46.Diаlеktikа bаhslаshuv sаn’аti.
Dialektika (yunon. dialektika — bahs, suhbat) tabiat, jamiyat va bilish
taraqqiyoti qonuniyatlari hamda ularning asosida shakllanadigan umumiy tafakkur uslubi va amaliy faoliyat haqidagi ta'limotdir. U grek tilida bahs va suhbatlashish san'ati, degan ma'noni anglatadi. Antik dunyo faylasuflari uni haqiyatga erishish yo‘li va usuli sifatida talqin etganlar. Hozirgi davrga kelib dialektika olamdagi narsa va hodisalar doimo o‘zgarishda, o‘zaro aloqadorlik va bog‘liklikda, taraqqiyot va rivojlanishda, deb tushunishga asoslanadi. Unga ko‘ra, olamda o‘z o‘rniga va joyiga, yashash vaqti va harakat yo‘nalishiga ega bo‘lgan barcha narsalar va voqealar bir-birlari bilan bog‘liq va aloqador tarzda, bir-birlarini taqozo etadigan, doimiy va takrorlanib turadigan bog‘lanishlar orqali namoyon buladi.
Taraqqiyot jarayonida avlodlar, davrlar, siyosiy tuzumlar, umuman ijtimoiy voqea
va hodisalar o‘z-o‘zidan avtomatik tarzda codir bo‘lib, nom-nishonsiz yo‘qolib ketmaydi.
Balki ularning barchasi insonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa va munosabatlarning xosilasi,
ijtimoiy jarayonlarning natijasi, biror sababning oqibati sifatida namoyon buladi. Bir davr
ikkinchisining o‘rniga, bir avlod oldingisidan keyin, bir voqea boshqasining ortidan sodir
bo‘lib turadi. Ana shu abadiy va azaliy uzluksizlik, doimiy aloqadorlik, vaqtning orqaga
qaytmasligi va voqealarning ketma-ketligi tarzidagi bog‘lanishlar, rivojlanish va
taraqqiyot, olamning rang-barangligi va uyg‘unligi dialektikaning asosiy tamoyillarini
tashkil qiladi.
Falsafada mazkur tamoyillarga asoslangan tafakkurni — dialektik tafakkur, ana
shunday dunyoqarashni — dialektik dunyoqarash, yondashuvni — dialektik yondashuv,
metodni — dialektik metod deb atash an'anaga aylangan. Shu bilan birga, u yoki bu
olimning ushbu tamoyillarga asoslanadigan dunyoqarashi, falsafiy ta'limotlari ham bor.
Masalan, Demokrit va Geraklit, Kant yoki Gegel dialektikasi deyilganda ana shunday hol
nazarda tutiladi.
Falsafa tarixida dialektika to‘g‘risida xilma-xil qarashlar bo‘lgan. Antik davr
dialektikasi sodda va stixiyali bo‘lib, asosan, hayotiy tajribaga asoslangan. O‘sha davrda
"Dialektika" so‘zini birinchi bo‘lib, Sukrot (er.av. 469—399 y.) o‘z falsafiy faoliyatida
qo‘llagan. Suqrot dialektikani mayevtika (harflarni yaratish san'ati) bilan taqqoslagan.
Zotan, mulohaza qilish shunday dialektik usuldirki, uning natijasida raqib nutqidagi ichki
ziddiyatlar ochiladi yoki fikrlash jarayonida yangi ixtilofli fikr-mulohazalar paydo
bo‘ladi. Suqrot boshqalarni haqiyatni izlashga da'vat etar ekan, o‘z onasi doya Fenareti
ishini davom ettirayapman, deb izohlaydi.
Rezonans (sub'ektiv) dialektika — sub'ekt tafakkuri bo‘lib, u predmetdagi
ziddiyatlarni ifodalaydi, biroq mavjud ziddiyatlardan ilgarilab ketadi. Sub'ekt faqat buni
izohlash bilan kifoyalanadi, xolos.
Salbiy (ob'ektiv) dialektika rezonans dialektikadan ba'zi ustuvorlikka ega, chunki
u boshlanishidan ancha ilgariroq harakat qiladi. "U tomon", "Bu tomon" kabi izohlashlar
mutlaq butunlikni inkor qiladi. Salbiy dialektika mustahkam narsalarni sindirishga
intiladi. Uning kuchi aynan shundadir. Ojizligi esa, ularning o‘zidagi cheklanganlikni
izohlar ekan, judayam kam maqsadga erishiladi. Uning natijasi nol, salbiy, tasdiylash
unda hali namoyon bo‘lgan emas
Dostları ilə paylaş: |