12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. Оng, mа’nаviyat vа ruhiyat. 4bilan 8ga qara



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə4/96
tarix31.12.2021
ölçüsü0,82 Mb.
#49535
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. О (1)

1.Dunyoqаrаsh tushunchаsi..

Dunyoqarash – bu avvalo, inson o’zini va dunyoni zaruriy ravishda anglashi, tushunishi, bilishi va baholashi natijasida yuzaga kelgan xulosalari, bilimlari asosida shakllangan umumlashmalar tizimidir.

Dunyoqarashning ijtimoiy oz-ozini anglash sifatidagi xususiyati shuki, muhim hodisa va voqealarga kishilarning oz hayotiy maqsad va manfaatlari asosida, ularning shaxsiy yoki ijtimoiy mavqyelaridan kelib chiqqan holdagi munosabatlarining ifodalanishdir. Shunga kora dunyoqarash insonning dunyoni kundalik ongda aks ettirishgina bolmay, balki uni qayta ozlashtirish natijasi sifatidagi bilimlari hamdir.

Dunyoqarash insoniyatning otmishi, hozirgi va kelajakdagi hayoti sharoitlarining anglab olingan qadriyatlari tizimidan iboratdir. Dunyoqarash kishilarning turmush tarzlari va hayotiy mavqyelarini, ularning aloq-odob meyorlaridan tartib bir butun madaniyati va manaviyatigacha bolgan barcha jihatlarni ozida mujassamlashtirgan boladi. Shu sababli dunyoqarashda butun insoniyat hayotiga oid manaviylikdan bahramandlik, insoniyat hayotining mazmunini anglash tajribasi jamuljam bolib, uning taraqqiyotida doimo eskirib qolgan nimalardandir voz kechish, nimalardandir avaylab asrash va yangi paydo bolgan tasavvurlar, qarashlar va bilimlarni qabul qilib olib, ularni yanada rivojlantirib borish muhim orin tutadi.

Dunyoqarashning bir kishiga yoki alohida shaxsga xos shakli indvidual dunyoqarash deyiladi. Guruh, partiya, millat yoki butun jamiyatga xos dunyoqarashlar majmuasi esa ijtimoiy dunyoqarash deb yuritiladi. Ijtimoiy dunyoqarash individual dunyoqarashlar yigindisidan dunyoga keladi, deyish mumkin. Bunda ijtimoiy dunyoqarashning umumiy va xususiy shakllarini hisobga olish lozim.

Kundalik hayotiy tajribalar asosida jamiyatda, odamlarda oddiy, oz-oziga rivojlanuvchi (stixiyali) mohiyatga ega bolgan qarashlar, tushunchalar, goyalar shakllanadi. Bu dunyoqarashning oz-ozicha rivojlanuvchi (stixiyali) shakli hisoblanadi. Uni kopincha hayotiy falsafa, deb ham ataydilar. Hayotiy falsafaning doirasi juda keng bolib, ongning sodda namoyon bolish shakllarini ham, oqilona va soglom fikrlarni ham oz ichiga oladi. Hayotiy falsafa yoki oddiy amaliy dunyoqarashning oziga xos turini inson faoliyatining turli sohalaridagi bilim va tajribalar tasirida shakllanayotgan qarashlar tashkil etadi. Dunyoqarash muayyan davrda shakllanadi. Shu manoda, har qanday dunyoqarash ijtimoiy-tarixiy mohiyatga ega bolib, kishilarning umri, amaliy faoliyati, tabiatga tasiri va mehnati jarayonida vujudga keladi. Har bir davrda ijtimoiy guruh, jamiyat va avlodning oz dunyoqarashi mavjudligi ham bu tushunchaning tarixiy mohiyatga ega ekanligi korsatdi.



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin