13 – Mavzu: Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari. Ma'ruza rejasi



Yüklə 39,41 Kb.
səhifə10/13
tarix25.09.2023
ölçüsü39,41 Kb.
#148352
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
13-ma`ruza

3 – savol bayoni: O‘zining, o‘z farzandlarining, o‘zi yashayotgan mamlakatning kelajagi haqida bilishni istamagan odam bo‘lmasa kerak. SHu sababli qadim zamonlardan boshlab turli xalqlarda ertangi kunga nazar tashlash, kelajakni bashorat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilar katta izzat-ikromga sazovor bo‘lgan. Forslar ularni afsungarlar, bobilliklar va assiriyaliklar – xaldeylar, qadimgi Misr aholisi – kohinlar deb atagan. Bashoratgo‘ylar qadimgi YUnoniston aholisining hayotida alohida o‘rin egallagan. Kelajakni bashorat qilishga falsafa tarixida ham, ijtimoiy tafakkurda ham turli ko‘rinishlarda alohida e'tibor qaratilgan.
Tarixning o‘tish davrlarida, keskin ijtimoiy konfliktlar yuz bergan davrlarda bashoratning ahamiyati ayniqsa oshgan. Bu insoniyat hayotining barcha jabhalarida olamshumul o‘zgarishlar yuz berayotgan hozirgi davrga ham xos. YUzaga kelgan sharoitda ijtimoiy bashorat masalalari o‘ta muhim nazariy va metodologik ahamiyat kasb etmoqda, ularni ishlab chiqish esa falsafiy tafakko'rning dolzarb vazifalaridan biriga aylanmoqda. Darhaqiqat, kelajak bilan shug‘ullanmagan falsafaning kelajagi yo‘q.
Ijtimoiy bashorat: turlari, tiplari, metodlari. Bashorat – kelajak haqidagi, ya'ni hali amalda mavjud bo‘lmagan, lekin rivojlanishning kutilayotgan rivojini belgilovchi ob'ektiv va sub'ektiv omillar ko‘rinishida hozirgi zamonda potensial mavjud bo‘lgan hodisalar va jarayonlar haqidagi bilim. Bashorat o‘z gnoseologik tabiatiga ko‘ra gipotezani ilgari surishga yaqin turadi. Ammo gipoteza – o‘tmishni ham, hozirgi zamonni ham, kelajakni ham bilishga tatbiq etiladigan mantiqiy shakl, bashorat esa kelajakka yoki hali ma'lum bo‘lmagan hozirgi davrga qarab mo‘ljal oladi.
Kelajakni oldindan aytish usuli, teranlik va aniqlik darajasiga ko‘ra bashoratning uch turini farqlash mumkin: 1) kundalik bashorat; 2) intuitiv bashorat; 3) ilmiy bashorat. Kundalik bashorat insonning kundalik hayot tajribasiga, tabiat va jamiyatda u yoki bu voqealarning tez-tez takrorlanishini bevosita kuzatishga asoslanadi. kundalik bashoratlarga xalqda keng mashhur bo‘lgan ob-havo alomatlari misol bo‘lishi mumkin. Masalan, quyosh botayotganda odatdagidan uzoqroq ushlanib qolgan bo‘lsa, yomg‘irni kutish kerak; yozda ertalab tuman tushgan bo‘lsa, demak kunduzi havo ochiq bo‘ladi; Sharqdan shamol essa, tez orada yomg‘irlar tugaydi.
Bashoratning ikkinchi turi – intuitiv bashorat. Ma'lumki, intuitsiya – bu ilmiy tajriba va mantiqiy mushohadasiz haqiqatning tagiga bevosita etish. Bashoratning bu turi hali yaxshi o‘rganilmagan va ko‘pincha unga etarlicha baho berilmaydi. Holbuki, aqlni lol qoldiradigan faktlar ma'lum. Masalan, to‘rt yuz yil oldin yashagan fransuz tabibi Mishel Nostradamus misli ko‘rilmagan bashoratgo‘ylik qobiliyatiga ega bo‘lgan. O‘zining mashhur «Senturiyalari» va boshqa asarlarida u XX asrning texnik kashfiyotlari – suv osti kemalari, samolyotlar, vodorod bombasinigina emas, balki fransuz va rus inqiloblarini, shuningdek de Goll, Franko, Lenin, Stalin, Gitler, Mussolini kabi shaxslarning paydo bo‘lishini ham bashorat qilgan.
O‘z davrining mashhur folbini Aleksandra Filippovna Kirxgof buyuk shoir Aleksandr Pushkinga uning hayotidagi muhim voqealarni: tez orada ko‘p pul olish, ikki surgun, uylanish, mashhurlik, 38 yoshda hayotni tark etish ehtimolini bashorat qilgan. Afsuski, bu bashorat to‘la ro‘yobga chiqqan.
Ukrainalik atoqli faylasuf va shoir Grigoriy Skovoroda ham bashorat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan. U o‘z qishlog‘i – Ivanovkaga oxirgi marta kelganda kasal bo‘lmagan. Hammaga o‘zining o‘limi yaqinligini e'lon qilgan, o‘zi o‘ziga qabr qazgan, o‘z «xonaqosi»ga qaytib kelgan, ich kiyimini almashtirgan, boshiga o‘z asarlarini qo‘ygan va vafot etgan.
Boshqa ko‘plab g‘ayrioddiy faktlarni keltirish mumkin. Ularning barchasi intuitiv bashoratni e'tibordan soqit etish yaramasligidan dalolat beradi. XX asr oxiri XXI asr boshlarida dunyo tan olgan va e'tirof etgan bashoratchilar Vanga xonim, Juna Davitashvili, er-xotin Pavel va Tamara Globalar bo‘lib, ular 1989 yildayoq 1991 yilda SSSR parchalanishini, o‘sha davrda hukumatni boshqarayotgan V. Gorbachevning taxtdan ag‘darilishini va Mustaqil hamdo‘stlik mamlakatlari tashkil etilib, jamiyat hayotida yangi davr boshlanishini bashorat qilganlar.
Odatdagi va intuitiv bashoratdan farqli o‘laroq, ilmiy bashorat fan doirasida yoki uning yordamida amalga oshiriladi va o‘rganilayotgan jarayonning qonuniyatlarini bilishga asoslanadi. U kelajakni ancha samarali bashorat qilish va oldindan ko‘ra bilish imkonini beradi.
Ilmiy bashoratning ayrim elementlari qadimgi dunyodayoq mavjud bo‘lgan. Masalan, faylasuf Fales (miloddan avvalgi 640-562 yillar) miloddan avvalgi yilda quyosh tutilishini bashorat qilgani ma'lum. Ammo bashorat haqidagi dastlabki bilimlar XV-XVII asrlardagina tabiiy va ijtimoiy fanlarning rivojlanishi bilan bir vaqtda ilmiy tizimga solina boshlagan. Bu jarayon XX asrning 60-yillarida ancha yaxlit ilmiy nazariyalarning yaratilishi bilan yakunlangan.
Inson faoliyati sohalari va bilish ob'ektiga qarab ilmiy bashoratning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, harbiy va boshqa turlari farqlangan. Ijtimoiy bashoratning xususiyatini qayd etish uchun «prognoz qilish» tushunchasi muomalaga kiritilgan. Prognoz qilish bashoratning alohida shakli bo‘lib, u ijtimoiy jarayonlarni o‘rganishda yuqori darajada ilmiy asoslanganlik va ob'ektivlik bilan ajralib turadi. Ilmiy bashoratning boshqa shakllaridan farqli o‘laroq prognoz qilish – bu o‘z metodologiyasi va texnikasiga ega bo‘lgan maxsus tadqiqot.
G‘arb mamlakatlarida ijtimoiy prognoz qilish ilmiy bashoratning turi sifatida «futurologiya» (lot. futurum – kelajak va yunon. logos – ta'limot) degan nom bilan vujudga kelgan. Bu atamani ilk bor G‘arbiy Berlin Erkin universiteti huzuridagi Otto Zur nomidagi institut professori O.Flextgaym ishlatgan. SHuni qayd etish lozimki, «futurologiya» atamasi umumiy e'tirof etilgani yo‘q. Mamlakatimizda ijtimoiy bashorat bilan bog‘liq tadqiqotlar «prognostika» degan nom olgan. Bu yosh fan prognoz qilish qonunlari, tamoyillari va metodlarini o‘rganadi, mantiq muammolarini va har xil tipdagi prognostik tadqiqotlarning tasniflarini ishlab chiqadi. U endigina shakllanish davrini boshdan kechirmoqda, lekin hozirning o‘zidayoq kelajakning ilmiy muqobillarini yaratishning muhim vositasi hisoblanadi. Prognozdashtirish masalasi bilan K. Tulenova shug‘ullanadi.
Bugungi kunda ijtimoiy prognoz qilish muammolari bilan maxsus xalqaro tashkilotlar shug‘ullanadi. Ularning orasida quyidagilar bor: Gudzon instituti, REND va Kelajak uchun resurslar korporatsiyalari, CHikago va Kaliforniya universitetlari (AQSH); Keyingi 30 yilda Angliya, Fransiya, Germaniya, Gollandiyadagi futurologiya institutlari va b. Yirik xalqaro uyushmalar: Jahon futurologlar jamiyati, Kelajak dunyosi, Fyutyuribllar xalqaro tashkiloti tuzilgan. Bu futurologik tashkilotlar orasida Rim klubi alohida o‘rin egallaydi. Mazkur xalqaro nohukumat tashkiloti 1968 yil aprelda italiyalik jamoat arbobi, «Olivetti» kompaniyasining vitse-prezidenti, FIAT kompaniyasi ma'muriy kengashining a'zosi Aurelio Pechchei tashabbusi bilan ta'sis etilgan. Klub Jenevadagi maxsus reestrda shtat va byudjetga ega bo‘lmagan, a'zolari soni cheklangan tashkilot sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Bugungi kunda Rim klubiga jahonning 47 mamlakatida yashab ijod qiluvchi, ilmiy-texnika inqilobi davrida insoniyat rivojlanishining istiqbollarini aniqlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan yuzdan ortiq fan va madaniyat arboblari a'zo. Klub faoliyatining asosiy shakli – hozirgi davrning olamshumul muammolarini o‘rganishni tashkil etishdan iborat.
Ijtimoiy prognoz qilish asosan quyidagi ilmiy-nazariy xususiyatlar bilan tavsiflanadi:
1. Prognoz qilish jarayoni ob'ektiv va sub'ektiv asoslarga ega. Prognoz qilishning ob'ektiv asosi o‘tmish, hozirgi zamon va kelajakning qonuniy aloqasi bilan belgilanadi. Kelajak hozirgi zamonda bo‘lg‘usi oqibatni vujudga keltiruvchi sabab ko‘rinishida; muayyan sharoitlarda muqarrar tarzda voqelikka aylanuvchi imkoniyat ko‘rinishida; hozirgi davrning kelajakda yangi sifat paydo bo‘lishiga olib kelishi muqarrar bo‘lgan hodisalaridagi muayyan miqdoriy va tarkibiy o‘zgarishlar ko‘rinishida zohirdir. Kelajak hozirgi zamonda hodisalarning ular mavjudligining muayyan sharoitlaridagi muhim aloqalarini ochib beruvchi qonunlar ko‘rinishida zohirdir. Bularning barchasi bilish jarayonida ma'lumdan noma'lumga, o‘tmish va hozirgi zamondan kelajakka o‘tish imkonini beradi. Agar biron-bir hodisaning (jarayonning) rivojlanish qonuni ma'lum bo‘lsa, bu hodisani (jarayonni) o‘rganish orqali biz uning hozirgi holatini qayd etibgina qolmasdan, balki yuz berishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarning yo‘nalishi va xususiyati haqida xulosalar chiqarishimiz ham mumkin. SHunday qilib, kelajakni prognoz qilish uchun real voqelikni bilishdan, aniqroq aytganda, tizimning hozirgi holatida zohir bo‘lgan imkoniyatlar, tendensiyalar, qonuniyatlarni anglab etishdan boshqa yo‘l yo‘q.
Bashorat qilishning sub'ektiv asosi inson tafakkurining o‘tmishdan hozirgi zamon orqali kelajakka eltuvchi qonuniy tendensiyalarini aniqlash va qayd etish asosida kelajakni oldindan aytish imkoniyatida zohirdir. Kelajakni oldindan aytish bo‘lg‘usi voqealar haqida xulosalar chiqarish qobiliyati ko‘rinishini kasb etgan.
Prognoz qilishning ob'ektiv va sub'ektiv asoslarini aniqlash uni ba'zan bashorat bilan bog‘lanadigan soxta bashoratgo‘yliklardan farqlash imkonini beradi. Odatda, soxta bashoratgo‘yliklar ob'ektiv jarayonlarni o‘rganishga emas, balki sub'ektivistik o‘zboshimchalikka, ya'ni ko‘ngliga kelgan fikrni ilgari surishga asoslanadi.
2. Ijtimoiy prognoz qilish mavjud nazariyalar bilan uzviy bog‘liq, ulardan kelib chiqadi. Ma'lumki, har qanday nazariya uch funksiyani: sintez qilish, tushuntirish va prognoz qilishni bajaradi. YA'ni nazariya u yoki bu sohada mavjud holatni tushuntiradi va uning rivojlanish tendensiyasini bashorat qiladi. Binobarin, ilmiy prognoz qilish nazariyadan boshlanadi.
Ilmiy bashoratning keyingi mantiqiy tuzilishi quyidagi ko‘rinishga ega: - bashorat muammosini aniqlash;
- gipotezani ilgari surish;
- prognoz qilish (bashoratning umumiy muammosi doirasida ayrim vazifalarni echish uchun prognozlarni ilgari surish);
- ilgari surilgan prognozlar asosida prognostik faoliyat rejasini tuzish;
- prognozlarning haqqoniyligi, ishonchliligini asoslash va ularni imkoniyat darajasida amaliyot sinovidan o‘tkazish yo‘li bilan tasdiqlash.
Bilish jarayonida olingan yangi xulosalar odamlarning bu xulosalarga muvofiq amalga oshirilgan muayyan harakatlari mo‘ljallangan natijalarni bergan holdagina ishonchli deb e'tirof etiladi. Bashorat qilingan, yangi bilimlarga muvofiq ta'riflangan natijaning olingan yangi bilimlarni hisobga olib erishilgan amaliy natija bilan mos kelishi odamlar tomonidan aks ettirilgan ob'ektlar rivojlanishining muayyan qonunlari va xossalari haqiqiy ekanligiga ishonch hosil qilish uchun asos bo‘ladi.
3. Ijtimoiy prognoz qilish kelajakni muayyan tarzda davriylashtirishni nazarda tutadi. Kelajak haqidagi bilimlar hozirgi davrdan uzoqlashishiga qarab o‘zining muayyanlik va aniqlik xossalarini yo‘qotib, umumiyroq va nomuayyanroq tus olib borgani bois, bevosita, ko‘zga ko‘rinadigan va uzoq kelajak haqida so‘z yuritilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bevosita kelajakning vaqtdagi chegarasi 30 yildan oshmaydi. Ilmiy kashfiyot yaratilganidan u amalda gavdalantirilgunga qadar taxminan 20 yil vaqt o‘tadi. SHunga asoslanib iqtisodiyotning joriy yuz yillikning 40-yillaridagi texnologik darajasi haqida ishonch bilan hukm chiqarish mumkin. Joriy yuz yillikning kattagina qismini qamrab oluvchi ko‘zga ko‘rinadigan kelajakka kelsak, bizning u haqdagi bilimlarimiz, ta'bir joiz bo‘lsa, haqiqatnamo xususiyat kasb etadi va ularga ehtiyotkorlik bilan yondashish talab etiladi. Jahon aholisi sonining jadal sur'atlarda o‘sishi XXI asrning ikkinchi yarmida to‘xtashini, 2100 yilga borib u taxminan 10-12,5 mlrd. kishiga etishini kutish mumkin. Keyingi yuz yillik chegarasi ortida yotgan uzoq kelajak xususida real imkoniyatlarga ega bo‘lmagan turli gipotetik farazlarga muvofiq hukm chiqarish mumkin. Ammo bu farazlar tarixiy muddatlar va ularning hayotda gavdalanish shakllari nuqtai nazaridan muayyan taxminiy baholar bo‘lishi ham mumkin emas.
4. Prognoz qilish – bu maxsus ilmiy metodlar yordamida kelajak haqida bilimlar olish jarayoni. Bu metodlar prognoz tuzish maqsadida empirik axborotni tanlash va tahlil qilish usullari va amallari yig‘indisidan iborat. Prognoz qilishning ilmiy vositalari to‘plami kelajakni bilishning 200 dan ortiq metodlari, maxsus metodikalari va mantiqiy vositalarini o‘z ichiga oladi. Ammo ularni besh asosiy guruhga birlashtirish mumkin (qolganlari ularning variantlari hisoblanadi):

Yüklə 39,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin