12 zamonaviy protsessorlar, turlari va xususiyatlari negmatova Nilufar Ergash qizi



Yüklə 1,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/17
tarix11.10.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#154055
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
ZDIFT 0903

 
23 
 
 
 
hisoblash qurilmasi bo‘lib, kompyuterdagi barcha hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi MIYASI 
desak ham bo‘ladi (7.3-rasm).
Protsesssor kvadart yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi qurilma bo‘lib, ona platadagi 
protsessorlar slotiga, ya’ni uyachasiga joylanadi. Bir necha minglab PINlar, ignalar bilan 
ulanadi (o‘rtacha soni 370-2000). Protsessor ishlagan vaqtida keraklicha elektr energiyasi 
sarflaganligi sababli, u isiydi, harorati oshadi, uni doimiy sovutib turish uchun, protsessor 
ustiga sovutgich radiator qo‘yiladi. Quyida uning soddalashtirilgan strukturasini taxlil qilamiz 
(7.1-rasm).
(
1)Arifmetik-Mantiqiy Qurilma (AMQ)
– sonli va belgili axborot bilan bajariladigan barcha 
arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan (ShKning ayrim 
modellarida operatsiyalar ijrosini jadallashtirish uchun AMQga qo‘shimcha matematik 
soprotsessor ulanadi);
(2) Boshqaruv Qurilmasi (BQ)
– oldin bajarilgan operatsiyalarning natijalari va ayni fursatda 
bajarilayotgan operatsiyadan kelib chiqadigan muayyan boshqaruv signallarini (boshqaruv 
impulslarini) shakllantirib, mashinaning barcha bloklariga zaruriy fursatlarda uzatib boradi, 
bajarilayotgan operatsiyada foydalaniladigan xotira uyalarining manzillarini shakllantirib, 
ularni EHMning tegishli bloklariga uzatadi, mazkur boshqaruv qurilmasi impulslarning asosiy 
izchilligini taktli impulslar generatoridan oladi;
(3)Registrlar
– uzunligi turlicha bo‘la oladigan tez ishlovchi xotira uyalari (standart uzunligi 1 
bayt ga teng va ish tezligi ancha past bo‘lgan AXQ uyalaridan farq qiladi); Mikroprotsessorning 
Interfeys Tizimi – ShKning boshqa qurilmalari bilan ulanib, aloqa bog’lashni ta’minlaydi; o‘z 
ichiga MPning ichki interfeysi va xotirada saqlovchi bufer registrlarni hamda kiritish-chiqarish 
portlari (KChP) va tizim shinasini boshqarish sxemasini mujassam etadi.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin