13-Mavzu: “ ma’lumotlar butunligining formal modellar ”
13-MA’RUZA MA’LUMOTLAR BUTUNLIGINING FORMAL MODELLAR Reja: Bilimlarni taqdim etish modellari. Semantik tarmoqlar. Freymli modellar va ularda boshqarish. Mantiq predikatlari yordamida bilimlarni tasvirlash. Mahsuliy(Produksion) tizimlar. Bilimlarni taqdim etishning formal modellari.. Tayanch iboralar: predmet soha, mazmun(mohiyat), mulohaza(fikr), predikatlar hisobi, mantiqiy modellar, to’rli modellar, semantik modellar, mahsuliy modellar denotativ semantika, konnotativ semantika, denotat, maxsulotning oldingi sharti, ssenariy, metatushunish, lokusiya, illokusiya, perlokusiya. 1. Bilimlarni taqdim etish modellari. Bilimlarni taqdim etishning ikki turi mavjud: Bilimlarni taqdim etishning formal modellari. Bilimlarni taqdim etishning formal bo’lmagan(semantik, relyasion) modellari. Ma’lumki, yuqorida ko’rilgan bilimlarni taqdim etishning barcha usullari mahsuliy(produksion) bilan birga formal bo’lmagan modellarga kiradi. Qat’iy matematik nazariyaga asoslangan formal modellardan farqli ravishda, formal bo’lmagan modellar bunday nazariyaga asoslanmaydi. Har bir formal bo’lmagan model faqat aniq bir predmet soha uchun yaroqli bo’ladi va shuning uchun formal modellarga xos bo’lgan universallikka ega emas. SI tizimlaridagi asosiy operasiya - mantiqiy xulosa - formal tizimlarda qat’iy va to’g’ri, chunki qat’iy aksiomatik qoidalarga bo’ysunadi. Formal bo’lmagan tizimlarda xulosa chiqarish ko’p hollarda uni to’g’riligiga javob beradigan tadqiqotchi tomonidan aniqlanadi. Bilimlarni taqdim etishning har bir usuliga bilimlarni tavsiflashning o’ziga xos usuli mos keladi. Yüklə 25,66 Kb. Dostları ilə paylaş: |