13-Mavzu aholi statistikasi


Aholi migratsiyasi statistikasi



Yüklə 41,31 Kb.
səhifə4/4
tarix18.05.2023
ölçüsü41,31 Kb.
#115960
1   2   3   4
13-мавзу

13.5. Aholi migratsiyasi statistikasi
Aholining mexanik harakati yoki migratsiyasi deb, aholining bir aholi punktidan boshqa punktga o`tishi yoki bir aholi punktidan boshqa punktga kelishi tushuniladi. Aholining ichki va tashqi migratsiyasi mavjud. Ichki migratsiya (mamlakat ichida doimiy yashash joyini o`zgartirish), tashqi (mamlakatdan doimiy yashash uchun chiqib ketish), mavsumiy (yilning ma’lum davrlarida mavjud aholi sonining o`zgarishi), mayatnikli migratsiya (kishilarning xar kuni uyidan ish yoki o`qish joyiga, yoki aksincha xarakatiga aytiladi).
Yil davomida mamlakatga kelganlar soni 157,1 ming, chiqib ketganlar — 177,7 ming kishini, migratsiya saldosi esa -20,6 ming kishini tashkil etdi.
Toshkent viloyatida (-6200 kishi), Samarqand (-5200 kishi), Qashqadaryo viloyati (-4000 kishi) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (-4400 kishi) eng yuqori migratsiya saldosi qayd etildi.
Xorijdan kelganlarning 36,4 foizi Qozog‘iston, 31 foizi Rossiyadan, 18,1 foizi Tojikistondan, 3,3 foizi Turkmanistondan, 1,6 foizi Qirg‘izistondan, 9,6 foizi esa boshqa davlatlardan.
Xorijga yo‘l olganlarning 52,2 foizi Rossiya, 42 foizi Qozog‘iston, 0,5 foizi Qirg‘iziston va Tojikiston, 0,4 foizi Ukraina, 4,4 foizi boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekistonga 2094 kishi doimiy yashash uchun kelgan bo‘lsa, xorijiy davlatlarga 21,1 ming kishi doimiy yashashga chiqib ketgan.
Aholining mexanik harakatlarini o`rganish uchun mutloq va nisbiy ko`rsatkichlardan foydalaniladi.
Absolyut ko`rsatkichlar – aholi punktiga kelganlar soni – K, aholi punktidan chiqib ketganlar soni – r; migratsiyaning absolyut o`sishi (k-r).
Nisbiy ko`rsatkichlar – migrastion jarayonlarning intensivligini ifodalaydi:
Kelish Kt=K/Ā x 1000%0;
Ketish Kt=r/Ā x 1000%0;
Mexanik o`sish Kt=K-r/Ā x 1000%0 yoki Kelish Kt-ketish Kt;
«A» shaxriga yil davomida 560 ming kishi keldi va 260 ming kish ketib qoldi. U holda,
Kelish Kt=560/11500 x 1000%0=4,86%0
Ketish Kt=260/11500 x 1000%0=2,20%0
Mexanik o`sish Kt=560-260/11500 x 1000%0=2,66%0
Demak, har ming kishiga 2,66 kishining mexanik o`sishi to`g’ri kelgan.
Qisqacha xulosalar
Statistikaning eng muhim birlamchi vazifalaridan biri aholi sonini va uning mamlakat hududlari bo`yicha joylashishini o`rganishdan iborat. Har qanday punktdagi aholi soni yil davomida sezilarli darajada o`zgarib turishi sababli, har xil ko`rsatkichlarni hisoblash maqsadida statistikada aholining o`rtacha yillik soni aniqlanadi.
Aholining hozirgi va kelajakdagi soni,uning tarkibi,hududlar bo’yicha joylashuvi to’g’risida ma’lumotlar asosida makroiqtisodiy dasturlarini ishlab chiqishda, bandlik siyosatiniishlab chiqishda,pensiya ta’minoti tizimini shakllantirishda maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishda muhim o’rin tutadi.
Aholi to’g’risida mintaqa daraasidagi ma’lumotlar uy joy fondini shakllantirishda,maktab va polikilinikalar qurishda,yo’lovchi transporti va oziq ovqat resurslari hamda migratsion masalalarini hal etishda muhimdir.
Korxona doirasida aholi to’g’risida ma’lumotlar muayan tovar va xizmatlarga bo’lgan talabni va taklif masalarini o’rganishda asqotadi.
Nazorat va mustaqil ishlash uchun savollar va topshiriqlar

  1. Aholi statistikasining o`rganish ob`ektini ayting.

  2. Aholi bo`yicha ma`lumot manbalari nimalardan iborat?

  3. Aholi soni bo`yicha qanday ko`rsatkichlarni bilasiz?

  4. Kritik moment nima va u qanday tanlanadi?

  5. Aholining tabiiy va mexanik harakatini tushuntirib bering.

  6. Aholi migratsiyasi deganda nimani tushunasiz?

Mustaqil ta`lim mavzulari
1.Aholini statistik o`rganish manbalari
2.Aholini statistik o`rganishning ahamiyati.
3.Aholi ro`yxati: moxiyati,kategoriyalari va ko`rsatkichlari
4.Aholining xududiy joylashuvini o`rganish
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Мирзиёев, Ш. М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. Тошкент: «Узбекистан» НМИУ, 2016. -56 6.
2. Статистика. Учебник. /Под ред. И.И. Елисеевой. – М.: Проспект,2010, 273-289c
3.Soatov N.M., Nabiev H.G’., Nabiev D.H.,Tillaxo`jayeva G.N. Statistika
Darslik,T, 2011, 349-363 b
4. Статистика: Учебник для вузов / Под ред. И. И. Елисеевой. —
СПб.: Питер, 2010. 195 -217 с
5.Nabiyev H.G’,Nabiyev D.H. Iqtisodiy statistika. Darslik. T.: “Aloqachi”, 2008, 116-140 b.
6.Статистика : учебник / под ред. И. И. Елисеевой. — М.: Высшее образо вание, 2009,171-185c
7.Статистика населения и демография. Учебник Воробьева О.Д. , Долбик-Воробей Т.А. 2019 КноРус


Internet saytlar

  1. www.economics.ru

  2. www.stat.uz

  3. www.cer.uz

  4. www.ziyonet.uz

  5. www.mineconomu.uz

  6. www.mehnat.uz

  7. www.mf.uz

Yüklə 41,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin