9.4 Risklarning oldini olish Ish: Ma’lum bir riskni keltirib chiqaradigan sharoitlardan yoki ishlardan voz kechish kerak.
Amalga oshirish bо‘yicha qо‘llanma: Ma’lum bir risklar juda yuqori deb hisoblanganda yoki risklarni qayta ishlashning boshqa variantlarini amalga oshirishga ketadigan xarajatlar foydadan oshib ketganda, rejalashtirilgan yoki mavjud ishlarni yoki ishlar jamini bekor qilish yoki bu ishlar olib boriladigan sharoitlarni о‘zgartirish yо‘li bilan, risklarning tо‘la oldini olish tо‘g‘risida qaror qabul qilinishi mumkin. Masalan, tabiiy omillar keltirib chiqariladigan risklarga nisbatan, iqtisodiy jihatdan eng foydali alternativa, axborotni qayta ishlash vositalarini bu risklar mavjud bо‘lmagan yoki nazorat ostida bо‘lgan joyga fizik kо‘chirish bо‘lishi mumkin.
9.5 Risklarni taqsimlash Ish: Risklar, ularni baholashga bog‘liq holda, aniq risklarni boshqarishni samarali amalga oshira oladigan tomonga taqsimlanishi (berilishi) kerak.
Amalga oshirish bо‘yicha qо‘llanma: Risklarni taqsimlash muayyan risklarni tashqi tomonlar bilan bо‘lish tо‘g‘risidagi qarorni о‘z ichiga oladi. Risklarni taqsimlash yangi risklarni vujudga keltirishi yoki mavjud muayyan risklarni modifikatsiyalashi mumkin.
Shuning uchun, risklarni qо‘shimcha ravishda qayta ishlash zarur bо‘lishi mumkin. Taqsimlash oqibatlarni sug‘urtalash vositasida yoki sherik bilan subpudrat shartnomasini tuzish yordamida amalga oshirilishi mumkin. Uning roli axborot tizimining monitoringini о‘tkazishdan va muayyan darajada zarar yetishiga olib kelgunga qadar, insidentni tugatish bо‘yicha shoshilinch ishlarni amalga oshirishdan iborat bо‘ladi.
Risklarni boshqarish bо‘yicha javobgarlikni taqsimlash mumkinligini ta’kidlab о‘tish kerak, lekin odatda, ta’sir kо‘rsatilgan uchun javobgarlikni taqsimlash mumkin emas. Noqulay ta’sir kо‘rsatilganda, mijozlar odatda, tashkilotni aybdor deb hisoblaydilar.
Nazorat savolari : 1. Tahdidlarni modifikatsiyalash nima ? 2. Tahdidlarni oldini olish qanday bо‘ladi ? 3. Tahdidlarni saqlash haqida fikringiz ? 4. Tahdidlarni qayta ishlashning umumiy tavsifi qanday ? 5. Tahdidlarni tahlil qilish va baholash deganda nimani tushunasiz ?