Mustaqil ish lokal tarmoqlari(lan) va ularning qurilish
usullari
MUSTAQIL ISH Lokal tarmoqlari(LAN) va ularning
qurilish usullari Talaba: Qodirov Axror 613-18-guruh
Qabul qiluvchi: Sotvoldiyev.X
Lokal tarmoqlarning qo’llanish sohasi juda keng. Bunga ofis
ishlarini avtomatlashtirish, korxona boshqaruv sistemalari,
loyihalarni avtomatlashtirish texnologik jarayonlari va
robototexnika komplekslari, bank va axborot sistemalari,
elektron pochta sistemalarini boshqarish kiradi. WINDOWS
OSda lokal tarmog’ni sozlash va ishlatish uchun juda
qulayligini albatta e’tirof etish kerak. Tarmoq bilan
ishlashdan avval, agar Sizning kompyuteringiz lokal
tarmoqqa ulanmagan bo’lsa, sozlash ishlari olib boriladi.
Kompyuter tarmoqda ishlashi uchun uni sozlash jarayoni
quyidagicha:
Tarmoqda ishlovchi har qanday kompyuter o’z nomi,
maxsus TCP-IP adresi va ishchi guruhiga ega bo’lishi
kerak. Boshqa tarmoq ishtirokchilari unga shu nom va
TCP-IP adres bilan murojaat qilishlari mumkin (fayl va
papka, xabar jo’natish). Windows OC o’rnatilgan
kompyuterlar orasida aloqa mavjudligini tekshirish uchun
ping (bu erda TCP-IP tarmoqdagi tekshirilayotgan
kompyuter adresi) buyrug’i ishlatiladi.
Uzoq kommunikatsiya tarmoqlari bilan ishlash tezligi,
ularning fizik o’lchoviga muvofiq: - LAN ( Local-Area
Network) lokal tarmoq (bir ofis, bino ichidagi aloqa); -
CAN (Campus-Area Network) - kampus tarmoq, bir-biri
bilan telefon yoki modemlar bilan ulanish, ammo etarlicha
bir-birlaridan uzoqda joylashgan kompyuter lokal tarmoq; -
MAN (Metropolitan-Area Network) katta tezlik bilan aloqa