12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. Оng, mа’nаviyat vа ruhiyat. 4bilan 8ga qara


Substansiya muammosi. Substansiya va substrat tushunchasi



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə75/96
tarix31.12.2021
ölçüsü0,82 Mb.
#49535
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   96
12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. О (1)

87.Substansiya muammosi. Substansiya va substrat tushunchasi.

Substansiya.. Falsafa tarixida o‗zining mavjudligi uchun o’zidan boshqa hech narsaga muhtoj bo’lmagan birinchi asosni ifodalash uchun «substansiya» (lot. substantia – mohiyat, asos) kategoriyasi qo’llaniladi. Ilk falsafiy yo’nalishlarning vakillari barcha narsalar asosini tashkil etuvchi moddani birinchi asos sifatida tushunganlar. Odatda, bunday asos sifatida o’sha davrda umumiy e‘tirof etilgan birinchi stixiyalar: er, suv, havo, olov yoki fikriy konstruksiyalar, «birinchi g’ishtlar» - apeyron, atomlar qaralgan. ―Avesto‖da birlamchi substansiya olov deb atalgan. Keyinchalik substansiya kategoriyasi o’zgarmas, nisbatan barqaror va hech narsa bilan bog’liq bo’lmagan holda mavjud o’ta keng asosga aylandi. Inson idrok etadigan dunyoning butun rang-barangligi va o’zgaruvchanligi substansiya bilan bog’lana boshladi. Bunday asoslar sifatida falsafada asosan materiya, Xudo, ong, g‗oya, flogiston, efir va shu kabilar amal qilgan. Niderland faylasufi Benedikt Spinoza (1632-1677) «causa sui» – «o’z-o’zining sababchisi» iborasidani ya‘ni o’z holicha mavjud bo’lgan va o’zi orqali zohir bo’lgan, ya‘ni o’zining mavjudligi uchun boshqa narsaga muhtoj bo‗lmagan narsani tushungan. Bunda bir tomondan, substansiya materiya sifatida tushuniladi, boshqa tomondan – u o’zining barcha shakllari sababi va «sub‘ekti» sifatida amal qiladi. Bunda B.Spinoza substansiyani bir vaqtning o’zida ham tabiat, ham Xudo sifatida ta‘riflaydi va bu ikki tushunchani tenglashtiradi. B.Spinozaning Xudoni tabiatga butunlay singdirib yuborish, uni tabiiylashtirishga va ilohiy mazmundan ajratishga harakat qilishi panteizmidir. Golbax barcha substansiyali narsalarni tabiatga va faqat tabiatga bog’ladi. Uning fikricha «Tabiat hamma narsaning sababchisidir; u abadiy mavjuddir; tabiat o’z-o’zining sababchisidir Leybnits esa: «Har qanday haqiqiy substansiya faqat va faqat ta‘sir ko’rsatadi1», deb ta‘kidlagan. Modomiki, substansiya hamma narsani o’z ichiga oluvchi va o’zi uchun boshqa hech qanday asos yoki shartni nazarda tutmaydigan birinchi sabab ekan, u o’ziga bog’liq bo’lmagan holda mavjud har qanday narsaning mavjud bo’lish imkoniyatini istisno etadi. Substansiya xoh Xudo, xoh g’oya, o’zlik, ruh yoki ekzistensiya bo’lsin – yagonadir! «Substansiya» tushunchasi ko’plikda qo’llanilishi mumkin emas. Uning ko’pligi haqidagi g’oya bu tushunchaning ta‘rifiga zid, chunki ikki yoki bir necha narsa mavjud bo’lgan taqdirda, ularning birontasi ham substansiya hisoblanmaydi. Substansiyalilik paradoksi ana shundan iborat. Substansiyaning o’z-o’zidan amalga oshishi hodisalarning umumiy, uzviy xossalari – atributlarda va narsalarning muayyan, alohida xossalari – moduslarda sodir bo’ladi.


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin