12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. Оng, mа’nаviyat vа ruhiyat. 4bilan 8ga qara


Aksiologiya-qadriyatlar falsafasi



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə49/96
tarix31.12.2021
ölçüsü0,82 Mb.
#49535
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   96
12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. О (1)

49.Aksiologiya-qadriyatlar falsafasi. Qadriyat tushunchasi va uning umumiy tavsifi. Bоrliqning umumiy аlоqаdоrligi.

«Qadr» va «qadriyat» tushunchalari, qadrsizlanish muammosi. Qadriyatlar to‘g‘risida G ‘arbda keng tarqalgan «Aksiologiya» (aksio — qadriyat, logos — fan, ta’limot) fani rivojlangan mamlakatlarda inson qadri va haq-huquqlariga doir ko‘pgina tamoyillarning amaliyoti uchun nazariy asoslardan biri bolgan ilmiy sohalar qatoriga kiradi.

Bu borada «Qadr» tushunchasiga katta ahamiyat qaratish lozim. U muayyan qadriyatning, ya’ni biron-bir narsa, voqea, hodisa yoki biror idealning inson va jamiyat uchun qadri va ijtimoiy ahamiyatini anglatadigan tushunchadir. «Qadr» tushunchasi o‘zbek tilida serqirra ma’no va mazmunga ega, u tilimizdagi ba’zi ibora va so‘zlarda o‘ziga xos sharqona falsafiy mazmun borligidan dalolat beradi. Ana shu sababdan ham o‘zbek tilida qadriyatning mazmunini bilib olish va uning ahamiyatini anglash, avvalo, qadrning ma’nosini bilish orqali boradi. Insonning insonga ibrati, tarbiyadagi ta’sirini uning o‘zi baholay olmaydi, balki boshqa inson baholaydi. Demak, qadriyat sifatidagi inson ta’sirida uning qadri va ahamiyati namoyon bo‘ladi, boshqa kishi esa ana shu bevosita ta’sir natijasida uning ahamiyatini baholaydi, qadriga baho beradi.

Qadriyatlar muammosiga bag‘ishlangan ilmiy-falsafiy manbalarning ko‘pchiligida qadriyatni «baho» tushunchasi bilan qiyoslash, ularga bir xil daraja va kolamdagi tushunchalar sifatida qarash hollari uchraydi. Ayni paytda qadriyatlar jamiyat rivoji va kishilar hayotining turli davrlarida turlicha ahamiyat kasb etadi, tarixiy zaruratga mos ravishda goh u, goh bu qadriyat ijtimoiy taraqqiyotning eng oldingi pog‘onasiga chiqadi, boshqalari xiralashgandek tuyuladi. Masalan, yurtni yov bosganda — ozodlik, imperiya hukmronligi nihoyasida — istiqlol, urush davrida — tinchlik, tutqunlikda — erkinlik, xastalik va bemorlik paytlarida

— sihat-salomatlikning qadri ortadi, ularga intilish kuchayadi.

Qadriyatlarning asosiy shakllarini aniqlash borasida olimlar orasida bir xil va hamma e’tirof etgan yagona nuqtayi nazar yo‘q.

Ularni moddiy va ma’naviy, umumbashariy va umuminsoniy turlarga bo‘lish mumkin. Bu shakllar ham ularga mos ravishda tabiat va jamiyatdagi narsa, voqea, hodisa, jarayonlar o‘zaro uyg‘unlikda, qonuniy bogianishda, umumiy aloqadorlikda namoyon boladi. Bunday hollardagi tahlil jarayonida ilmiy bilishning tizimlilik usuli, alohidalik, xususiylik va umumiylik, butun va bolak kategoriyalarining dialektikasiga asoslanish qol keladi.

Qadrsizlanish — muayyan qadriyat yoki qadriyatlar tizimining o‘z qadrini yo‘qotishi yoki pasaytirishi jarayonini, insonning o‘zobro‘-e’tiborini, mavqeini yo‘qotishi, nazardan qolishi ma’nosini anglatuvchi tushunchadir. Jamiyat taraqqiyotida sodir boladigan umumiy qadrsizlanish birdaniga, bir kunda yoki to‘satdan emas, balki tadrijiy ro‘y beradigan jarayondir. Insoniyat tarixida qadriyatlar tizimi qadrsizlanib ketgan davlatlar va imperiyalarning tanazzulga yuz tutgani, yo‘q bolib ketgani ma’lum. Masalan, sobiq ittifoq hayotining oxirida, 80-yillarning oxirlarida ilgari zo‘rlik bilan ushlab turilgan qadriyatlar tizimining butunlay qadrsizlanishi yaqqol ko‘rinib qolgan edi. Oxir-oqibat, bu tuzum tanazzulga yuz tutdi va halokatga uchradi.

Qadrsizlanish jarayoniga sabab boladigan ko‘plab omillar mavjud. Muayyan qadriyat yoki bir necha qadriyat shakllarining haddan ortiq bo‘rttirib yuborilishi, mutlaqlashtirilishi yoki siyqalashtirilishi, ularga noto‘g‘ri munosabatning muttasil siyosat usuliga aylantirilishi bunga sabab bolishi mumkin. Bunday holda qadriyatlar o‘z mazmun-mohiyatini, odamlarning hayoti va faoliyati uchun umumiy mezon, ularning intiladigan ideal yoki ularni muayyan maqsadlar sari birlashtiruvchi va safarbar qiluvchi mezon sifatidagi ahamiyatini yo‘qotadi.

Qadrsizlanish muayyan qadriyat, milliy manfaatlar, davlat siyosatiga ishonchsizlik, odamlarning «nimalar»dandir hafsalasi «pir» bolishi, ko‘pchilikning ko‘ngli «qolishi» tarzida ham namoyon bolishi mumkin. Har bir shaxs uchun jamiyatda o‘z atrofidagilar o‘rtasida o‘z qadrini yo‘qotish odamiylikni yo‘qotish bilan barobar boladi. Shuning uchun har bir shaxs qadrsizlanish so‘zi anglatadigan ma’nodagi xususiyat o‘zida shakllanib qolmasligiga intilishi zarur boladi.

Qadrsizlanish faqat shaxslar o‘rtasidagina bolib qolmasdan, balki boshqa sohalarda ham ro‘y berishi mumkin. Masalan, qimmatli qog‘ozlar, pullar, ashyolar ham qadrsizlanishi mumkin.

Bunday holatni dunyo davlatlarida ishlatiladigan mablaglar va qimmatli qog‘ozlar misolida ko‘rish mumkin. Ba’zan qadrsizlanish oqibatida ma’lum bir mamlakatlarda pullar va qimmatli qog‘ozlarni isloh qilishga zarurat seziladi. Qadrsizlanish iqtisodning barcha sohalarini qamrab olishi, muayyan davlat yoki butun jahon inqirozi tarzida ro‘y berishi mumkin.




Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin