13-mavzu. Axloqiy madaniyat va qadriyatlar reja


Ommaviy madaniyat” global muammo sifatida



Yüklə 27,83 Kb.
səhifə3/3
tarix19.12.2022
ölçüsü27,83 Kb.
#76270
1   2   3
8-Aloqiy madaniyat va qadriyatlar

Ommaviy madaniyat” global muammo sifatida
«Ommaviy madaniyat» G‘arb dunyosida o‘tgan asrning ikkinchi yarmida shakllandi. Uni G‘arbda «populyar» yoki qisqartirilgan holda, «pop-kultura» (ya’ni «ommaviy madaniyat») deb atashadi. Garchi «madaniyat» deb atalsa-da, aslida, tub mazmun-ma’nosiga, maqsad-niyatiga ko‘ra «ommaviy madaniyat» chinakam madaniyatning kushandasidir.
Mutaxassislar (faylasuf va sotsiolog olimlar)ning fikricha, hali ilm-fanda «antikultura» («g‘ayrimadaniyat») degan ilmiy tushuncha shakllanmaganligi uchun «Pop (ommaviy) madaniyat» tushunchasi, nochorlikdan qo‘llanilmoqda. CHunki, «ommaviy madaniyat», aslida madaniyatsizlik, ya’ni ma’naviyatsizlik va axloqsizlik sinonimidir. «Ommaviy madaniyat» shu boisdan, eng avvalo, yuksak iste’dod va o‘lmas ma’naviy-axloqiy g‘oyalar bayroqdori bo‘lgan mumtoz madaniyatga, san’atga, uning boyliklariga qarshi tish-tirnog‘i bilan kurashib, uni inkor etib kelyapti.Afsuski, er yuzidagi axborot almashinuvi mislsiz tezlashgan hozirgi globalizm sharoitida, G‘arb­dagi «markazlar» bundan foydalanib, boshqa davlatlar va xalq­lar o‘rtasida G‘arb hayoti «jozibalari»ni, jumladan, «ommaviy madaniyat» ta’sirini «erkinlik shabadalari» tarzida imkon qadar keng yoyishga eng shimarib harakat qilmoqdalar.
Taassufli jihati shundaki, gohida g‘oyatda iste’dodli insonlar ham «ommaviy madaniyat» targ‘ibotchilarining qutqusiga uchrab, uning tegirmoniga suv quymoqda. Masalan, rassom Salvador Dali Leonardo da Vinchining «Mona Liza» («Jakonda») asarini kulgi qilib, Mona Liza lablari ustiga mo‘ylov chizgan va «Mo‘ylovli Jakonda» asarini yaratgan. Tadqiqotchilarning fikricha, mana shunday «achchiq istehzoli, qora mazmunli kulgi» - «ommaviy madaniyat» faoliyatining eng etakchi belgilaridan biridir. «Ommaviy madaniyat» namoyandalari qora, zaharxanda, behayo kulguni «isyon ifodasi» deb bilishadi. «Nimaga qarshi isyon» degan savol tug‘iladi. Agar «Ommaviy madaniyat» dunyoga «ehson» eta­yotgan «pop-art» («tasviriy san’at» desa ham bo‘ladi), «pop - natijalariga qarab hukm yuritadigan bo‘lsak, ular insoniyat yaratgan barcha qadriyatlarni isyonkorlik bilan inkor etadi: yuksak madaniyatni, ma’naviyatni, axloqni, yuksak orzu-maqsadlarni mensimaydi... Ular uchun ezgulikning o‘zi yo‘q. Jumladan, san’at - alohida iste’dodlar tomonidan yaratiladigan ma’naviy boylik, mo‘‘jiza ekanligi kabi ijodning oliy mezonlari «pop-madaniyat» tarafdorlarining o‘ta darajada g‘ashini keltiradi. Ularcha, hamma san’atkor bo‘lishi mumkin. Hamma narsa san’at atalishi mumkin. «Pop-art» - ommaviy san’at shu xulosa manbaida vujudga kelgan.
«Ommaviy madaniyat» ko‘pdan-ko‘p shakllarda o‘zini namoyon etadi. Kitch(zarracha badiiy-estetik qimmatga ega bo‘lmagan narsa va buyumlarga yuksak andoza tusini berish), komiks(tagiga qisqa matn yoki luqmalar bitilgan behayo matbaa - rasm mahsulotlari), starizm (sub’ektiv ehtiroslarga berilgan holda, estrada artistlari, aktyorlar, sportchilar, telediktorlarni ilohiylashtirish), xeppining (avvaldan rejalashtirilmagan, nogahonda uyushtiriladigan «keskin» tomoshalar, masalan, royal, pianino yoki avtomobillarni urib abjag‘ini chiqarish yoxud o‘t qo‘yish orqali vahshiyona, ommaviy «ko‘ngil ochish»lar uyushtirish) «ommaviy madaniyat»ning ayrim ko‘rinishlaridir. «Pop-art» chilarning dasturiy qarashi shundayki, ular insonni emas, aksincha, narsalar va buyumlarni e’zozlashadi; ma’naviy dunyoni emas, maishiy-iste’molchilik his-tuyg‘ularini qadrlaydilar va ularni keng ommalashtirishga intiladilar. Ularning ma’naviy pozitsiyasi - ma’naviyatni o‘ldirish va «narsalarga qullik»ni rag‘batlantirishdir. Amerikaning taniqli adibi R. Bredberi aytganidek, «ommaviy madaniyat» maktabidan o‘tgan avlod uchun hayotning ma’nosi - avtomobil, televizor, muzlatkichga ega bo‘lish. Agar televizor ikkita bo‘lsa, ularga shuncha yaxshi.
Albatta, xalqimiz, jumladan, yosh avlod g‘arb fan-texnikasi, madaniyati, adabiyotu san’atining ilg‘or jihatlarini inkor etmaydi. Biroq g‘arbdagi taraqqiyparvar ziyolilarning o‘zi «g‘arbning muammosi» sifatida baholayotgan «ommaviy madaniyat»ning ma’naviy-axloqiy tubanliklarini yoshlarimiz qancha tez anglasa, shuncha yaxshi. To‘g‘ri, biz demokratiya davrida yashayapmiz. Jamiyatimizda qiziqish va mayllarga hurmat bilan qaraladi. Ammo xatarli qiziqish va mayllardan davlat va jamiyat o‘zini himoya qilishi lozim. Buning uchun esa, eng avvalo, reklama va ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi davlatimiz qonunlarining talablari qat’iy bajarilishi kerak.


1Умаров Э. Эстетика. Т., Ўзбекистон. 1995. 159-б.

2 Каримов И. А. Юксак маънавият енгилмас куч. Т., Маънавият, 2008. 158 -б.

Yüklə 27,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin