O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
12-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
19.10.2022
730
TEXNOLOGIYA FANIDA TEXNOLOGIK JARAYONLARNI TASHKIL ETISH VA
BOSHQARISH
M.M.Axmedov
texnika fanlari nomzodi, dotsent.,
Bo’tayeva Gulmira Boxodirjonovna
Texnologik taʼlim yo‘nalishi 2-kurs magistranti,
Farg‘ona davlat universiteti.
Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqolada “Hayot davomida o‘qish” tamoyili asosida
“mavzuning innovatsion ishlanmasi”ni tayyorlash metodining didaktik o'yinlarni tashkil
etish tamoyillari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar: didaktik tamoyillar, onglilik va faollik tamoyili, tafakkur, ilmiylik va
tizimlilik tamoyili, ko‘rsatmalilik, didaktik o‘yinli texnologiyalar.
Texnologiya fanini o‘qitishning didaktik tamoyillari va ularning mohiyatini bilish
mazkur jarayon borasida aniq tasavvurga ega bo‘lishimizga imkon yaratadi.
Shu bois
biz quyida fanning asosiy didaktik tamoyillari va ularning mohiyati xususida so‘z
yuritmoqchimiz. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya fani quyidagi
tamoyillarga asoslanib o’qitiladi.
Texnologiya darslarini onglilik va faollik tamoyili aosida o’qitish - o‘quvchilarda
ilmiy bilimlarni hamda ularni amalda qo‘llash metodlarini
ongli va faol egallab
oladigan, ularda ijodiy tashabbuskorlik va o‘quv faoliyatida mustaqillik, tafakkur, nutqi
rivojlanadigan bo‘ladi. O‘qitishdagi onglilik tamoyili o‘quvchilardagi ta’lim
jarayonining aniq maqsadlarini tushunish, o‘rganilayotgan dalil, hodisa, jarayonlar va
ular o‘rtasidagi bog‘lanishni tushungan holda o‘zlashtirib olish, o‘zlashtirilgan
bilimlarni amaliy faoliyatda qo‘llay bilish kabi me’yorlarni anglatadi:
O‘quvchilardagi mavjud bilim va ko‘nikmalariga tayanib, obrazli taqqoslash
usulidan
foydalanib, har bir so‘z va gapning tom ma’nosini ochib berish qoidasi;
O‘quvchilarning о‘zaro o‘qitish kuchidan unumli foydalanib, qo‘yilgan savollarga
jamoa bo‘lib javob topish qoidasi. O‘quv fanini hech qachon dars markaziga qo‘ymay,
dars markazida doimo o‘quvchi turishini, uning shaxsi shakllanayotganini bilgan holda
talabaga ta‘limiy ta‘sir o‘tkazish qoidasi;
O‘qitish jarayoni yanada muvaffaqiyatli o‘tishi uchun,
har bir tushuncha
berilganidan keyin, uni bir necha misollar bilan mustahkamlash qoidasi;
Hech qachon o‘qituvchi
aytganlarini qaytarish, birovlardan ko‘chirish va aytib
turish hollariga yo‘l qo‘ymaslik bilan, o‘quvchi talabalarni
mustaqil fikrlashga va
harakat qilishga o‘rgatish qoidasi;
Berilayotgan bilimni har tomonlama tahlil qilib berish yo‘li bilan bolalarda ijodiy
tafakkurni rivojlantirish qoidasi.