Mavzu: bioxilma xillik va uning muhofazasi boyicha



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə1/7
tarix08.08.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#138890
  1   2   3   4   5   6   7
Bioxilma xillik va uning muhofazasi boyicha



MAVZU: BIOXILMA XILLIK VA UNING MUHOFAZASI BOYICHA


Reja
KIRISH
ASOSIY QISM
I BOB.
1.1. O'simlik va hayvonot olamining sayyoramizdagi o'rni.
1.2. O'simlik va hayvonlarning inson hayotidagi ahamiyati.
1.3. Hozirgi davrda o'simlik va hayvonlarning kamayib ketish sabablari.
1.4. O'simlik va hayvonot olamini muhofaza qilish choralari.
1.5. “Qizil kitob” va qo'riqxonalar haqida.
II BOB.
2.1.Bioxilmaxillik resurslari
2.2. “Biologik xilmaxillik to‘g‘risida”gi Konventsiyasi
2.3.O‘zbekistonda bioxilmaxillik qisqarishi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


KIRISH
“Biologik xilmaxillik” deganda yerda, dengizda va boshqa ekotizimlarda yashaydigan hamda o‘sadigan hamma jonli organizmlar tushunilib, ushbu tushunchaga bitta tur doirasidagi, turlararo va ekotizimlar xilmaxilligi ham kiradi(Bioxilmaxillik to‘g‘risidagi konventsiyaning 2-moddasi).
Bioxilmaxillik resurslarining kamayishi birinchi navbatda inson faoliyati ta’sir oqibatida yuz beradi. Oxirgi 50 yil ichida sayyoramiz aholisi soni 3,5 barobarga, iste’mol qilinayotgan ichimlik suv hajmi 11 barobarga, haydaladigan yerlar maydoni 2 martaga, ro‘yxatdan o‘tgan transport vositalari soni 10 martaga, neftь mahsulotlaridan foydalanish 7 martaga, elektr stantsiyalari quvvati 21 martaga oshdi. Hayvonot va o‘simlik olami turlari esa 20 foizga kamaydi. Har yili atmosfera havosiga 5 milliard tonna karbonad angidrid gazi, 200 million tonna uglerod oksidi, 146 million tonna sulьfat oksidi, 35 million tonna azot oksidi tashlanmoqda. Insonning nooqilona faoliyati natijasida biosferada ko‘plab qaltis jarayonlar sodir bo‘lmoqda. Birgina Orol fojiasi insonning ekologik muammolarga nisbatan mas’uliyatsizligining yaqqol namunasidir. So‘nggi qirq yil mobaynida dengiz maydoni 7 martadan ortiqroqqa qisqardi, suv hajmi esa 13 barobarga kamaydi. Uning minerallashuvi bir necha o‘n martaga oshgani sababli dengizda jonli organizmlar uchun noqulay muhit vujudga keldi. Natijada dengiz flora va faunasining barcha turlari yo‘q bo‘lib ketdi. Bugun Orolbo‘yi hududlarida nafaqat global ekologik, balki murakkab ijtimoiy-iqtisodiy va demografik muammolar paydo bo‘ldi.
Kech bo‘lsa-da, insoniyat tabiiy muhitga ehtiyotkorona va oqilona munosabatda bo‘lish kerakligiga ishonch hosil qildi. Ekologik muvozanatni saqlash barcha davlatlardan kuchli iroda va katta siyosiy kuchni ishga solishni talab etmoqda. 1992 yilning iyunь oyida Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan Atrof-muhit va rivojlanish bo‘yicha BMT konferensiyasida XXI asrda insoniyatning rivojlanishi uchun muhim bo‘lgan hujjatlar qabul qilindi. Mazkur anjumanda ilk marta tabiatdan foydalanishning amaldagi bozor-iste’moli modeli insoniyatni juda tezlikda tabiat inqiroziga, hatto halokatga olib kelishi mumkinligi to‘g‘risidagi muhim xulosaga kelindi.
Anjumanda ikkita xalqaro bitim imzolandi hamda Butunjahon barqaror rivojlanish maqsadlari printsiplari va Asosiy Harakatlar rejasi to‘g‘risidagi ikkita bayonot qabul qilindi. Bu o‘rinda “Biologik xilmaxillik to‘g‘risida”gi Konventsiya muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu hujjat talablariga binoan uni imzolagan barcha tomonlar ekotizimlar va tabiiy yashash joylarini, turlar populyatsiyalarini saqlash uchun barcha choralarni ko‘rishi, milliy qonunchilikni takomillashtirishi, yo‘qolib borayotgan biologik turlarni saqlash va tiklash bo‘yicha harakatlar rejasi va boshqaruv strategiyalarini ishlab chiqishi lozim. Shu bilan birga, biologik xilmaxillik komponentlaridan barqaror foydalanishni ta’minlash hamda genetik resurslardan foydalanish va tegishli texnologiyalarni almashish bilan bog‘liq daromadlarni adolatli taqsimlash zarur.
“XXI asr kun tartibi” — kelgusi yuzyillikka mo‘ljallangan, Rio-de-Janeyro shahrida 170 dan ortiq davlat vakillarining umumiy kelishuvi asosida qabul qilingan ulkan dastur hisoblanadi. Barcha davlatlar tomonidan qabul qilinadigan, kelajakda atrof-muhitga ta’siri bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish qarorlari Rio deklaratsiyasida mus­tahkamlangan asosiy tamoyillarga asoslanishi shart.
Vaqt o‘tishi bilan “barqaror rivojlanish” tushunchasi barqaror ekologik rivojlanishga tenglashdi. Barqaror rivojlanish Kontseptsiyasi 2002 yil sentyabrь ­oyida Yoxannesburgda bo‘lib o‘tgan BMTning Mingyillik Sammitida yangi bosqichga ko‘tarildi. O‘sha sammitda butun dunyo mamlakatlari rahbarlari qashshoqlikka barham berish va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun BMTning Mingyillik rivojlanish deklaratsiyasini qabul qildilar.
2002 yilning aprelь oyida Gaaga shahrida bo‘lib o‘tgan “Biologik xilmaxillik to‘g‘risida”gi Konventsiya tomonlarining VI anjumanida “O‘simliklarni saqlash global strategiyasi” qabul qilindi. Uning asosiy va uzoq muddatli maqsadi o‘simlik xilmaxilligining uzluksiz qisqarib borishini to‘xtatishdir. Shu maqsadda ushbu dasturga genetik xilmaxillik, sis­tematika va taksonomiya, ekologik va biologik usullar bilan o‘simliklarni himoya qilish masalalar bo‘yicha ham yovvoyi tabiat, ham inson faoliyati sharoitida ilmiy tadqiqotlarni olib borishga yordam ko‘rsatish kabi vazifalar kiradi.

I BOB.
1.1. O'simlik va hayvonot olamining sayyoramizdagi o'rni.
Tabiatni muhofaza qilish hamda barqaror rivojlanish uchun biologik xilmaxillikni saqlab qolishning o‘ta muhimligiga katta ahamiyat bergan holda, 1995 yilda O‘zbekiston Respublikasi “Biologik xilmaxillik to‘g‘risida”gi Konventsiyaga a’zo bo‘ldi. 1998 yili hukumatimiz tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining biologik xilmaxillikni saqlash bo‘yicha Milliy strategiya va Harakatlar rejasi”ning qabul qilinishi asnosida Konventsiya doirasidagi majburiyatlarni bajarish yo‘lida ilk qadam tashlandi. Mamlakat umumiy maydonining 10 foizidan ortig‘ida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning barqaror tizimini yaratish mazkur strategiyaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
“O‘zbekiston Respublikasining biologik xilmaxilligini saqlash bo‘yicha Milliy strategiya va Harakatlar rejasi”ni bajarishga yo‘naltirilgan “G‘arbiy Tyan-Shanda biologik xilmaxillikni saqlash bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida”gi, “Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasida hamkorlik to‘g‘risida”gi, “O‘simliklar karantini sohasida hamkorlik to‘g‘risida”gi hukumat­lararo bitimlar imzolandi. Hukumat tomonidan 2008 yil 19 sentyabrь kuni qabul qilingan “2008-2012 yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha harakat dasturi”da ham biologik xilmaxillikni saqlash tabiatni muhofaza qilish fao­liyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida aks etgan.
O‘zbekistonning yuqorida qayd etilgan Konvensiyaga qo‘shilishi biologik xilmaxillikni saqlash, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini takomillashtirish sohasida tashqi investitsiyalarni jalb qilish hamda xalqaro moliyaviy manbalardan foydalanishga keng yo‘l ochib berdi. Hozirgi paytda mamlakatimiz bioxilmaxillikni saqlash masalalari bo‘yicha bir qator xalqaro moliya institutlari va tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. Konventsiya doirasida respublikada “G‘arbiy Tyan-Shanning bioxilmaxilligini saqlab qolish bo‘yicha transchegaraviy loyiha” amalga tatbiq etildi. Loyiha mablag‘lari Chotqol biosfera qo‘riqxonasi va Ugom-Chot­qol milliy bog‘i in­fratuzilmasini yaxshilashga yo‘naltirildi. Bundan tashqari, mintaqaviy miqyosda (O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘i­ziston) biomintaqaviy rejani tuzish bo‘yicha ishlar olib borilyapti. Shuningdek, GEF va BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda bioxilmaxillikni saqlab qolish uchun model sifatida Nurota-Qizilqum biosfera rezervatini tashkil etish” va “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo daryosi delьtasi to‘qay o‘rmonzorlarini saqlash va muhofaza etiladigan hududlar tizimini mustahkamlash” loyihasi amalga oshirildi.
1997 yildan boshlab O‘zbekiston “Yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risida”gi Konvensiyani (Vashington, 1973 yil) imzolagan tomon sifatida respublika hududidan qo‘riqlanadigan turlarni olib chiqish va respublikaga olib kirishga ruxsat berish tizimini joriy etib, savdo operatsiyalarini litsenziyalashtirish, hayvonlar va o‘simliklarni olib kirish va olib chiqishning doimiy nazoratini yo‘lga qo‘ydi.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin