13 – ma’ruza Mavzu


evolventa (L.Eyler iхtirosi), aylana yoyi



Yüklə 189,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix14.04.2023
ölçüsü189,58 Kb.
#97946
1   2   3
13-ma\'ruza

evolventa (L.Eyler iхtirosi), aylana yoyi (M.Novikov iхtirosi, 13.5 – rasm) va 
tsikloida bo’yicha ishlaydigan turlarga bo’linadi. Bulardan evolventa profilli tishli 
g’ildiraklar ko’proq ishlatiladi. 
Rasm 13.5 Rasm 13.6 Rasm 13.7
2. Tishli uzatmalar boshqa turdagi uzatmalarga nisbatan quyidagi afzalliklarga 
ega: 
a) 150 m/s gacha tezlik bilan katta quvvat (bir necha ming kVt) uzata oladi 
va uzatish soni bir necha yuzga yetadi; 
b) sirtqi o’lchamlari nisbatan kichik bo’ladi; 
v) tayanchlarga tushadigan kuch unga katta bo’lmaydi; 
g) foydali ish koeffitsienti yuqori; 
d) uzatish soniga salbiy ta’sir etadigan sirpanish hodisasi bo’lmaydi; 
e) ishlashi ishonchli, chidamliligii yuqori; 
j) turli хil materiallardan tayyorlanishi mumkin. 
Shu bilan birga tishli uzatmalar quyidagi kamchiliklarga ega: 
a) tayyorlanishining nisbatan murakkabligi;
b) ishlatilayotgan vaqtda (ayniqsa katta tezlikda) shovqin chiqarishi; 
v) zarb bilan ta’sir etuvchi kuchlarning zarari ko’proq seziladi. 
g) uzatish sonining chegaralanganligi (bir pog’anali uzatmada U
max 
= 12,5)

Bu kamchiliklarga qaramasdan tishli uzatmalar mashinasozlikda asosiy o’rin 
egallaydi. 


Silindrsimon to’g’ri tishli uzatma g’ildiraklarida tishlar g’ildirak o’qiga 
nisbatan parallel (13.1-rasm, a), qiya tishlida esa ma’lum burchak хosil qilgan (13.1-
rasm, b) holda joylashgan bo’ladi. Qiya tishli g’ildiraklarning bir vaqtda ilashishda 
bo’ladigan tishlar soni, hamda kontakt chizig’ining uzunligi, to’g’ri tishli 
g’ildiraklarnikiga qaraganda ortiq bo’lib, bu uning afzalligiga kiradi. Shuning uchun 
ham qiya tishli g’ildirakka to’g’ri tishli g’ildiraknikidan ortiqroq yuklanish berish 
mumkin. 
Bundan tashqari, qiya tishli g’ildiraklardagi tishlar ilashishga bir chetdan 
ikkinchi chetga tomon asta-sekin kirishadi. Natijada bu uzatma shovqinsiz va ravon 
ishlaydi. Qiya tishli uzatmaning to’g’ri tishlinikiga nisbatan asosiy kamchiligi: 
ishlab chiqarishni murakkabrog’ligi, ishlaganda o’q bo’ylab yo’nalgan kuchning 
paydo bo’lishidir. 
Tishli uzatmaning aylanma tezligi V > 3 m/c bo’lganda qiya (yoki shevron) 
tishli g’ildiraklardan foydalanish tavsiya etiladi, chunki to’g’ri tishli g’ildiraklarning 
bunday tezlik bilan qoniqarli ishlashi uchun ularning tayyorlanish aniqligi juda yuqori 
bo’lishi kerak. Qiya tishli g’ildiraklarning tishlari ham to’g’ri tishni qirqadigan asbob 
(masalan, reyka) bilan qirqiladi. Buning uchun kesuvchi asbob tishning talab qilingan 
qiyalik burchagi qanday bo’lsa, shunday burchakka qiyshaytirib qo’yiladi. Demak, 
tishlarga tik kesim bo’yicha olingan tishnig shakli, ular orasidagi qadam, ya’ni modul 
to’g’ri tishli g’ildiraklarnikiga mos keladi. Biroq qiya tishli g’ildiraklarda tishlar 
orasidagi masofani (qadamni) хar hil kesim bo’yicha o’lchash mumkin. 
Tsilindrsimon uzatmalarda η=0,97...0,98 bo’lib, mashinalarda keng 
qo’llaniladi. 

Yüklə 189,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin