13-Mavzu: “ ma’lumotlar butunligining formal modellar ”


Mantiq predikatlari yordamida bilimlarni tasvirlash



Yüklə 25,66 Kb.
səhifə5/7
tarix07.11.2022
ölçüsü25,66 Kb.
#67889
1   2   3   4   5   6   7
13-maruza

4. Mantiq predikatlari yordamida bilimlarni tasvirlash.
Bu turdagi modellar asosida formal tizim yotadi. Bu tizim turlar to’rtligi bilan beriladi:
M=.
T to’plam turli xil tabiatdagi bazaviy elementlar to’plami hisoblanadi, masalan, qandaydir cheklangan lug’atdagi so’z, qandaydir to’plamga kiradigan bolalar konstruktori detallari va h.k. T to’plam uchun ixtiyoriy elementning bu to’plamga tegishliligini yoki tegishli emasligini aniqlashning qandaydir usuli mavjudligi muhim.
R to’plam sintaktik qoidalar to’plami hisoblanadi. Ular yordamida T to’plam elementlaridan sintaktik to’g’ri majmualar shakllantiriladi. Masalan cheklangan lug’atdagi so’zlardan sintaktik to’g’ri iboralar quriladi, bolalar konstruktori detallaridagi bolt va gaykalar yordamida yangi konstruksiyalar quriladi. Chekli sondagi qadamlardan so’ng «X majmua sintaktik to’g’rimi» degan savolga javob olish mumkin bo’lgan P(R) proseduraning mavjudligi e’lon qilinadi.
Sintaktik to’g’ri majmular to’plamida qandaydir A qism to’plam ajratiladi. A to’plam elementlari aksiomalar deyiladi.
V to’plam xulosa qoidalari to’plamidir. Ularni A to’plam elementlariga qo’llab yangi to’g’ri sintaktik majmualarni olish mumkin va ularga yana V dagi qoidalarni qo’llash mumkin. Shunday qilib mazkur formal tizimda olinadigan majmualar to’plami shakllantiriladi. Bu narsa aynan xulosa qoidalari formal tizimning eng murakkab tashkil etuvchisi ekanligini ko’rsatadi.

  1. Mahsuliy(Produksion) tizimlar.

Bu turdagi modellarda mantiqiy va to’rli modellarning qandaydir elementlari ishlatiladi. Mantiqiy modellardan xulosa qoidalari g’oyasi o’zlashtiriladi. Bu yerda ular mahsulotlar deb ataladi. To’rli modellardan esa bilimlarni semantik to’rlar ko’rinishida tavsiflash o’zlashtirilgan. Xulosa qoidalarini to’rli tavsif fragmentlariga qo’llash natijasida fragmentlarning o’zgarishi, to’rni o’stirish va ulardan keraksiz elementlarni olib tashlash hisobiga semantik to’rning transformasiyasi sodir bo’ladi. Shunday qilib, mahsuliy modellarda prosedurali axborot aniq ajratilgan va deklarativ axborotga qaraganda boshqacha vositalar yordamida tavsiflanadi. Mantiqiy modellarga xos bo’lgan mantiqiy xulosa o’rniga mahsuliy modellarda bilimlarga asoslanib xulosa chiqarish paydo bo’ladi.



  1. Yüklə 25,66 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin