12 zamonaviy protsessorlar, turlari va xususiyatlari negmatova Nilufar Ergash qizi



Yüklə 1,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/17
tarix11.10.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#154055
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
ZDIFT 0903

(4) Boshqaruv mantig'i
-barcha protsessor tugunlarining o‘zaro ta'sirini tashkil qiladi
ma'lumotlarni qayta yo‘naltiradi, protsessorni tashqi signallar bilan sinxronlashtiradi, 
shuningdek, axborotni kiritish va chiqarish protseduralarini amalga oshiradi.
(5)Uzilishlarni boshqarish sxemasi
- protsessorga keladigan uzilish so‘rovini qayta ishlaydi
uzilishlarni qayta ishlash dasturining boshlanish manzilini (uzilish vektor manzili) aniqlaydi, 
joriy buyruqni bajargandan va protsessor registrlarining joriy holatini saqlagandan so‘ng 
ushbu dasturga o‘tishni ta'minlaydi (xotira stekida).
(6)Xotiraga to‘g'ridan-to‘g'ri kirishni boshqarish sxemasi
- protsessorni tashqi shinalardan 
vaqtincha uzish va protsessorni so‘ragan qurilmaga to‘g'ridanto‘g'ri kirish huquqini berishda 
uni to‘xtatib turish uchun ishlatiladi.
(
7)Holat registri
- Hodisalarni, obyektlarni, kodlarni ro‘yxatga olish uchun mo‘ljallangan 
ro‘yxat yoki xotira sohasi. Informatikada registr deganda, kompyuterning tarkibiy qismlari 
orasida jo‘natiladigan, cheklangan o‘lchamli kodlarni vaqtincha saqlashga mo‘ljallangan oddiy 
qurilma tushuniladi. Registrning muhim xossasi, uning ma’lumotlarni qabul qilish va berishda 
yuqori tezlikka ega bo‘lishidir. Registr uyalardan iborat, ularga so‘z, buyruq, ikkilik sanoq 
tizimida berilgan son va boshqalarni yozish, eslash va o‘qib olish mumkin. Ko‘pincha registr 
kompyuter ishlaydigan so‘z o‘lchami bilan bir o‘lchamga ega. Ixtiyoriy registrning ish tezligi, u 
saqlay oladigan bitlar soni bilan belgilanadi.



 
24 
 
 
 
9-rasm- Protsessorning boshqaruvidagi fizik qurilmalar. 
Protsessor barcha qurilmalar bilan birgalikda ishlash imkoniyatini yaratadi. Bu qurilma 1960 
yildan beri turli ko‘rinishga kelgan bo‘lsada, uning fundamental vazifasi o‘zgarishsiz qoldi.
Dastlabi protsessorlar vakum naylardan tashkil topgan. Bu esa juda katta elektr energiyasi va 
katta fizik o‘lchamlarni talab etardi. 1945 yilda ishlab chiqarilgan, “INIAC” kompyuteri 18 
mingta vakum naylardan iborat bo‘lgan. 1948 yili vakum naylardan ancha ixsam, kichik va tez 
tranzistorlar ixtiro qilindi. 1956 yil tranzitor asosidagi birinchi kompyuter “UNIVAC” ishlab 
chiqildi.
Integrallashgan sxemalarning ixtiro qilinishi bugungi kundagi protsessorlarni yaratilishiga 
omil bo‘ldi. Integrallashgan sxema bu-o‘zida bir necha millionlab tranzistorlarni birlashtirgan 
elektron plata bo‘lib, bu texnologiya asosida ishlab chiqilgan birinchi protsessor 1971 yil “Intel”
firmasi tomonidan ishlab chiqilgan, Intel-4004 dir. Bu protsessor 2300 ta tranzistordan tashkil 
topgan bo‘lib, sekundiga 60 000 ta operatsiya bajara olgan. 
10-rasm. Intel-4004 protsessori. 
Hozirgi kunda protsessorlar bir necha milliyardlab tranzistorlardan tashkil topadi va bitta 
elektron platada bir nechta protsessorlar joylashadi. Bu biz bilgan ko‘p yadroli protsessordir. 
(7.5-rasm) 2012 yil ishlab chiqilgan Intel Xeon 5 milliyard tiranzitordan tashkil topgan bo‘lib, 
bir tranzitor o‘lchami 22 nm gacha (nanometrgacha) kichraytirildi. Buni qiyosalash uchun bitta 




Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin