13.3-Ta’rif. Grafning ikkita tuguni umumiy qirra bilan o‘zaro bog‘langan bo’lsa, ular qo‘shni tugunlar deyiladi.
13.4-Ta’rif. Agar G ning 2 ta qirrasi umumiy tugunga ega bo‘lsa, ular qo‘shma qirralar deyiladi.
13.2-Misol. (a1 a2) qirra ( a2 a3) qirraga qo‘shma,
chunki a2 umumiy tugunga ega.
13.5-Ta’rif. Birorta tugunni o‘zini - o‘ziga bog‘laydigan qirraga sirtmoq deyiladi.
13.6-Ta’rif. Barcha tugunlari yolg‘iz tugundan iborat graf nol (bo‘sh) graf deyiladi.
13.7-Ta’rif.Agar G grafning barcha tugunlari o‘zaro bog‘langan bo‘lsa, bunday graf to‘liq graf deyiladi.
13.8-Ta’rif.A gar G grafning barcha qirralarida yo‘nalish ko‘rsatilgan bo‘lsa, bunday graf yo‘naltirilgan graf deyiladi.
13.9-Ta’rif.Agar G grafning qirralarida yo‘naltirish ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u holda graf yo‘naltirilmagan graf deyiladi.
в| с| d|
в с d
13.9-Ta’rif.G| graf G grafning qismi deyiladi, agar G| ning tugunlari to‘plami G ga tegishli bo‘lsa, ya’ni V| V bo‘lsa, hamda G| ning barcha qirralari G ning ham qirralar bo‘lsa, ya’ni E| E
V={a, v, c, d}, V|={a|, b|, c|, d|}, V| V
13.10-Ta’rif. G/ Graf G grafning to‘ldiruvchisi diyiladi, agarda uning barcha tugunlari G grafga tegishli bo‘lib, birorta ham qirrasi G ga tegishli bo‘lmasa.
13.11-Ta’rif. a) Agar grafda takroriy (karrali) qirralar mavjud bo`lsa, bunday grafga multigraf deyiladi.
b) Agar grafda karrali qirralar bilan birga uchni o`z-o`zi bilan tutashtiruvchi ilmoqlar ham mavjud bo`lsa, bunday grafga psevdograf deyiladi.
c) Yo`nalishga ega bo`lgan qirralari mavjud graf oriyentirlangan graf (orgraf) deyiladi.
Orgrafning qirralari ularning yo`nalishini ko`rsatuvchi strelkalar bilan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: |