13-maruza. Viruslar vaularning klassifikatsiyasi. Reja


O‘simlik viruslarining klassifikatsiyasi, nomenklaturasi va ba’zi kasalliklari



Yüklə 189 Kb.
səhifə6/11
tarix10.06.2023
ölçüsü189 Kb.
#128207
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
13-maruza. Viruslar vaularning klassifikatsiyasi. Reja

O‘simlik viruslarining klassifikatsiyasi, nomenklaturasi va ba’zi kasalliklari
YUqorida aytilgandek MKTV bo‘yicha viruslar universal taksonomiya sistemasida 3 tartib, 80 ta oila (30 ta fitoviruslar oilasi bilan birga), 233 ta avlodga kiruvchi hayvon, o‘simlik va mikroorganizmlar viruslari avlodlari mavjud va xali klassifikatsiyalanmagan yuzlab viruslar ham bor (23).
MKTV qoidasi bo‘yicha quyidagi virus taksonlari taklif qilindi.
Tartib (Order) – o‘zi ichiga, bir-biridan tartib va oila xususiyatlari bilan farqlanadigan umumiy tavsifli oilalarni biriktiradi va –virales suffiksi bilan belgilanadi. Hozir MKTB tomonidan 3ta viruslar tartibi mavjud: Caudovirales, Mononegavirales, Nidovirales.
Oila(Famili ) va oilacha (Subfamili) lar virus umumiy tavsifga ega bo‘lgan va boshqa oila xususiyatlaridan farqlanadigan avlodlarni o‘z ichiga oladi. Ular oilaga -viridae va oilachaga (yoki kichik oilaga) -virinae suffikslari qo‘shilishi bilan farqlanadi.
Avlodlar (Genus) viruslarni umumiy xususiyatga ega bo‘lgan va boshqa avlodlardan farqlanadigan guruhlarga ajratiladi va ularga -virus suffiksi qo‘shiladi.
Viruslarni turlari (Species) deb nomlanadi. Klassifikatsiyalash sistemasida tur taksoni eng ahamiyatli ierarxik birlikdir. Tur taksonini quyidagicha ifodalanadi, ya’ni («Virusny vid yavlyaetsya politipicheskoy kategoriey (klassom) virusov, kotoraya sostavlyaet replitsiruyuщuyusya liniyu i zanimaet osobuyu ekologicheskuyu nishu») viruslarning turi - politipik kategoriya (sinf) bo‘lib, ayrim ekologik nisha va replikatsiya liniyasiga ega bo‘ladi.
MKTV da ko‘pgina xollarda o‘simlik viruslarini xalqaro inglizcha nom bilan atash qabul qilindi.
Hozirgi vaqtda viruslarni taksonomiya qilish maqsadida viruslarni xarakteristikalarini - morfologiyasi, fizikaviy-kimyoviy va fizik xususiyatlari, genomi (nuklein kislotasini tipi), genomining o‘lchami (par osnovaniy (juft asoslar), nuklein kislotasini zanjirlari soni, oqsili, lipidlari va uglevodlarinini xususiyatlari, viruslarni antigen xususiyatlari, serologik yaqinligi (rodstvo), tabiiy xo‘jayin spektri, tabiatda tarqalish usuli, tarqatuvchilar bilan aloqasi, patogenligi, to‘qimalarga bo‘lgan tropizmi, hamda patologiyasi, gisto- va sitologiyasini aniqlashda ko‘pgina zamonaviy metodlar ishlatilmoqda.

Yüklə 189 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin