mahoratini kutadilar. O‘quvchilar esa o‘qituvchilarni uch xil xislatlari bo‘yicha xarakterlab beradilar. Jumladan, birinchidan, o‘qituvchining odamgarchiligi, adolatliligi, sof vijdonliligi, bolalarni yaxshi ko‘rish xislatlari; ikkinchidan, o‘qituvchining sezgirligi, talabchanligi bilan bog‘liq tashqi xislatlari va xulq-atvoriga qarab; uchinchidan, o‘qituvchining o‘z fanini bilishi, uni tushuntira olishi kabi ta’lim jarayoni bilan bog‘liq xislatlariga qarab xarakterlab beradilar. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga qo‘yiladigan talablar bilan birga, o‘qituvchi shaxsi va uning faoliyatiga nisbatan qo‘yiladigan ijtimoiy talablar ham o‘sib bormoqda. O’qituvchiga jamiyat tomonidan qo‘yiladigan talablar, turli xilda ijtimoiy kutishlar, pedagogning individualligi, uning shu tariqa talablarga javob berishga subyektiv tayyorligi muayyan o‘qituvchining pedagogik faoliyatga naqadar tayyorligidan dalolat beradi.


Yüklə 48,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin