Sertifikatlashtirish mahsulot sifati va xavfsizligini ta'minlash shakllaridan biri sifatida butun dunyoda tan olingan. Sertifikatlashtirish uchun sertifikatlashtirish obyektlari va subyektlariga yagona talablarni belgilagan me'yoriy hujjatlar mavjud bo'lishi shart.
Atamalar va ta'riflarning birliligi qo'yilgan vazifalarni tushunish va sertifikatlashtirish protseduralarini muvaffaqiyatli o'tkazish uchun ahamiyatlidir.
O'zbekiston Respublikasida xalqaro standart ISO/MЕK 2:1996 "Standartlashtirish va yondosh faoliyat turlari. Umumiy lug’at" asosida yaratilgan O’z DSt 5.5:1999 "O'z SMT. Asosiy atamalar va ta'riflar" va sifat menejmenti tizimlari bo'yicha O’z DSt ISO 9000:2002 amalda qo'llanilmoqda.
Sertifikatlashtirish deganda, mahsulot (buyum, tovar) yoki xizmat muayyan standartga yoki texnikaviy shartlarga muvofiq kelishini tasdiqlash maqsadida o'tkaziladigan faoliyat tushunilib, ushbu faoliyat natijasida mahsulot (buyum, tovar)ning sifati haqida iste'molchini ishontiradigan tegishli hujjat - sertifikat beriladi.

Sertifikatlashtirishning milliy tizimi - davlat miqyosida amal qiladigan sertifikatlashtirish o'tkazishda o'z tartib va boshqaruv qoidalariga ega bo'lgan tizim.
Muvofiqlik sertifikati - sertifikatlangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga binoan berilgan hujjat.
Muvofiqlik belgisi - muayyan mahsulot yoki xizmatning aniq standartga yoki boshqa normativ hujjatga mos ekanligini ko'rsatish uchun mahsulotga yoki ko'rsatilgan xizmatga doir hujjatga qo'yiladigan, belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan belgi.