12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. Оng, mа’nаviyat vа ruhiyat. 4bilan 8ga qara


Hоzirgi zаmоn sivilizatsiyasi, uning yo’nаlishlаri vа ziddiyatlа



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə72/96
tarix31.12.2021
ölçüsü0,82 Mb.
#49535
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   96
12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. О (1)

80.Hоzirgi zаmоn sivilizatsiyasi, uning yo’nаlishlаri vа ziddiyatlаri.

Hozirgi davrda dunyoda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma`naviy sohalarda kechayotgan globallashuv jarayonlari, aytish mumkinki, butun insoniyat qadriyat mo`ljallarini, sivilizatsiya taqdirini u yoki bu tomonga o`zgartirish uchun zarur shart-sharoit yaratmoqda. Shuning uchun globallashuv jarayonining ijobiy natijalarini - ommalashtirish, salbiy oqibatlarini - bartaraf qilish muammolari yechimini topish, jahon hamjamiyati diqqat-e`tibori markaziga qo`yilmoqda. Xususan, texnogen sivilizatsiya natijalari transformatsiyasi dunyodagi barcha xalqlar va millatlar uchun, bir tomondan, progressiv fan, intellektual salohiyat, texnika, texnologiya yutuqlaridan, zamonaviy axborot vositalaridan foydalanish – umuminsoniy, integrativ-global qadriyatlar shakllanishini, ikkinchi tomondan, aynan shu vositalardan muayyan siyosiymafkuraviy utilitar-merkantil manfaatlarga mos foydalanish - antigumanistik, g‘ayriaxloqiy "ommaviy madaniyat" tahdidi eskalatsiyasini kuchaytirib yubormoqda. Bunday sharoitda, uning transformatsiyasi umuminsoniyat ma`naviyatiga, sivilizatsiyasi istiqbollariga ijobiy va salbiy ta`sir imkoniyatlarini, usullarini, rivojlanish tendensiyalarini: "ehtiyoj - maqsad - manfaat - vosita - natija" tizimi elementlari munosabatni: mahalliy, milliy, hududiy va global darajalar konteksda o`rganish muhim nazariy, metodologik va amaliy ahamiyat kasb etadi.

Texnogen sivilizatsiya globallashuvi maqsadida ham, vositalarida ham, natijalarida ham, bir-biriga tubdan qarama-qarshi ijobiy va salbiy jihatlari asosida – jamiyatni tashkil qilgan ijtimoiy birliklar manfaatlari muqobilligi yotadi. Shu nuqtayi nazardan, texnogen sivilizatsiya natijalari transformatsiyasi va globallashuvining ijobiy yoki salbiy oqibatlarini, jamiyatga ta`sir yo`nalishlarini, funksionаl ahamiyatiga ko`ra etikaning – ezgulik va yovuzlik, xarizmatizm va egoizm; estetikaning – go`zallik va xunuklik, iqtisodiyotning – foyda va zarar, siyosatshunoslikning – progress va regress, agressiya va kompromiss, ideologiyaning – bunyodkorlik va vayronkorlik kabi kategoriyalari kontekstida o`rganish, uning mazmuni, mohiyati haqida nisbatan to`liq tasavvurlarni shakllantiradi. Umuman, falsafiy adabiyotlarda texnogen sivilizatsiya globallashuvi ijtimoiy fenomeniga munosabatda muqobil: radikalizm va liberalizm yondashuvlari kuzatilmoqda. Ya`ni, birinchi yo`nalishga - radikalizm oqimiga mansub olimlar globallashuvni yangi tipdagi jahon urushi yoki uning avj olishi "ommaviy madanyat"ni shakllantirishi, millatlarni ma`naviy qashshoqlashuvga, inqirozga olib kelib, ularni o`zligini anglamaydigan manqurtlarga - marginallarga aylantirish imkoniyati, degan pessimistik xulosalar ustuvorlik qilsa, ikkinchi - liberalizm ta`limotlarida texnogen sivilizatsiya natijalari transformatsiyasi va globallashuv jarayoni - insoniyatning umumiy rivojlanish qonuniyati, uning kelajak istiqbolini ta`minlash imkoniyati tarzida izohlanadi


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin