25 soch tolasiga 22 nm qalinlikdagi 4000 ta tranzitor joylashadi ko`z oldimizga keltirish yetarli
hisoblahadi.
11-rasm. Protsessorning yadrolari.
Protsessorlarning asosiy ko‘rsatgichlari:
Tezligi (Clock Speed) - protsessorning ish unumdorligini tasvirlovchi asosiy ko‘rsatgich. Bu
taktli chastota bo‘lib, Gers (HZ) da o‘lchanadi. Protsessorning bir sekunda bajaradigan amallar
soni. Hozirgi kunda uning tezligi GHZ da o‘lchanadi. Agar protsessorning taktli chastotasi 1.6
GHZ bo‘lsa, u sekundiga 1 600 000 ta amal bajara oladi. Taktli chastota qancha yuqori bo‘lsa,
protsessor tezligi shuncha yuqori bo‘ladi.
Yadrolar- muhim ahamiyatga ega ko‘rsatgich. Bu bitta integral sxemada joylashgan
protsessorlar soni. U fizik jixatdan bitta platada yasalgan bo‘lsada, alohida parallel ishlovchi
protsessorlardan tashkil topadi. Bu protsessorlar ko‘p yadroli hisoblanadi. Uning ishlash tezligi
yadrolar soni bilan bog‘liq. Masalan Intel Core 2 protsessorining bitta yadorsi taktli chastotasi
3 GHz bo‘lsa, uning umumiy tezligi 2* 3 GHz=6GHz bo‘ladi. Deyarli hozirgi kundagi barcha
protsessorlar ko‘p yadroli hisoblanadi (7.5-rasm). Yadrolar bir-biridan mustaqil ravishda
parallel ishlaydi. Va kompyuterning umumiy ishlash tezligi ortadi.
Kesh xotira- mikroprotsessorning ishlash jarayonida qayta ishlayotgan ma’lumotlarni saqlab
turuvchi, eng tezkor xotira bo‘lib, u mikroprotsessorning ichida joylashgan bo‘ladi (7.6-rasm).
Uning o‘lchami Mbaytlarda o‘lchanadi. Kesh xotira qancha katta bo‘lsa, protsessorning ish
umumdorligi shuncha katta bo‘ladi. Kesh xotira bundan tashqari pog‘onalar bilan markirovka
qilinadi. L1,
L2, L3, L4 –bu pog‘onalarning mavjudligi, protsessorning unumdorligini belgilaydi.