89.Insоn оngining tаbiiy-ijtimоiy jihаtlаri.
Borliqning o‘ziga xos shakillaridan yna biri – bu inson borlig‘idir. Inson borlig‘ida, avvalo, insonning tabiat taraqqiyotining maxsuli sifatida tabiiy borliqning har ikki shakliga oid tomonlar bilan birga, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot maxsuli sifatida unda ijtimoiy va ma‘naviy borliqning ham barcha shakillariga xos tomonlarning yig‘indisi majassamlashgandir.
Inson borlig‘i jamiyt taraqqiyotining birdan bir manbaidir. Ijtimoiy borliq hodisalarning barcha turlarini o‘z ichiga qamrab oladi. Jamiyt bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ijtimoiy etnik, oilaviy va x.k. munosabatlardan tarkib topgan, doimo taraqqiy etib, rivojlanib turadigan jonli organizmdir. Jamiyt tabiat taraqqiyotining zaruriy oqibatidir.
Jamiytning moddiy texnika bazasi, iqtisodiy asoslari, siyosiy tashkilotlari: davlat va xokimiyt idoralari, armiy, politsiy, sud, prokuratura, siyosiy partiylar, turli-tuman jamoat tashkilotlari maorif sistemasi, madaniqt, fan va texnika, ilmiy tadqiqot institutlari va laboratoriylari, ommaviy axborot muassasalari, aloqa bo‘limlari va x.k. ijtimoiy borliqning har xil ko‘rinishlarini tashkil etadi.
Borliq faqat moddiy shakilda emas, ma‘naviy, ruxiy shaklda ham namoyon bo‘ladi. Ma‘naviy borliq inson tomonidan yaratilgan rang-barang madaniqt va san‘at asarlari, til, ilmiy kashfiyotlar, g‘oylar, axloq-odob qoidalari, falsafiy, estetik, badiiy, siyosiy, tafakkurlash madaniqti, ruhiy kechinmalar, diniy tasavvurlar, tushunchalar va x.k. majmui kiradi.
Kishilarning ichki xolati, kechinmalari, his-tuyg‘ulari, ruhiy ma‘naviy dunyosi, o‘y-fikrlari, maqsad va manfaatlari hamda kayfiytlari ham ma‘naviy borliqning ko‘rinishlaridir.
Ma‘naviyt, jamiyt, shaxs, millat taraqqiyotining manbaidir. SHuni alohida qayd etish lozimki, mustaqillik tufayli o‘zbek xalqining ko‘p asrlik boy tarixi, ilmiy, madaniq va diniy merosini o‘rganish, undan xalqning umumiy va bebaho mulki sifatida foydalanishga keng yo‘l ochildi. I.A.Karimov aytganlaridek, «Ma‘naviyat insonning, xalqning, jamiytning, davlatning kuch kudratidir. U yo‘q joyda xech qachon baxt-saodat bo‘lmaydi». SHuning uchun ham xalqning ma‘naviy ruxini mustaxkamlash va rivojlantirish O‘zbekistonda davlat va jamiytning eng muhim vazifasi bo‘lib hisoblanadi. Ushbu borliq shakllari (narsalar borlig‘i, inson borlig‘i, ijtimoiy borliq, ma‘naviy borliq) bir butun dunyoning alohida ko‘rinishidir. Borliq ana shu alohida shakllar o‘rtasidagi bog‘liqlikni, umumiylikni ko‘rsatadi. Borliqning umumiy aloqadorligi alohida narsalarning mavjudligi bilan namoyon bo‘ladi.
Individual ong o’zining o’limga mahkumligi bilan tavsiflanadi, lekin uning ayrim qismlari noindividual ma‘naviy shakl-shamoyil kasb etadi, shuningdek boshqa kishilar mulkiga aylanadi. Xatti-harakatlarda inson ongining fragmentlari moddiylashadi, ularga qarab odamlarning niyatlari, mo‗ljallari, maqsadlari, g’oyalari haqida xulosa chiqariladi. Noindividual ma‘naviy borliqning o‗ziga xos xususiyati shundaki, uning elementlari saqlanadi, takomillashadi va ijtimoiy makon va vaqtda erkin harakatlanadi;
Ijtimoiy borliq ayrim insonning jamiyatdagi borlig‗i va jamiyatning borlig‗iga bo‗linadi. Har bir inson boshqa odamlar bilan muttasil aloqa qiladi, turli ijtimoiy guruhlar: oila, ishlab chiqarish jamoasi, millatning a‘zosi hisoblanadi. U boshqa individlar bilan yaqin aloqa qilib yashaydi. Odamlarning barcha faoliyati mazkur sotsiumga xos bo‗lgan ijtimoiy munosabatlar, chunonchi: siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, axloqiy va boshqa munosabatlar doirasida amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |