23 hisoblash qurilmasi bo‘lib, kompyuterdagi barcha hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi MIYASI
desak ham bo‘ladi (7.3-rasm).
Protsesssor kvadart yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi qurilma bo‘lib, ona platadagi
protsessorlar slotiga, ya’ni uyachasiga joylanadi. Bir necha minglab PINlar, ignalar bilan
ulanadi (o‘rtacha soni 370-2000). Protsessor ishlagan vaqtida keraklicha elektr energiyasi
sarflaganligi sababli, u isiydi, harorati oshadi, uni doimiy sovutib turish uchun, protsessor
ustiga sovutgich radiator qo‘yiladi. Quyida uning soddalashtirilgan strukturasini taxlil qilamiz
(7.1-rasm).
(
1)Arifmetik-Mantiqiy Qurilma (AMQ) – sonli va belgili axborot bilan bajariladigan barcha
arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan (ShKning ayrim
modellarida operatsiyalar ijrosini jadallashtirish uchun AMQga qo‘shimcha matematik
soprotsessor ulanadi);
(2) Boshqaruv Qurilmasi (BQ) – oldin bajarilgan operatsiyalarning natijalari va ayni fursatda
bajarilayotgan operatsiyadan kelib chiqadigan muayyan boshqaruv signallarini (boshqaruv
impulslarini) shakllantirib, mashinaning barcha bloklariga zaruriy fursatlarda uzatib boradi,
bajarilayotgan operatsiyada foydalaniladigan xotira uyalarining manzillarini shakllantirib,
ularni EHMning tegishli bloklariga uzatadi, mazkur boshqaruv qurilmasi impulslarning asosiy
izchilligini taktli impulslar generatoridan oladi;
(3)Registrlar – uzunligi turlicha bo‘la oladigan tez ishlovchi xotira uyalari (standart uzunligi 1
bayt ga teng va ish tezligi ancha past bo‘lgan AXQ uyalaridan farq qiladi); Mikroprotsessorning
Interfeys Tizimi – ShKning boshqa qurilmalari bilan ulanib, aloqa bog’lashni ta’minlaydi; o‘z
ichiga MPning ichki interfeysi va xotirada saqlovchi bufer registrlarni hamda kiritish-chiqarish
portlari (KChP) va tizim shinasini boshqarish sxemasini mujassam etadi.