13-Mavzu: Deviatsiya konsepsiyalari. Deviatsiya va uning turlari: Odatda deviatsiyalar o’spirinlik davrida yuzaga keladi. O’spirinlik davri yoshlik davrlari ichida eng murakkabidir. Uni o’tish davri ham deb atashadi,
chunki bu davr mobaynida bolalikdan yigitlikka o’tish ro’y beradi va bu jarayon
o’smir rivojlanishining barcha jihatlari-anotomik-fiziologik tuzilishi, aqliy, axloqiy
rivojlanishida o’z ta’sirini ko’rsatadi.
O’smirlik davrida o’smir hayoti va faoliyatida jiddiy o’zgarishlar ro’y
beradi, bu esa o’z navbatida ruhiyatning qayta shakllanishiga, tengdoshlari bilan
munosabatlarning yangi shakllari paydo bo’lishiga olib keladi. O’smirning ijtimoiy
maqomi o’zgaradi. Unga nisbatan kattalar tomonidan yanada jiddiyroq talablar
qo’yila boshlaydi.
Jamiyat tomonidan qabul qilingan hatti-harakatlar. qoidalar va me'yorlardan
chekingan o`smirlarni oqir yoki tarbiyasi qiyin yoki tabiyasi oqir o`smirlar deb
atashadi.
Tarbiyasi qiyin o`smirlar deganda turli xil sabablarga ko`ra pedagogik ta'sirlarga qarshi chiquvchi bolalar tushuniladi. Jamiyatda o`rnatilgan me'yor va
qoidalarga rioya qilmaydigan shunday tarbiyasi oqir o`smirlarni ilmda deviatsiya
deb atashadi.
Deviant hatti-harakat-bu psixik sog`lom shaxslar tomonidan me'yoriy
qoidalarni buzish hollaridir.
Deviatsiya- bu ijtimoiy pedagogik muammo bo`lib, inson ruqiy olamidagi,
uning atrofidagi muhitning o`zgarish hollari Bilan bog`liq. Bu hol, ayniqsa, o`smir
yoshdagi bolalarga xosdir. Chunki bu yosh eng qiyin va murakkab davr bo`lib, bu
yoshdagi bolalarning anatomo-fiziologik, intellektual, axloqiy va boshqacha
jihatlarida o`zgarishlar ro`y beradi. Bu o`zgarishlar o`z navbatida ularning psixikasida uzgarishlar ruy berishiga zamin yaratadi. Ularning ijtimoiy statusida,
jamoada o`zini tutishida o`zgarishlar ro`y berib, ularni ko`proq «Men kimmanq”-
degan savol qiynaydi.
Deviatsiya o`z ichiga deviant, delinkvent va kriminal hatti-harakatlarni birlashtiriradi.
Deviant hatti-harakat-bu kichik ijtimoiy munosabatlar (oila, maktab) hamda
xarakter, jinsiy va yosh xususiyatlari jiqatidan yaqin kichik ijtimoiy guruhlarga xos
ijtimoiy me'yorlardan, hatti-harakatlar va qoidalardan og`ish, chekinishning bir
turidir. Ya'ni bu turdagi harakatni intizomsizlikdeb ham atash mumikn.
Agressiya, chaqiriq, ishda va mehnat faoliyatida o`z boshimchalikka yo`l
qo`yish, bolalar va o`smirlarning ichkilikka berilishi, daydib yurishlari,
oliftagarchilik qilishlari, assotsial xarakatlarga berilish kabilar deviant xarakatlarning
asosiy
ko`rinishlaridir.
Ma'lum
vaziyatlarda
bolalar
va
o`smirlarning shu kabi hatti-harakatlarni namoyon etishi deviant harakatlarning
tipik xususiyatidir.
Delinkvent hatti-harakat- deviant qarakatlardan farqli o`laroq, ular vaziyat
ta'sirida emas, balki yuqoridagi kabi assotsial xarakatlarning quyidagi turlari mavjud:
· haqoratlash, xo`rlash, azoblash va undan huzurlanish kabi agressiv
bosqinchilik harakatlar;
· Kichik o`g`riliklar, ta'magirlik, avtotransport va boshqada kerakli buyum va
anjomlarni o`qirlash kabi moddiy foyda ko`rishga qaratilgan o`z shaxsiy mafaati yo`lidagi xarakatlar;
· Narkotiklar sotish va tarqatish.
Kriminal hatti-harakat- bu jinoiy javobgarchilikka tortilishga yoshi yetgan
shaxslarning huquqlarga zid harakatlari bo`lib, ular ustidan jinoiy ish qo`zg`atilish
jarayonidir. Kriminal harakatlarga deviant va delinkvent xarakatlar asos yaratadi.