13 – Mavzu: Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari. Ma'ruza rejasi



Yüklə 39,41 Kb.
səhifə7/13
tarix25.09.2023
ölçüsü39,41 Kb.
#148352
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
13-ma`ruza

Birinchisi, jamiyat ichki jarayonlari tug‘dirgan, ya'ni mavjud ijtimoiy tuzumning tabiati, turli mintaqa davlatlarining xilma-xil manfaatlari bilan taqozo etilgan muammolar. Bularga:
- urush va tinchlik muammosi;
- ijtimoiy-iqtisodiy qoloqlik muammosi, ya'ni ochlik qashshoqlik, savodsizlik, qoloqlikni tugatish uchun rivojlangan va rivojlanayotgan (“uchinchi dunyo”) mamlakatlar o‘rtasidagi ziddiyat va keskin farqni bartaraf etish muammosi;
- etikologiya muammosi, ya'ni insoniyat ma'naviy-axloqiy sofligini ta'minlash, uni ma'naviy qashshoqlikdan, ma'naviy tanazzuldan asrash muammosi kabilar kiradi.
Ikkinchi guruhi, “inson-jamiyat” tizimi doirasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan muammolar. Bularga:
- demografik muammolar;
- tibbiy muammolar, ya'ni xavfli kasalliklarni (epidemiyalar, sil, bezgak, SPID, yurak, ruhiy-asab, rak kabilarni) tugatish muammosi;
- xalqaro terrorizm va uning turli ko‘rinishlariga qarshi kurash muammosi kabilar kiradi.
Uchinchi guruhi, “jamiyat-tabiat” tizimi doirasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan muammolar. Bularga:
- ekologiya muammosi (ikki shaklda – tabiiy hodisalar va inson faoliyati tufayli yuz beradigan ekologik falokatlar);
- tabiiy resurslar, oziq-ovqat va energetika muammolari;
- koinotni va dunyo okeanini o‘zlashtirish muammolari kabilar kiradi.
Global muammolar bir-biridan farqlansa-da, ular mohiyati, kelib chiqish sabablari, bartaraf etish yo‘llari, salbiy oqibatlari jihatidan uzviy aloqadordir. Global muammolarga xos umumiylik, avvalo, butun insoniyatning hayoti shart-sharoitlari, imkoniyatlari va istiqboli masalalaridir. Ikkinchi tomondan, ular u yoki bu darajada hozirgi davrning bosh omili – fan-texnika inqilobi bilan aloqadordir, ya'ni uning oqibatidir.
Global muammolarni echishda falsafaning roli. Og‘ir va murakkab vazifalarni echishda insonga fan doim yordam bergan. Bir paytlar erishib bo‘lmaydigan, inson imkoniyatlari darajasidan tashqarida bo‘lib tuyulgan narsalarning aksariyatiga aynan fan yordamida erishilgan. Ayni shu sababli global muammolar xavf solayotgani haqidagi ilk ogohlantirishlarning o‘ziyoq odamlarni fanga o‘z e'tiborini qaratishga, olimlarni esa bu muammolarni echish yo‘llarini izlashga majbur qildi.
YUzaga kelgan vaziyatning o‘ziga xosligi va yangiligi shundan iboratki, har qanday muayyan muammolarni ayrim fan yoki bir necha fanlar majmui doirasida o‘rganish mumkin bo‘lsa, inson, jamiyat va tabiatni ularning ko‘p sonli o‘zaro aloqalari va o‘zaro bog‘liqliklarida qamrab oluvchi murakkab tizimdan iborat global muammolarni tadqiq etishga ayrim fanlar qodir emas. Zero o‘z tadqiqoti ob'ekti – u yoki bu ayrim muammoni boshqa global muammolar kontekstida talqin qilishga muayyan fanlar doirasi torlik qiladi. SHu sababli u yoki bu fan qaysi muayyan vazifalarni echishidan qat'iy nazar, ular bilan bog‘liq jarayonlar va hodisalarga, ya'ni butun vaziyatga, shu jumladan oxir-oqibatda olingan natijalarga nisbatan falsafiy yondashuv doimo tadqiqotning zaruriy sharti hisoblanadi.
Falsafiy tadqiqot muayyan fanlarning mazkur sohadagi yutuqlariga tayanib, masalaning ayrim jihatlarini mavhumlashtiradi va global muammolarni ular bir-birini qay darajada taqozo etishi nuqtai nazaridan o‘rganadi. Boshqacha aytganda, falsafiy yondashuv global muammolarni ularning ijtimoiy ahamiyati va ijtimoiy belgilanganligi nuqtai nazaridan yaxlit o‘rganishni nazarda tutadi. Bunday tadqiqot avvalo global muammolarning mohiyatini aniqlashni nazarda tutadi, chunki ularning asl tabiati va genezisini aniqlash bu muammolarning ilmiy va amaliy echimini topish yo‘llarini ko‘p jihatdan belgilab beradi.
Global muammolarni falsafiy anglab etishning o‘ziga xos xususiyatlarini tavsiflar ekanmiz, falsafaning asosiy funksiyalaridan kelib chiqadigan va bilishning shu shakligagina xos bo‘lgan xususiyatlarni qayd etib o‘tamiz.

Yüklə 39,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin