`
13
ishlab chiqarish texnologiyasi bilan bog‘liq, ya’ni protses sor «yadrosi» o‘zgarishi bilan.
Texnologiya - protsessorni eng kichik elemen tlarini
qalinligi bilan aniqlanadi, texnologiya
qanchalik «yupqala sh ib» borsa, kristallga shuncha ko‘p tranzistorlar joylashtirish mumkin
bo‘ladi.
Bundan tashqari , yangi texnologiyaga o‘tish energiya iste’moli va issiqlik ajratishni
pasaytirishga yordam beradi, bu esa uni stabil ishlashi uchun juda muximdir.
Yangi
texnologiyaga o‘tish odatda protsessor «yadrosi» xam o‘zgarishiga olib keladi. Lekin masalan,
2002 yil baxorida Pentium 4 nomi bilan baravariga ikki xil protsessor mavjud bo‘lgan , Tualatin
yadrosi asosida yaratilgan eski model va Northwood yadrosidagi yangi model (bunisi Pentium
4 A markasi bilan sotilgan).
Tizimli shina chastotasi. Bu chastota qanchalik katta bo‘lsa, bir vaqt birligida protsessorga
shunchalik ko‘p berilganlar tushadi. Tizimli shina chastotasi protsessor chastotasi bilan
«ko‘paytiruv koeffitsiyenti» orqali to‘g‘ri bog‘liq. Masalan , 2,4 GGs li protsessor chastotasi 6
koef fitsiyentga ko‘paytirilgan 400 MGs li tizimli shina chastotasiga teng .
Zamonaviy Intel
protsessorlarning ko‘pchiligi 400 i 533 MGs li t izimli shina chastotasida ishlaydi (aniqrog‘i,
tizimli shina chastotasi bu xollarda 200 va 266 MGs ga teng, lekin protsessorlar, axborotni ona
platadan «bir necha oqimda olish» xisobiga, uni oshira oladilar.
Qo‘shimcha imkoniyatlar. Zamonaviy protsessorlar qator eksklyuziv imkoniyatlarga ega bo‘lib
, ular axborotni qayta ishlash tezligiga ta’sir ko‘rsatadi. Ularni qatorida grafika, video va tovush
bilan ishlashni optimallashtiruvchi maxsus «multime dia buyruqlarini», ko‘rsatish mumkin .
Masalan, Intel protsessorlari SSE va SSE 2 buyruq tizimlari bilan ta’minlangan, AMD
protsessorlari esa — shunga o‘xshash 3 DNow buyruq to‘plamlari bilan. Intel ni Pentium 4 dan
boshlab yangi protsesso rlaridagi eng qiziq yangiliklardan biri - HyperThreading funksiyasidir,
u protsessorga baravariga ikkita berilganlar oqimi bilan ishlashga imkoniyat yaratadi, natijada
tezlik 10—20 foizga oshishi mumkin.
Protsessorlar soni. Kompyuter samaradorligini faqat
katta takt chastotali protsessor tanlash bilan emas, balki tizimga ikkinchi protsessor o‘rnatish
orqali keskin oshirish mumkin. To‘g‘ri, bu xolda xam, 64-bitli protsessorlar kabi, bu rejimni (
SMP ) amalga oshirish uchun maxsus dastur ta’minoti kerak.
Xozirgi kunda Windows ning
«professional» versiyalari (masalan, Windows XP Professional ) va shuningdek grafika va
videoni qayta ishlovchi qator dasturlar ( Adobe Premier , 3D Max va boshqalar)
ko‘pprotsessorli rejimdan foydalanishi mumkin . Bundan tashqari ikkita protsessorni o‘rnatish
uchun, oddiy tizimli plataga qaraganda bir necha bor qimmatroq turuvchi, maxsus plata zarur .
Dostları ilə paylaş: