35.Mаtеriya mаvjudligining usullаri; хаrаkаt, fаzо vа vаqt.
Borliqning atributlari. Muayyan jismning aynan shu jism ekanligini belgilovchi xususiyatlari uning atributlari deyiladi.
Borliqning ham bir qancha atributlari mavjuddir. Ular: harakat, fazo, vaqt, in’ikos, ong va boshqalar. Borliq o‘zining xossalari, xususiyatlari orqali namoyon boladi. Endi borliqning atributlari, ya’ni ajralmas tub xususiyatlari haqida to‘xtab olaylik.
Harakat. Borliqning atributlari ichida uning asosiy mavjudlik usulini ifoda etuvchi xususiyati harakat hisoblanadi. Chunki borliq harakatsiz o‘zining strukturaviy yaxlitligini saqlay olmaydi.
Buni moddiy borliq misolida qarab chiqaylik. Faraz qiling, qarshimizda biror jism turibdi. Agar harakat bolmaganida edi, yoruglik nurlari shu jismga urilib bizga qaytmagan bolar edi, ya’ni biz uni ko‘rmagan bolar edik. Shuningdek, bu jismning yaxlitligini saqlab turgan molekulalar, atomlar, elementar zarrachalar oltasidagi o‘zaro ta’sirlar ham bolmasdi. Natijada bu jismning strukturaviy birligiga putur yetgan bolar edi. Tevarakatrofimizdagi predmetlar va hodisalar harakat tufayli o‘zining muayyan tartibini va birligini saqlab turadi, shu tufayli, o‘sish, ulg‘ayish, ravnaq topish, rivojlanish mavjuddir.
Harakat, bir tomondan, moddiy jismlar o‘rtasidagi va ularni tashkil etuvchi elementlar oltasidagi aloqadorliklarning natijasi, boshqa tomondan esa, ulardagi o‘zgarishlar sifatida sodir bo‘ladi.
Shu nuqtayi nazardan ham falsafaning harakat bu umuman bar qanday o‘zgarishdir, deyilgan ta’rifi juda olinlidir. Harakatning manbayi haqida gap ketganda, ana shu o‘zgarishlarning asosida
Materialist bo‘lgan faylasuflar harakat shakllarini turkumlaganida, quyidagi mulohazalarga tayanib ish yuritadilar:
1) harakat shakllari bir-birlari bilan sifat jihatidan farq qilib, ularning har biri materiyaning tashkiliy tuzilishi darajalarining muayyan bosqichida namoyon bo‘ladi;
2) materiyaning harakat shakllari bir-biri bilan genetik jihatidan, kelib chiqishi jihatdan ketma-ket boglangan, ya’ni harakatning murakkabroq shakllari uning nisbatan soddaroq shakllaridan kelib chiqqandir;
3) harakatning yuqori shakllari tarkibidagi quyi shakllari uning yuqori shakllariga ham mansubdir, ammo harakatning yuqori shakli o‘zidan quyi shakldagi harakatga mansub emasdir.
Shu mulohazalarga tayangan holda, harakatning beshta shaklini ajratib olish mumkin. Ular — mexanik, flzik, kimyoviy, biologic va ijtimoiy harakatlardir.
Dostları ilə paylaş: |