13-Mavzu aholi statistikasi



Yüklə 41,31 Kb.
səhifə3/4
tarix18.05.2023
ölçüsü41,31 Kb.
#115960
1   2   3   4
13-мавзу

31575332

32120463

32656660

shu jumladan yoshlari, yosh





0-4

3227604

3310742

3401124

3464843

5-9

2959584

3070935

3144439

3178295

10-14

2565043

2574079

2619921

2700965

15-19

2909182

2773828

2658517

2593034

20-24

3237347

3238978

3175795

3097952

25-29

3065601

3105138

3151950

3182833

30-34

2519521

2642704

2770689

2892770

35-39

2126244

2177943

2230535

2310372

40-44

1904460

1943398

1980949

1997532

45-49

1637504

1663777

1712866

1776544

50-54

1579011

1590865

1589436

1581980

55-59

1231175

1315437

1391283

1451398

60-64

814101

857157

920564

978738

65-69

428067

504598

559278

617471

70-74

290080

265712

260289

274774

75-79

270106

280489

279181

274046

80-84

126568

130457

142685

148550

85 yosh va kattalar

131327

129095

130962

134563

O`zbekiston aholisi tarkibini o`ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, unda yoshlar (16 yoshgacha) va pensionerlar (60 yoshdan yuqori) salmog’i yuqori. 60 yoshdan so`ng esa umumiy aholi sonida ayollar salmog’i yuqoriroq.
Aholi sonini yoshi bo`yicha guruhlarga ko`paytirib ham hisoblash mumkin. O` holda yoshi kattaligi (Vi) sifatida yosh intervalining o`rtasi olinadi. Masalan, «A» tuman aholisining yoshi bo`yicha soni berilgan. Aholining o`rtacha yoshini hisoblash lozim bo`lsin.

Yoshi, yili

Aholi soni,
ming kishi

Yosh intervalining o`rtasi

Kishi - yosh soni

1

2

3

4=2x3

0-4
5-9
10-14
15-19
20-25
------
100 yosh va undan katta

442,0
401,0
431,4
426,8
451,8
------
0,4



2,5
7,5
12,5
17,5
22,5
------
103,5



1105,0
3007,5
5392,5
7469,0
10165,5

41,4




Jami

5728,6

-

17185,8

Echim: Jadval ma’lumotlariga qaraganda tuman aholisining o`rtacha yoshi teng:
V=17185,8:5728,6=30,0 yosh
13.4. Aholining tabiiy harakati statistikasi
Har qanday hududning aholi soni uning tuzilishi, tug’ilishi, vafot etishi va migratsiyasi hisobiga o`zgarib turadi. Aholi sonini tug’ilishlar va vafot etishlar hisobiga o`zgarishi aholining tabiiy harakati deb ataladi.
Aholining tabiiy harakati avvalo mutloq ko`rsatkichlar bilan ifodalanadi: tug’ilishlar soni – T, vafot etganlar soni – VE, tabiiy o`sish soni – (T-VE). SHular qatoriga nikohdan o`tganlar soni – NO`t va nikohdan o`chganlar soni – NO`ch ko`rsatkichlari ham kiradi.
Aholining tug’ilishi, vafot etishi va tabiiy o`sish darajasi va o`zgarishi kishilar hayotining ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlariga bog’liq. Bu ko`rsatkichlar avvalo ma’lum davr (masalan, bir yil) uchun mutloq miqdorlarda aniqlanadi va shu jarayonlar xaqida ma’lum fikr yuritish imkoniyatini bersa xam, lekin ular bunday tabiiy xarakatlarning intensivligi (tezligi) darajasini ifodalab bera olmaydi, chunki mamlakatlar aholisi soni xar xil. Masalan, ikkita mamlakatning har birida bir yilda 20 mingdan aholi tug’ilgan bo`lib, u mamlakatlarning o`rtacha yillik aholi soni birinchisida 40,0 mln, ikkinchisida 60 mln. kishiga teng. Tug’ilish darajasi qaysi mamlakatda yuqori yoki past ekanini aniqlash uchun bu jarayonlarning nisbiy darajalari aniqlanadi. Buning uchun tug’ilish, vafot etish va tabiiy o`sish absolyut sonini mamlakatning o`rtacha yillik aholi soniga bo`lish kerak. Statistikada bunday ko`rsatkichni har bir ming kishiga nisbatan (promilleda) ifodalanadi.
2018 yilda 715, 5 ming go‘dak dunyoga keldi. Tug‘ilish koeffitsiyenti 1000 kishiga 22,1 promilleni tashkil etib, 2016 yil bilan solishtirilganda tug‘ilish koeffitsiyenti 0,7 promillega kamaygan.
2018 yilda eng ko‘p tug‘ilish Surxondaryo viloyatida qayd etilgan bo‘lib, ko‘payish har ming kishiga 25,7 dan 25,9 promillega oshgan. Qoraqalpog‘istonda esa 21,9 dan 20,7 promille, Farg‘onada — 22,2 dan 21ga, Toshkent viloyatida — 20,3 dan 19,2ga, Xorazmda — 22,2 dan 21ga, Buxoroda 20,9 dan 20 ga va Jizzaxda 24,5 dan 23,6 ga tushish kuzatildi.
Yil davomida 161,5 ming o‘lim ro‘yxatga olindi. O‘lim koeffitsiyenti 2017 yildagidan 0,1 promillega oshib, 5 promilleni tashkil etdi.
Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Farg‘ona va Surxondaryoda o‘lim koeffitsiyenti birmuncha ko‘tarilgan. Jami vafot etganlarning 8,2 foizi mehnatga layoqatlilik yoshidan kichiklarni tashkil etsa, 27,6 foizi mehnatga layoqatga ega bo‘lgan yoshdagilardan iborat.
Aholining tabiiy ko‘payishi 554 ming kishini tashkil etib, 2017 yil bilan taqqoslaganda 17,4 ming kishiga kamaygan (571,4 ming kishi).
Aholining tabiiy xarakatini ifodalovchi nisbiy ko`rsatkichlarga quyidagilar kiradi:
Birinchi guruh - aholi tabiiy harakatining umumiy ko`rsatkichlarini aniqlash uchun demografik hodisalar sonini aholining o`rtacha yillik soniga bo`lib aniqlanadi.
1. Tug’ilishning umumiy koeffitsienti ma’lum xududdagi aholining xar 1000 tasiga nechta tug’ilish to`g’ri kelishini ifodalaydi
Tug’ilish umumiy Kt=T x 1000%/Ā;
«A» shahrining o`rtacha yillik aholi soni 400 ming kishi. 2004 yilda 5,6 ming kishi tug’ilgan
Umumiy tug’ilish Kt=5,6/400 x 1000%=14%0;
Demak, shahardagi har ming kishiga 14 bola tug’ilganini ifodalaydi. Bu ko`rsatkichni ham vaqt bo`yicha, ham xududlar bo`yicha solishtirish mumkin.
2. Vafot etishning umumiy koeffitsienti xar ming kishidan nechtasi vafot etganini ifodalaydi.
Umumiy vafot etish Kt=VE/Ā x 1000%0
«A» shaxrida 2004 yilda 4,0 ming kishi vafot etgan.
Umumiy vafot etish Kt=4,0/400x1000%=10%0
Demak, shahardagi har ming kishidan 10 tasi vafot etganini ifodalaydi.
3. Aholining tabiiy o`sish koeffitsienti xar 1000 kishiga to`g’ri kelgan tabiiy o`sish darajasini ko`rsatadi.
Tabiiy o`sish Kt=T-VE/Ā x 1000%
«A» shahri uchun tabiiy o`sish koeffitsienti
Tabiiy o`sish Kt=5,6-4,0/400 x 1000%=4%0 yoki
Tabiiy o`sish Kt=14-10=4%
Demak, shahardagi har ming kishiga 4ta tabiiy ko`payish to`g’ri kelgan.
O`zbekiston mustaqilligi yillarida yangicha demografik holat yuz berdi: bular ayniqsa aholi tug’ilishi, tabiiy takror paydo bo`lishi, migratsiya va urbonizastiya sohalarida yuz berdi.
Umuman, o`sish darajasi va aholi sonining mutloq o`sishi ancha pasaydi.
Keyingi o`n yil ichida (1991-2000 yy.) O`zbekiston aholisi 3,9 mln. kishiga ortdi va 25,0 mln. kishini tashkil etdi. O`rtacha har yil aholi 1,8%ga ortdi, yoki o`rtacha yillik absolyut o`sish – 390 ming kishini tashkil etdi.
Avvalgi o`n yillikda (1981-1990 yy.) O`zbekiston aholisi 4,1 mln. kishiga yoki har yili 410 ming kishiga ortgan, o`rtacha o`sish tempi 2,5%ni tashkil etgan.
Undan avvalgi o`n yilda (1959-1970 yy.) esa mamlakat aholisi o`rtacha 3,8%ga ortgan.
Aholining o`sish tezligining kamayishi asosan migratsiya hisobiga va tug’ilishning kamayishi hisobiga amalga oshgan. Qishloqda tug’ilish 25,5%0ga tenglashib, respublika bo`yicha o`rtacha ko`rsatkichga tenglashib qoldi va yana pasayish tendenstiyasiga ega.
«Ijtimoiy fikr» nomli markaz ma’lumotlariga qaraganda pasayish 2010 yilgacha davom etadi. 2001-2010 yillar davomida o`rtacha o`sish darajasi 1,4%ni tashkil etib, 2010 yilda aholi soni – 27,9 mln. kishini tashkil etadi. Tug’ilish Kt-17,6%gacha pasayadi, vafot etish Kt ortadi. 2010 yildan boshlab ijtimoiy-iqtisodiy muhitni yaxshilanishi hisobiga tug’ilish biroz ortadi va 2025 yilda O`zbekiston aholisi – 34,7 mln. kishiga etadi.
4. Yashash koeffitsienti tug’ilish va vafot etish orasidagi nisbatni ifodalaydi:
Yashash Kt=T/VE x 100%0; yoki
Yashash Kt=Umumiy tug’ilish Kt/Umumiy vafot etish Kt
Yuqoridagi misolda «A» shaxrida yashash koeffitsienti =1,4 (tug’ilganlar soni vafot etganlar sonidan 1,4 marta ko`p)ga teng.
Nikohdan o`tish va nikohdan o`chish koeffitsientlari ham shularga o`shab aniqlanadi.
Ikkinchi guruh ko`rsatkichlar – maxsus va yakka koeffitsientlar demografik jarayonlar sonini o`sha guruh aholi soni bilan solishtiriladi. Bu ko`rsatkichlar mamlakatdagi demografik ahvolni keng ma’noda o`rganish imkoniyatini beradi.
1. Tug’ilishning maxsus koeffitsienti yil davomida bola tug’ish yoshidagi xar 1000 ayoldan (yosh guruhi 15-49 yosh) qanchasi bola ko`rganini ifodalaydi:
Maxsus tug’ilish Kt=T/A15-49 yosh x 1000%
Bunda, A15-49 yosh – 15-49 yoshdagi ayollarning o`rtacha yillik soni tug’ilishning umumiy va maxsus koeffitsientlari orasida quyidagicha bog’lanish mavjud:
Maxsus tug’ilish Kt=Umumiy tug’ilish Kt/d
Bunda d=A15-49/A – 15-49 yilli ayollarning umumiy aholi sonidagi salmog’i.
«A» shahridagi 15-49 yilli ayollarning umumiy aholi sonidagi salmog’i 24,5% bo`lsa,
Maxsus tug’ilish Kt=14%/0,245=57,1%0
2. Tug’ilish va vafot etishning yosh koeffitsientlari. Masalan, vafot etishning yosh koeffitsienti ma’lum yoshdagi kishilarning vafot etish darajasini ifodalaydi:
Vafot etish Kt=Xyoshda vafot etganlar soni/Āx x 1000%
Uchinchi guruh - andozaviy koeffitsientlar bo`lib, ular aholini takror paydo bo`lishini hududlar bo`yicha yoki bir hududdagi har xil vaqtlar orasidagi o`zgarishlarni aniqlash imkoniyatini beradi.
Ikkita «A» va «V» aholi punktlari bo`yicha 2004 yilda quyidagi ma’lumotlar berilgan:

Yoshi, yil

A

V

Region

VE koeffi­tsienti

Ax jamiga nisbatan%

VE koef. X

Ax, jamiga nisbatan %

Ax jamiga nisbatan %

0-30

2

60

2

30

42

30-60

6

30

5

30

41

60-yuqori

22

10

21

400

17

Jami

5,2

100

10,5

100

100

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda vafot etish, koeffitsienti yosh kategoriyalari bo`yicha kichik bo`lsa ham, «V» punktda «A» punktiga nisbatan yuqori. Bunday holat aholining yosh tarkibi xar xil bo`lganligi sababli sodir bo`lgan: «V» punktidagi aholi tarkibi ancha yosh. Tarkib omili ta’sirini yo`qotish maqsadida andozaviy ko`rsatkichlarni hisoblaymiz (masalan, region bo`yicha olingan aholi tarkibi asosida):
«A» uchun VEkt=2x42+6x41+22x17/100=7,04%0
«V» uchun VEKt=2x42+5x41+21x17/100=6,46%0
Bu ko`rsatkichlar asosida aytish mumkinki, «A» punktida vafot etish koeffitsienti yuqoriroq.
Shunday qilib, demografik jarayonlarni o`rganish jarayonida faqat umumiy ko`rsatkichlardan foydalanish etarli emas. Aholini takror paydo bo`lish jarayonini faqat o`zaro bir-biri bilan bog’langan ko`rsatkichlar tizimi to`liq aks ettirishi mumkin: umumiy, yakka, maxsus, andozaviy ko`rsatkichlar.
Sobiq SSSR davlatining parchalanishi va ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlar natijasida aholining mexanik xarakati faollashib ketdi. Qochoqlar va majburiy ko`chishlar soni ortdi. Bular haqidagi ma’lumotlar davlatning migratsiya xizmati tomonidan to`planib, Davlat statistika qo`mitasiga beriladi. Qochoqlar va majburiy ko`chishlar sonining ortishi qabul qiluvchi tomon uchun qo`shimcha tashvishlar yaratadi: ishga joylash, uy-joy bilan ta’minlash, ijtimoiy qo`llab quvvatlash, tibbiy yordam ko`rsatish va h.k.
Aholining tabiiy va mexanik xarakati sababli aholi sonining o`zgarishini o`rganish uchun aholining umumiy o`sish koeffitsienti aniqlanadi. Uni bir necha usul bilan aniqlash mumkin:
Umumiy o`sish Kt=tabiiy o`sish Kt+Mexanik o`sish Kt;
Umumiy o`sish Kt=(T-VE)+(K-Ch)/Ā x 1000%;
Umumiy o`sish Kt=A1-A0/Ā x 1000%
«A» shahrida 2004 yil boshida 398 ming kishi yil oxirida esa 402 ming kishi mavjud bo`lgan. Yil davomida 3,; ming kishi ko`chib kelib, 1,0 ming kishi ko`chib ketgan.
Mexanik o`sish Kt=3,;-1,0/400 x 1000%=6%0
Umumiy o`sish Kt=4%+6%=10,0%0
Shunday qilib, barcha omillar hisobiga aholining o`sishi 10%0ga, shu jumladan, mexanik o`sish 6% tashkil etgan.

Yüklə 41,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin