13-ma’ruza. Stablizatorlar va invertorlar (4-soat) Reja



Yüklə 38,25 Kb.
tarix18.09.2023
ölçüsü38,25 Kb.
#145053
13-ma’ruza. Stablizatorlar va invertorlar (4-soat) Reja-fayllar.org


13-ma’ruza. Stablizatorlar va invertorlar (4-soat) Reja

13-MA’RUZA. STABLIZATORLAR VA INVERTORLAR (4-SOAT)


Reja:
  1. Mikroprotsessor texnikasining asosiy tushunchalari


  2. Protsessorning tuzilishi va ishlash tartibi.


  3. Protsessor qurilmalarini yaratishdagi ikki yondoshish (sxema mantig`i va dasturlanadigan mantiq).


  4. Mikroprotsessorda ishlatiladigan kattalik, komanda formatlari.


  5. Adreslash turlari.


Tayanch so`z va iboralar: protsessor, mikroprotsessor, integral sxema, KIS, JKIS, mikroprotsessorli tizim, texnologiya, hisoblash texnikasi, arxitektura, xotira qurilmalari, mantiqiy qurilma, registr, stek, komandalar, komanda formatlari, adreslash.

Mikroprotsessor (MP) – bu berilgan ma’lumotlar ustida arifmetik va mantiiqiy operatsiyalarni amalga oshiruvchi hamda dasturiy boshqarishni bajaruvchi mikrosxema yoki o`zaro bog`liq mikrosxemalar (bir yoki bir necha kristallar) to`plamidir.
Mikrokomp`yuter (MK) – kiritish-chiqarish, boshqarish qurilmasi, tezkor xotiraga ega bo`lmagan bir yoki bir necha MP dan tashkil topgan ma’lumotlarni qayta ishlovchi qurilmadir.
Mikroprotsessor vositalari asosidagi maxsus axborot va boshqaruv tizimlariga mikroprotsessorli tizimlar (MPT) deb ataladi.
Mikroprotsessorli tizimni kirish signallarni qayta ishlovchi va chiqish signallarini uzatuvchi elektron tizimning xususiy holi sifatida ko`rish mumkin. Bu holda kirish va chiqish signallari sifatida analogli signallar, yakka raqamli signallar, raqamli kodlar, raqamli kodlar ketma-ketligi ishlatishi mumkin.
Mikroprotsessorlarning paydo bo`lishi va jadal sur’atlarda rivojlanishi mikro EHM va ular asosidagi tizimlarning yaratilishi, hisoblash texnikasi (HT) vositalarini ishlab chiqarish, mikroelektron texnologiyalarni yaratish borasidagi yutuqlar evaziga amalga oshirildi. Yarim o`tkazgichlar elektronikasi yutuqlari uning kristallarida o`ndan yuz minggacha tranzistorlar komponentlararini joylashtirish zichligiga ega bo`lgan katta (KIS) va juda katta (JKIS) integral sxemalarning paydo bo`lishiga olib keldi. Ushbu sxemalardan foydalanish raqamli tizimlardan foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshirish, ularning ishonchliligini, gabarit ulchamlarini minimal darajaga kichraytirish, og`irligini kamaytirish, iste’mol quvvati va tannarxini kamaytirish imkoniyatini berdi. Oxirgi 20 yil davomida EHM larning ishlash tezligi 6-7 marta, tezkor (operativ) xotira hajmi esa 5-6 martaga oshdi. Mikroprotsessor tizimlarining (MPT) rivojlanishi esa Yana ham tezkor hisoblanadi. Katta integral sxemalarning (KIS) mikroprotsessor to`plamlarining birinchi avlodi chiqarish hajmi katta bo`lgan konkret tizimlarda qo`llashga mo`ljallangan murakab strukturali modullar to`plami shaklida bo`lgan. Keyingi to`plamlar esa mikrodasturlash tamoyili evaziga muammoli yo`nalishlarda qo`llash imkoniyati paydo bo`lgandan keyin keng qo`llanila boshladi. Integrallash texnologiyasi juda tez rivojlanib bordi. Katta integral sxemalarda elementar funktsional elementlarining narxi har 10 yilda 103-104 martagacha kamayib bormoqda, elementar funktsiyalar bajarilish narxi yiliga ikki martaga kamayib bormoqda.

Mikroprotsessor, mikroEHMlar va ular asosida yaratilgan tizimlar ikki xil yo`nalishda qo`llanilmoqda:


- an’anaviy (HT vositalari uchun),
- noan’anaviy (murakkab qurilmali tuzilmalar o`rniga, avtomatikaning turli diskret operatsiyalarida).
XX asrning 70-80 yillarida mikroprotsessor texnikasi sohasidagi sezilarli yutuqlar an’anaviy EHM larga qaraganda katta tezkorlik va istiqbolga ega bo`lgan mul`timikroprotsessor tizimlarining (MMPT) paydo bo`lishi va rivojlanishiga olib keldi, bular esa o`z navbatida zamonaviy Fan-texnika taraqqiyotiga katta ijobiy ta’sir ko`rsatdi. MMPT ish unumdorligining o`ta yuqoriligi fan-texnikaning neyrokomp`yuting va robototexnika, radio va gidrolokatsiya, axborot-aloqa, geofizika, signallarga raqamli ishlov berish va boshqa bir qator muhim sohalarda katta yutuqlarga erishish imkonini berdi. Boshqa tomondan qaraganda mikroprotsessor vositalarining rivojlanishi HTni loyihalash nazariyasi sohasida yutuqlarga erishishga o`z ta’sirini ko`rsatdi, ya’ni MPT arxitekturasi va ularning komponentlarining (RISC –protsessorlar, transpyuterlar, signal protsessorlari) yana ham istiqbollilari paydo bo`lmoqda.
Zamonaviy MPT lokal va global hisoblash tarmoqlarini loyihalash nazariyasi va amaliyotida muhim ahamiyat kasb etadi va zamonaviy HT samarali qo`llash sohalarini kengaytirmoqda.
MP va mikroEHM ning qo`llanilish sohalari kengligi ularni tizimli ravishda quyidagicha tasniflash imkonini beradi:
- nazorat va boshqarishning ichki tizimlari;
- ma’lumotlarni to`plash va qayta ishlash lokal tizimlar;
- murakkab ob’ektlarni boshqarishning taqsimlangan tizimlari;
- parallel hisoblashlarning yuqori ish unumdorli taqsimlangan tizimlari.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, hozirgi kunda MPT dan foydalanishning ustivor sohari belgilab olindi:
- boshqarish tizimlari,
- nazorat-o`lchash apparaturalari,
- aloqa texnikasi,
- savdo va maishiy texnika,
- transport,
- harbiy texnika,
- hisoblash tizimlari, tarmoqlari, majmualari.
MPT ning turli xildagi boshqaruv tizimlarida qo`llanishining istiqbolliligi MP ning quyidagi afzalliklari bilan izohlanadi:

- gabarit o`lchamlarining kichikligi,


- iste’mol quvvatining kamligi,
- boshqarish kanallariga katta miqdordagi protsessorlarni ulash imkoniyati mavjudligi,
- boshqaruvchi dasturli sozlash va qayta ishlashning oddiyligi.
Nazorat-o`lchov asboblariga MPT ning kiruvchi signallarning aniqliliga va ioshnchliligini oshirish imkoniyatini beradi, asboblarning funktsional imkoniyatini kengaytiradi va quyidagi funktsiyalarni bajarishga keng yo`l ochib beradi:

- kalibrlash,


- temperaturani kompensatsiyalash va korrektsiyalash,
- o`lchash majmualarini boshqarish va nazorat qilish,
- ma’lumotlarni qayta ishlash va yechimlarni qabul qilish,
- nosozliklarni tashxislash,
- indikatsiyalash,
- asboblarni sinash va tekshirish.

MPT aloqa tizimlariga joriy qilinishi analogli usullarni raqamli usullar tomonidan siqib chiqarilganligi bilan izohlanadi, bu ularning mul`tipleksorlarda, kodlarni o`zgartiruvchi, xatolarni nazorat qiluvchi qurilmalarda, uzatish va qabul qilish qurilmalarining boshqarish bloklarida keng ko`lamda qo`llanilishiga olib keldi. Bundan tashqarii MPT savda markazlarining hisob-kitob nazorat qurilmlarida, avtomatlashtirilgan elektron tarozilarda, banklarning terminal va kassa apparatlarida ham ishlatilmoqda.


MP va MPT larning maishiy texnikada qo`llanilishi ularning ishonchliligi va samaradorligini oshirish imkoniyatlari kengligini ochib beradi.
Agar MPT turli sohalarda qo`llanilishini foiz hisobida ifodalasak u quyidagi ko`rinishda bo`ladi:
  • Axborot-o`lchash texnikalari – 10 %


  • Ishlab chiqarishni boshqarish – 18 %


  • Aviatsiya va kosmos – 15 %


  • Aloqa tizimlari – 14 %


  • Hisoblash texnikasi – 20 %


  • Harbiy texnika – 9 %


  • Maishiy texnika – 3 %


  • Tibbiyot – 3 %


  • Transport – 2 %


  • Boshqa sohalar – 7 %.


Mikroprotsessor nima ?

Mikroprotsessor yoki oddiy protsessor har qanday mikroprotsessor tizimining yadrosi hisoblanadi (inglizcha prosessor so`zidan). Ushbu so`zni o`zbek tiliga tarjima qilganda ko`proq «qayta ishlovchi» ma’nosini beradi, shunga ko`ra mikroprotsessor – mikroprotsessor tizimi ichidagi barcha ma’lumotni qayta ishlaydigan qism, blok hisoblanadi. MPT qolgan qismlari esa faqat yordamchi vazifalarni bajaradi, ya’ni: ma’lumotni saqlash (jumladan boshqaruvchi ma’lumotni yoki dasturni), tashqi qurilmalar va foydalanuvchi bilan aloqa. Protsessor an’anaviy raqamli tizimning holatlarida lozim bo`ladigan barcha «murakkab mantiq»ni amalda almashtiradi. U arifmetik fnuktsiyalarni (qo`shish, ko`paytirish va h.x.), mantiqiy funktsiyalarni (siljish, taqqoslash, kodlarni niqoblash va b.), kodlarni vaqtinchalik saqlash (ichki registrlarda), MPT uzellari orasida kodlarni uzatish va boshqa ko`pgina funktsiyalarni amalga oshiradi.

Lekin bunda protsessor o`zining barcha operatsiyalarini ketma-ket bajarishini hisob olish kerak, ya’ni navbat bilan birining izidan boshqasi. Albatta, ba’zi bir operatsyalarni parallel bajaruvchi protsessorlar ham mavjud. Yana shunday holatlar ham mavjudki, bunda bir necha protsessor bir masala ustida parallel ishlaydi., lekin bu juda kamdan-kam uchraydi.


SHunday qilib, mikroprotsessor ko`plab operatsiyalarni bajarishga qodir qurilma hisoblanadi. Lekin u ma’lum vaqtda qaysi operatsiyani bajarish kerakligini qaerdan biladi? Xuddi shu vazifani boshqaruvchi ma’lumot, ya’ni dastur bajaradi. Dastur bu komandalar to`plami (instruktsiya) yoki raqamli kodlar ko`rinishida bo`lib, protsessor bu kodlarni deshifrlab (shifrni ochib) nima qilish kerakligini aniqlaydi. Dastur boshidan oxirigacha odam tomonidan, ya’ni dasturchi tomonidan tuzilib, protsessor bu dasturni oddiy bajaruvchisi sifatida namoyon bo`ladi. SHuning uchun protsessorni miya bilan taqqoslash va tenglashtirish unchalik ham to`g`ri bo`lmaydi. U shunchaki inson tomonidan tuzilgan dastur algoritmini bajaruvchisi hisoblanadi. Bu algoritmlardan har qanday chetga chiqish protsessorning yoki MPT ning qaysidir boshqa qismlari nosozligidan kelib chiqadi.
Mikoprotsessorli tizimlarning turlari

Hozirgi vaqtda mikroprotsessor texnikasi qo`llanish sohasi juda keng, MPT bo`lgan talab har xil ko`rinishda namoyon bo`ladi. SHunga ko`ra quvvati, universalligi, tezkorligi va tuzilishi bilan farqlanadigan mikroprotsessorlarning bir necha tipi shakllantiriladi. Ulardan asosiylari quyidagilar:


  • Mikrokontrollerlar – MPT ning eng oddiy ko`rinishlaridan biri bo`lib, ularda tizimning ko`pgina yoki barcha qismlari yagona mikrosxema ko`rinishida amalga oshirilgan,


  • Kontrollerlar – alohida modullar ko`rinishida bajariladigan boshqaruvchi MPT,


  • Mikrokomp`yuterlar – rivojlangan tashqi qurilmali qarshilik vositalariga ega ancha quvvatli MPT,


  • Komp`yuterlar (jumladan, shaxsiy komp`yuterlar) – eng quvvatli va eng universal MPT.


MPT larning bu turlari orasida alohida chegarani takidlash qiyin. Barcha turdagi mikroprotsessorlarning tezkorligi doimiy ravishda ortib boryapti (faqat ba’zi hollarda yangi mikrokontrollerning tezkorligi eskirib borayotgan komp`yuterdan yuqori bo`lishi mumkin). SHunga qaramasdan ular orasida qandaydir printsipial farqlar baribir mavjud.

Mikrokontrollerlar – amalda o`z–o`zidan emas balki ancha murakkab qurilma tarkibida (shuningdek kontrollerlar) ishlatiladigan universal qurilmadir. Mikrokontrollerga tashqi qurilmalarni ulash imkoniyatlari chegaralangan. Mikrokontrollerlardagi qurilmalar odatda bir masalani yechishga mo`ljallangan.
Protsessor tomonidan bajariladigan hamma komandalar protsessorning komanda tizimini tashkil etadi. Protsessor strukturasi va komandalar tizimi hajmi uning tezkorligi, foydalanishga qulayligini aniqlab beradi. Protsessorning barcha komandalari bir necha o`ndan bir necha yuzgacha bo`lishi mumkin.

Mikoprotsessor rivojlanish tarixi va tuzlishi


Hamma SHK va tobora ortib borayotgan zamonaviy jihozlar mikoprotsessor deb ataluvchi maxsus elektron sxema asosida ishlaydi. Ba’zida uni chipdagi komp`yuter deb ham atashadi.
Zamonaviy mikoprotsessor – bu maxsus texnologiyalar bo`yicha steril sharoitlarda yaratilgan kremniy bo`lagidir. Mikoprotsessorning rivojlanish tarixi dastlab yarim o`tkazgichlarning ixtiro qilinishi va qo`llanilishiga borib taqaladi. Keyin yarim o`tkazgichlar asosida tranzistorlar yaratildi. Fan texnika rivojlanishi bilan raqamli qurilmalar va tranzistorlar asosida integral sxemalarning yaratilib qo`llanishini boshlashi – bajarish minimal xarajatlar va vaqtda muammolarni hal qilishga erishishga imkon berdi.
Ko`pchilik mikoprotsessorlar registr deb ataluvchi maxsus ichki xotira sohasiga ega bo`ladi. Registrlarda hamma o`zgarishlar va hisoblashlar amalga oshiriladi. Masalan, 2 ta soni qo`shish uchun, birinchisi avval registrga joylashadi, keyin boshqasi qo`shiladi va yig`indisi registr ichida qoladi.
Mikoprotsessordagi xarakatlanib yurgan signallar o`zida raqamli impul`slar to`planishini namoyish etadi. Ularning ko`chib o`tishi deyarli bir vaqtda-bir qancha o`tkazgichlar bo`yicha parallel amalga oshadi. Bunday impul`slarning har bir to`plami mikoprotsessorning funktsiyasini amalga oshiruvchi alohida komandani ko`rsatadi. Amalga oshirilayotgan funktsiyaning to`liq to`plami va ularning nomi MP mikrodasturi ko`pligi deb ataladi.
Mikroprotsessor kremniyining ichki strukturasi u har bir kirim signalida nima qilishini aniqlaydi. Natijada komp`yuter dasturi mikroprotsessor uchun uning texnik ta’minoti qatoriga kiradi. Bu dastur mikoprotsessor uchun mikrokod deb ataladi.
Mikoprotsessorlar ichki xotira va raqamli bitlarning birga ishlashida qandaydir yo`l bilan kiruvchi ma’lumotni olishi va olingan natijani uzatish kerak. Bundan tashqari mikoprotsessorga qaysidir yo`l bilan ma’lumotlarning tashqi xotiraning qaerida saqlanayotganini aniqlashi kerak. Bu maqsadda adreslash signalidan foydalanadi. O`z nomidan ma’lumki, u zarur bo`lgan ma’lumotni joylashish o`rnini aniqlash uchun ishlatiladi.
Mikoprotsessorlar o`zidagi mavjud resursning joylashish tartibiga qarab farqlanadi. Mikoprotsessor nafaqat registlar soniga ko`ra balki ularning o`lchamlariga ko`ra ham farqlanadi. Registrlar vaqt birligida bajaradigan bitlar soni bilan tavsiflanadi. Masalan 16 baytli uchun 16-bayt o`lchamdagi 1 yoki uni ko`proq registrlar zarur.
Mikroprotsessor rivojlanish tarixi – bu shina kengligi va registrlar o`lchamining oshishi tarixidir. Mikoprotsessor har yangi avlodida registrlar o`lchami yanada oshayapti va adres shinasi yanada kengroq bo`lyapti.
Eng birinchi mikoprotsessor 1971 yilda Intel Corporation firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. Bu to`rt bitli 4004 mikroprotsessor edi. Ushbu 4 bitlar matematik hisoblarlashlarni bajarish uchun barcha raqamlar va simvollarni kodlashga imkon beradi. Mikoprotsessor raqamdan tashqari so`zlarni ham tushunishi uchun undagi registrlar o`lchamini oshirish kerak edi. 6 bitdan foydalanish hamma kichik va katta harflarni va raqamlarni farqlash imkoniyatini berdi. Lekin bunda boshqaruvchi signallar va punktuatsiya belgilarini kodlab bo`lmaydi. Natijada 1972 yilda 8 bitli mikoprotsessor Intel 8008 paydo bo`ldi. Rivojlanish natijasida hozirgi kunda yuksak texnologiyali mikoprotsessor va ular asosida mikoprotsessor texnikasi ishlab chiqildi.
Mikroprotsessor klassifikatsiyasi
Mikroprotsessor to`plamidagi KIS soniga ko`ra mikoprotsessorlar:
- birkristalli,
-ko`pkristalli,
-ko`pkristalli sektsion turlarga bo`linadi
Mikroprotsessor qo`llanishiga ko`ra:
- universal mikroprotsessor
- maxsus mikroprotsessor
Mikroprotsessor ishini vaqtinchalik tashkil etilish xarakteriga ko`ra:
- sinxron va asinxron.
Asinxron mikoprotsessor – har bir keyingi operatsiya ya’ni oldingi operatsiyaning bajarilib tugashining aniq signali bilan boshlash imkonini beradi.
Mikroprotsessor texnikasi strukturasi tashkil etilishiga ko`ra mikro EHM
- bir va ko`p magistrali,
Bajariladigan dasturlar soniga ko`ra:
- bir va ko`p dasturli MPlar
Ko`p dasturli yoki mul`tidasturli mikroprotsessorlarda (bir vaqtning o`zida bir qancha (odatda bir necha o`n dasturlar) bajariladi.
Mikroprotsessorli boshqaruv tizimlarida mul`tidasturli ishni tashkil etish katta miqdordagi ma’lumot manbai va qabul qiluvchisini boshqarish va holatini nazorat qilishga imkon beradi.
Mikoprotsessor tavsifnomalari

Mikoprotsessor quyidagilar bilan harakterlanadi.


1) Takt chastotasi. CHastota qanchalik katta bo`lsa mikroprotsessor tezkorligi shuncha yuqori bo`ladi. Takt chastotasi impul`slari tizimli platada joylashgan generatordan beriladi. Mikroprotsessor takt chastotasi - generatorning 1 sekundda hosil qiladigan impul`slar soni.
2) Razryadlilik, ya’ni bir vaqtda qayta ishlanadigan ikkilik razryadning maksimal soni.
Mikoprotsessor razryadliligi bilan belgilanadi.
m – ichki registr razryadligi, protsessorning u yoki bu sinfiga tegishli ekanligini aniqlaydi.
n - ma’lumotlar shinasi razryadligi, ma’lumot uzatilish tezligini aniqlaydi.
k - adres shinasi razryadliligi, adreslar kengligi o`lchamini aniqlaydi.
Masalan, i 8088 mikoprotsessor q16|8|20 qiymatlari bilan tavsiflanadi.
3) Arxitektura mikroprotsessorda arxitektura tushunchasi komandalar tizimi va adreslari usullari, komandalarni berilgan vaqtda bajarilishga mos kelishi, mikroprotsessor tarkibida qo`shimcha qurilmalarning mavjudligi, uning sxemasi, printsipi va rejimlari kabi parametrlarni o`z ichiga oladi.
Mikro va maro arxitektura tushunchalari ajratiladi.
Mikoprotsessorning mikro arxitekturasi – bu mikroprotsessorning apparatli tashkil etilish va mantiqiy qurilmasi, registrlar, boshqaruvchi sxemalar, arifmetik-mantiqiy qurilmalar, xotira qurilmalari va ularni bog`lab turuvchi axborot magistrallaridir.
Makroarxitektura – bu mikoprotsessorning ish printsipi va adreslash rejimlari, ma’lumotlarni qayta ishlovchi komanda tizimlari.
Mikoprotsessor tizimlarining namunaviy strukturasi

Mikroprotsessorning namunaviy strukturasi rasmda keltirilgan (1-rasm).

1-rasm. Mikroprotsessorli tizim strukturasi.
U uch asosiy turdagi qurilmani o`z ichiga oladi.

- protsessor;


- xotira, jumladan operativ tezkor xotira, (OZU, RAM - Random Aecess Memory) va doimiy xotira (PZU, ROM, -Read only Memory) ma’lumotlar va dasturlarni saqlash uchun xizmat qiladi.
-kiritish-chiqarish qurilmasi (UVV; Input-Output Devices); mikroprotsessor texnikasini tashqi qurilmalar bilan bog`lash, kiruvchi signallarni qabul qilish (kirish, o`qish, Read) va chiqish signallari tuzatish (chiqish, yozib olish, Write) uchun xizmat qiladi.
Barcha mikoprotsessor texnikasi qurilmalari umumiy tizim shinasi bilan birlashtiriladi (u yana tizimli magistral yoki kanal deb ham ataladi).
Tizimiy magistral quyi darajadagi to`rtta asosiy shinalarni o`z ichiga oladi.
- adres (shinasi (Adress Bus);
- ma’lumotlar shinasi (Data Bus);
- boshqarish shinasi (Control Bus);
- ta’minot shinasi (Power Bus).
Adreslar shinasi. Protsessor borilgan vaqtda ma’lumot almashuvchi qurilma adresini (nomlarini) aniqlash uchun xizmat qiladi.
Ma’lumot shinasi – bu mikoprotsessor texnikasi barcha qurilmalari orasida axborot kodlarini uzatish uchun qo`llaniladi. Ma’lumot shinasi doim ikki yo`nalishli bo`ladi.
Boshqarish shinasi va mikroprotsessor texnikasidan farqli ravishda alohida boshqaruv signallaridan axborot bo`ladi. Ba’zi bir signallar ma’lumotlarni qabul qilishni tasdiqlash, hamma qurilmalarni boshlang`ich holatga qaytarish, barcha qurilmalarni taktlash uchun ishlatilishi mumkin.
Ta’minot shinasi – axborot signallarini ko`chirish uchun emas, balki, tizimni energiya bilan ta’minlash uchun mo`ljallangan mikroprotsessor texnikasida bitta ta’minot manbai (ko`proq 3B) yoki bir nechta ta’minot manbai (odatda -5V,]12V va –12) bo`lishi mumkin. Har bir ta’minot kuchlanishga o`z aloqa liniyasi bo`ladi. Hamma qurilmalar bu liniyalari parallel ulanadi.
Mikoprotsessor texnikasidan barcha axborot kodlari va komanda kodlari shinalar orqali navbat bilan, ketma-ket uzatiladi.

Umumiy holatda mikoprotsessor tarkibiga quyidagilar kiradi. (2-rasm) arifmetik mantiiqiy qurilma (ALU), uzilishlar bloki (BP), komanda deshifratori va boshqarish sxemasi (DSK va SU), komanda registri (RK), adreslar va ma’lumotlar buferi (BA, BD); umumiy qo`llaniladigan registrlar (RON), indeksli registr (IR), stek (S), uning ko`rsatkichi (US), dasturiy hisoblagich (PS), registr akkumulyator (A), alomat registri (RP), inkrement-dekrement sxemasi (PD).


2-rasm. Mikroprotsessorning mantiqiy strukturasi

Barcha mikroprotsessorlar ushbu rasmda ko`rsatilganday hamma qism va bloklardan iborat bo`lmaydi. Ushbu hollarda mos funktsiyalar dasturiy bajarilishi mumkin, ba’zi maxsus registrlar sifatida RON yoki xotira yacheykasidan foydalanish mumkin.


Mikoprotsessor texnikasi loyihasida shuni hisobga olish kerakki, ularning samaradorligi va funktsional imkoniyatlari to`g`ridan to`g`ri mikoprotsessor ichki shinasini tashkil etishiga bog`liq bo`ladi. Yakuniy hisobda ularning soni mikroprotsessor texnikasi tuzilishi va tavsifnomasiga sezilarli darajada ta’sir qiladi.
Mikroprotsessor texnikasida axborotni qayta ishlash jarayoni uning markaziy qurilmasi - mikroprotsessor yordamida amalga oshiriladi. mikroprotsessor namunaviy strukturasi eng umumiy holda ALU (3-rasm, a), umumiy qo`llaniladigan registrlar to`plami (RON), bufer registri (BR) va siljish registrlar (RSdv)

3-rasm. Mikroprotsessorning namunaviy strukturasi


Ko`rsatilgan struktura juda keng imkoniyatga egaligini ta’kidlash kerak. Istalgan RON BR va Rsdv ga uzatilishi mumkin. Standart to`rt razryadli ALU (3-rasm, b) har ikkala registrlarni tashkil etuvchilari ustida 16 mantiqiy va 32 arifmetik operatsiyani bajarish mumkin; natijada istalgan RON lardan biriga yozilishi mumkin.

Mikroprotsessor ishlash printsipi

Mikoprotsessorning strukturaviy sxemasini ko`rib chiqamiz.

4-rasm. Mikroprotsessorning strukturaviy sxemasi


Mikroprotsessor tarkibiga arifmetik – mantiqiy qurilma, boshqarish qurilmasi va ichki registrlar bloki kiradi.

Arifmetik- mantiqiy qurilma- siljuvchi registrlar va opera-- larni vaqtinchalik saqlaydigan registrlar tezlashtirilgan o`tish sxemalariga ega --- summetrdan tuzilgan. Odatda bu qurilma bir qancha oddiy operatsiyalarni bajaradi: qo`shish, ayrish, siljish, ko`chirish, mantiqiy qo`shish (YoKI) mantiqiy ko`paytirish (VA).


Boshqarish qurilmasi – komandalarning bajarilish jarayonida ichki registrlar va ALU ishini boshqaradi.
Komandani tashkil etuvchi operatsiya kodiga mos ravishda u MP boshqarish bloklarining ichki signallarini shakllantiradi.
Ichki registrlar bloki - ALU imkoniyatlarini kengaytirib, MP ichki xotirasi bo`lib xizmat qiladi hamda komanda va ma’lumotlarni vaqtinchalik saqlash uchun xizmat qiladi.
5-rasmda bir kristalli mikoprotsessor birmuncha to`liqroq struktura sxemasi ko`rsatilgan. Bu yerda ichki registrlar bloki umumiy qo`llaniladigan registrlar RON va maxsus registrlardan iborat: registr- akkumulyator, adresning oraliq registri, ma’lumotlarning oraliq registri, komanda hisoblagichi, stek, alomatlar hisoblagichi.
Umumiy qo`llaniladigan registrlar RON, mikoprotsessor hisoblash imkoniyatlarini aniqlab, ularning soni 4 dan 64 gacha o`zgarishi mumkin. Ularning vazifasi – operatsiyalarni saqlash.
Registr – akkumulyator (to`plovchi). Operandni vaqtinchali saqlash yoki ALU da bajarilayotgan harakat oraliq natijasini saqlash uchun mo`ljallangan.
Adresning oraliq registri bajarilayotgan komandaning adresli qismini qabul qilish va saqlash uchun mo`ljallangan. Adreslarning mumkin bo`lgan soni registr razryadliligi bilan aniqlanadi.
Ma’lumotlarning oraliq registri – xotiradan tanlangan so`zni tashqi ma’lumotlar shinasiga uzatishdan oldin vaqtinchalik saqlash uchun xizmat qiladi. Uning razryadliligi axborot so`zining bayt soni bilan aniqlanadi.

5-rasm. Bir kristalli MP struktura sxemasi.


Komanda hisoblagichi – bajarilayotgan komanda baytlari joylashtirilgan xotira yacheykasi adresidan iborat bo`ladi.

Komanda registri – komanda hisoblagichida joylashgan navbatdagi komanda kodini qabul qiladi va saqlaydi. Boshqarish qurilmasi signali bilan unga registrdagi saqlanayotgan axborot uzatiladi.


Stek registri – stek va stek ko`rsatkichiga bo`linadi.
Mikoprotsessor asosiy qismlarini to`liqroq ko`rib chiqamiz. (5-rasm). Ma’lumotlarning ichki shinasi mikoprotsessorning asosiy qismlarini birlashtiradi.
SHina deganda umumiy funktsional alomatlariga ko`ra birlashtirilgan axborot uzatish liniyasi guruhi tushuniladi.
Mul`tipleksor – bir, ikki (yoki ko`proq) axborot kirish kanallaridan ma’lumotlarni tanlab bu ma’lumotlarni o`zining chiqishiga uzatuvchi qurilmadir. Mul`tipleksor sxemasi ikki kirishli mantiqiy elementlar VA –YoKI dan iborat bo`lib impul`slar taqsimlovchisi bilan boshqariladi.
Demul`tipleksor – mul`tipleksorning teskari vazifani bajaradi.
8 razryadli arifmetik- mantiqiy qurilma barcha arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajaradi. ALU birinchi kirishiga 8 razryadli akkumulyatordan bayt keladi, 2-kirishga 18 razryadli oraliq registrdan bayt keladi.
Ko`rsatilgan ikki baytning qo`shilishi natijasi ALU chiqishida ma’lumotlar ichki shinasi orqali akkumulyatorga uzatiladi. Bunday tashkil etish - mikoprotsessor bir adresli tashkil etishini qoniqtiradi. Ushbu holatda qayta ishlashda ishtirok etayotgan operandlardan biri har doim adresi noaniq berilgan akkumulyatorda saqlanadi. SHuning uchun ikki operandni qo`shish operatsiyasini bajarishda faqat bir adres-ikkinchi operendni ko`rsatish talab qilinadi. ALU ga operatsiya natijalari alomatlarini tahlil qilish va saqlashga mo`ljallangan alomatlar registri ulangan.
Mikroprotsessor tarkibiga yana stek ko`rsatkichi, komanda hisoblagichi, adresning oraliq registri, OZU kiradi.
Mikroprotsessorning registrlar va boshqa bloklari orasida axborot almashuv ichki ma’lumotlar shinasi orqali amalga oshadi. Tashqi ma’lumotlar shinasi bilan aloqa ma’lumotlarning oraliq registri orqali amalga oshadi.
Mikroprotsessor – bu dasturiy–boshqariluvchi qurilma. Uning ma’lumotlarni qayta ishlashi dastur yoki komandalar to`plami bilan aniqlanadi. Komanda ikkiga bo`linadi: operatsiya kodi va adres.
Operatsiya kodi ma’lumotlarni qayta ishlashda qanday operatsiya bajarilishi kerakligi haqida axborotni o`z ichiga oladi. Adres bu ma’lumotlar qaerda joylashganligini ko`rsatadi. Ma’lumot so`zi 1 baytni tashkil etadi. Komanda xotirada ketma-ket joylashgan bir, ikki yoki 3 baytdan iborat bo`lishi mumkin.
Komandaning 1–bayti operatsiya kodini tashkil etadi. Komanda tsikli deb ataluvchi komandaning bajarilish oralig`i boshida hisoblangan uning birinchi bayti butun tsikl davomida saqlanadigan komanda registriga ma’lumotlar ichki shinasi bo`yicha kelib tushadi. Operatsiya kodi deshifratori komanda registri tashkil etuvchilarini deshifrlaydi - operatsiya xarakteri va operandlar adresini aniqlaydi. Bu axborotlar boshqarish qurilmasiga uzatiladi, unda berilgan komandani bajarilishida ishtirok etadigan mikoprotsessor blokilariga yo`naltirilgan boshqaruvchi signallar ishlab chiqiladi.
qachonki operatsiya kodi bevosita ma’lumotlar adresi - qayta ishlash ob’ektini ko`rsatsa bu holda operatsiya komanda birinchi baytning hisoblanganidan so`ng tezda boshlanadi.
Ikki operandni qo`shish operatsiyasini bajarish misolini ko`rib chiqamiz. 1- operand akkumulyatorda saqlanadi, 2 si RON lardan birida (uning adresi komandada ko`rsatiladi), u yerdan oraliq registrga uzatiladi.
Operatsiya kodiga muvofiq ALU uni kirgan baytlarni yig`adi va akkumulyatorda hisobga olinadigan natijani beradi. Bu natijadan qayta ishlashning keyingi bosqichlarida foydalanish mumkin.

Komanda formatlari


Komanda tizimini loyihalash mikroprotsessor tizimini tuzilishiga bog`liq bo`ladi.
Komanda tizimini shunday tanlash kerakki, bunda kam ishlatiladigan komandalarga ketadigan xarajatlar minimal bo`lishi kerak.
Statistik ma’lumotlar mavjud bo`lganda samarali komanda tizimli EHMni tanlash va ishlab chiqish mumkin. Ushbu maqsadga erishishda yondoshishning bir turi - bu bitta so`z uzunligidagi komandani ishlab chiqish va uni shunday kodlash kerakki, ushbu qisqa komandalar razryadidan optimal foydalanish dastur uzunligi hamda dasturning amalga oshish vaqtini qisqartirishga imkon beradi.
Mikroinstruktsiyalarda foydalanish komanda tizimlarini optimallashtirishga boshqa bir yondoshuv hisoblanadi. Bu holatda komandaning alohida bitlari yoki bitlar guruhi bir komanda tsiklida bajariladigan bir qancha elementar operatsiyalarni kodlash uchun ishlatiladi. Ushbu elementar operatsiyalar xotiraga bevosita murojaatni talab qilmasdan balki ularni amalga oshirish ketma-ketligi apparatli mantiq (logika) yordamida aniqlanadi.
Boshqarish mantig`ini murakkabligini oshirish hisobiga xotira sig`imini va dastur bajarilish vaqtini qisqartirishga erishiladi.
Komandaning muhim tavsiflaridan biri komandaning strukturaviy elementlarini aniqlovchi komanda formati hisoblanadi. Bu komanda elementlarining har biri uning bajarilishida aniqlangan ko`rinishda shakllanadi. Bunday komanda elementlariga quyidagilarni ajratish mumkin: harakat bajarilishini aniqlovchi operaiya kodi; tashqi qurilma, protsessor registri, xotira adresi yacheykalari; adreslash rejimi; mustaqil adreslashni qo`llashdagi operand; shartli o`tish komandalari uchun tahlil qilinadigan belgilar kodi.
Hamma komandalar 1 va 0 jamlanmasidan tuziluvchi baytlar ketma-ketligidan iborat bo`ladi.
Bajarilayotgan harakatni aniqlovchi komanda qismi operatsiya kodi (KOP) deb ataladi. Operatsiyani bajarish uchun zarur bo`lgan istalgan adres yoki berilganlar operand deb ataladi. Eng sodda komanda to`rttagacha operanddan iborat bo`ladi. Agar bayt 8 bitdan iboart bo`lsa, adres berish uchun 16 bit talab qilinadi, shunga ko`ra 4 operandli komanda operatsiya kodini hisobga olmaganda 8 bayt xotirani egallaydi.
Operatsiya kodi (KOP) har qanday komanda formatining muhim strukturaviy elementi bo`lib hisoblanadi. Protsessorlarda KOP sonining ko`p bo`lishi juda muhim, chunki komandaning apparatli amalga oshishi xotirani va vaqtni tejaydi.
KOP ko`rsatadigan bit soni amalga oshiriladigan komandaning to`liq bajarilish funktsiyasi bo`lib hisoblanadi.
Ko`pchilik EHM larda komanda uchun 2 dan ko`p bo`lmagan operandlar ishlatiladi.
Bunga quyidagicha erishiladi:
  1. Komanda adresi faqat o`tish komandalarida ko`rsatiladi. +olgan boshqa komandalarda asosiy komanda xotira yacheykasidan tanlab olinadi.


  2. Natijalarni eslab qolish uchun operandlardan biri joylashgan yacheykadan foydalaniladi.


Bir qancha komandalar faqat bir operandli bo`ladi, ya’ni bir operandli komandalar. Ikki operandli komandalarda bir operand odatda komanda bilan o`zgaradi. Ikkinchisi esa o`zgarmaydi. SHunga ko`ra ma’lumot faqat bitta yacheykadan olinadi, bu yacheyka manba deb ataladi. Tuzilishi o`zgaradigan yacheyka qabul qiluvchi deb ataladi.


quyida protsessorlarning ikki adresli ikki operandli komanda formatlari keltirilgan.
1-jadval

A)

15 11

10 6

5 0

B)

15 11

10 0



Operatsiya kodi


Manba

qabul qiluvchi



Operatsiya kodi


qabul qiluvchi


Protsessorlarning komanda formatli

A) ikki adresli
B) bir adresli bo`ladi.
Ikki adresli komandalarni kodlashga misol:

2-jadval


Operatsiya kodi KOP


Komanda mnemonikasi


Izoh

0001

MOV

Ma’lumotlarni uzatish

0010

CMP

Taqqoslash


0110

ADD

qo`shish


1110

SUB

Ayirish

0000
1000

-
-


Biradresli komandalar guruhini kodlash



Operandlarga murojaat qilish va lokalizatsiyani adreslash rejimlari ta’minlaydi. Bir qancha adreslash rejimlarini kiritilganda komandaga har bir operand uchun rejimni ko`rsatuvchi bitlar o`rnatish zarur bo`ladi. Agarda 8 adreslash rejimi qaralayotgan bo`lsa, ularning har birini ko`rsatish uchun 3 bit kerak bo`ladi.

Hamma komanda formatlarida birinchi bit operatsiya kodini belgilaydi. +olgan bitlar operandlar yoki ularning yacheykalarini aniqlashi kerak, shuning uchun ular xotira adresi, registr adresini xotirada saqlash uchun ishlatiladi.


Odatda komanda uzunligi 1 dan 3 gacha va hatto 6 baytgacha uzunlikda bo`ladi.
Komanda formatlariga ko`ra EHM va MPT lar imkoniyatlarini baholash mumkin.
Operandlarni adreslash

Protsessor komandalarining katta qismi ma’lumotlar kodlari (operandlar) bilan ishlaydi. Ayrim komandalar kiruvchi operandlarni (bir yoki ikkita) talab qilsa, boshqalari esa chiquvchi operandlarni (asosan bitta) beradi. Kiruvchi operandlarni boshqacha qilib manba operandlar, chiquvchilarini esa qabul qiluvchi operandlar deb ham atash mumkin (1-jadval). Operandlar kodlarining barchachi qaerdadir joylashishi kerak. Ularni protsessorlarning ichki registrlarigada joylashtirish mumkin (eng qulay va tezkor variant). Ularni xotira tizimida ham joylashtirish mumkin (eng ko`p tarqalgan variant), yoki ularni kiritish-chiqarish qurilmalarida joylashtirish mumkin (eng kam uchraydigan holat). Operandlarning joylashishini aniqlash komanda kodi orqali amalga oshiriladi. Komanda kodlari tomonidan kiruvchi operandni qaerdan olish, chiquvchi operandlarni qaerga joylashtirishda foydalaniladigan bir qator usullar mavjud. Bu usullarga adreslash usullari deyiladi. Tanlangan adreslash usullarining samaradorligi protsessor ishining samaradorligini belgilab beradi.


Adreslash turlari

Turli xildagi protsessorlarda adreslash turlicha bo`lib ular 4 tadan 16 tagacha bo`lishi mumkin. quyida hozirgi kunda aksariyat mikroprotsessorlarda qo`llaniladigan adreslash usullarining bir nechtasiga to`xtalib o`tamiz.


Bevosita adreslash. (6-rasm) Bunda operand (kiruvchi) bevosita komanda kodidan keyin xotirada joylashtiriladi. Odatda operand doimiy (konstanta) shaklida bo`lib uni biror joyga jo`natish mumkin, biror narsaga qo`shish mumkin va hokazo. Masalan komanda quyidagicha bo`lishi mumkin: 6 sonini protsessor ichki registrida mavjud biror bir elementga qo`shilsin. Bu son mavjud qo`shish komandasidan keyin joylashgan dasturdagi adres ichidagi xotirada joylashgan bo`ladi.

6-rasm. Bevosita adreslash


To`g`ridan-to`g`ri (absolyut) adreslash. (7-rasm). Bunda operand (kiruvchi yoki chiquvchi) adres bo`yicha xotirada joylashgan bo`ladi. Uning kodi dastur ichida komanda kodidan keyin joylashadi. Masalan komanda quyidagicha bo`lishi mumkin. 1000000 adresli yacheyka tozalansin. Bu 1000000 adres kodi xotirada tozalash komandasi kodidan keyingi adresda dastur ichida joylashgan bo`ladi.

7-rasm. To`g`ridan-to`g`ri adreslash


Registrli adreslash (8-rasm). Bunda (kiruvchi yoki chiquvchi) operand protsessor ichki registrida joylashgan bo`ladi. Masalan: komanda quyidagicha bo`lishi mumkin: biron sonni nolli registrdan birinchi registrga jo`natilsin. Har ikkala (0 va 1) registrlarning raqamlari jo`natish komandasi kodi tomonidan aniqlanadi.

8-rasm. Registrli adreslash


Aylanma registrli (aylanma) adreslash. (9-rasm) Bunda protsessorning ichki registrida operandning o`zi emas, xotiradagi uning adresi joylashgan bo`ladi. Masalan, komanda quyidagicha bo`lishi mumkin: nolli registrda joylashgan adresli xotira yacheykasi tozalansin. Bu registr raqami (0) tozalash komandasi kodi tomonidan aniqlanadi.

9-rasm. Aylanma registrli adreslash.


Adreslashning juda ham kam uchraydigan yana ikki xil turi mavjud.

Avtoinkrement adreslash aylanma adreslashga juda yaqin, lekin undan shunday farq bilan ajraladiki,komanda bajarilganidan keyin foydalanilgan registr tashkil etuvchisi bir yoki ikki birlikka oshadi. Adreslashning bu turi xotirada joylashgan ma’lumotlar massividan kodlarni ketma-ket qayta ishlashda juda qulay bo`lib hisoblanadi.


Avtodekrement adreslash avtoinkrement adreslash ishiga o`xshaydi, faqat tanlangan registr tashkil etuvchisi komanda bajarilishi oldidan bir yoki ikki birlikka kamayadi.
Nazorat savollari
1. Protsessor so`zi nima ma’noni bildiradi?

2. Mikroprotsessorli tizim tushunchasiga ta’rif bering.


3. Mikroprotsessorli tizimlarning rivojlanish tarixi haqida ma’lumot bering.
4. Mikroprotsessor asosan qanday qurilmalardan iborat bo`ladi?
5. Mikroprotsessorlar qanday tartibda ishlaydi?
6. SHina, adreslash, komanda formatlari, registrlarga ta’rif bering.
http://fayllar.org
Yüklə 38,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin