13-mavzu: “etika” fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati. Nikoh va oilaning axloqiy asoslari, uning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni reja



Yüklə 107,98 Kb.
səhifə7/8
tarix02.06.2023
ölçüsü107,98 Kb.
#124139
1   2   3   4   5   6   7   8
13 mavzu

Suqrotning fikricha, polis bilan fuqaro o‘z huquqlari jihatidan teng emas, ular ota bilan o‘g‘ilga o‘xshaydi. Axloqning asosiy mohiyati - o‘zgarmas va abadiy ayol fazilat bo‘lmish donishmandlik. U axloqiy xatti-harakat mezoni hisoblangan ilohiy yozmishga mos keladigan benuqson faoliyatdir. Axloqning manbai esa insondan tashqarida, ilohiydir. Suqrot ruxni (jon, qalb, nafsni), vujuddan farqli ravishda, o‘lmas deb xisoblaydi, lekin o‘z qarashlarini rivojlantirmaydi. Uning fikricha, bu boradagi ortiqcha qizikuvchanlik zararli. CHunki ma’budlar o‘zlari odamlarga ochishni istamagan narsalarninr tadqiq etilishini yoqmaydi.

Suqrotdan farqli o‘laroq, Aflotun (miloddan avvalgi 427- 347) axloqshunosligi uchun aksincha, g‘oyalar va rux xaqda ta’limotlar asos bo‘lib xizmat qiladi. Aflotunning g‘oyalar ta’limotiga ko‘ra, bizga ko‘rinib turgan, biz qilayotgan dunyo bor-yo‘g‘i soyalar o‘yini, haqiqiy dunyoni ko‘rish uchun esa inson aqli ojizlik qiladi. Inson g‘or devoriga kishanband qilib ko‘yilgan tutkunga o‘xshaydi, u faqat haqiqiy borliq ning noaniq soyalarini kuzatadi, xaqiqiy borliq esa soyalar orqasida, ko‘rinmaydi. Uni inson ko‘rmaydi, biroq o‘sha asl borliqni ko‘ra oladigan mangu- o‘lmas rux mavjud. U g‘oyalar dunyosiga daxldor, lekin uning faqat aqliy qismigina ana shu dunyoga qaratilgan, ehtiros va xirsli qismi esa doimo rynohkop erga tomon tortadi. Aflotun ruhning bu ikki xillik jihatini aravakash (aql) bilan ko‘pirgan otlar (ehtiros va hirs) orasidagi kurash sifatida talqin etadi. Otlar baland kelgand ruh (qalb, jon) g‘oyalar dunyosidan vujudga yiqiladi va inson tyg‘iladi. Insonning tyg‘ilishi , shunday qilib, ruhning gynoxga botishi barobarida voqe bo‘ladi. Barcha bilimlar xotira natijasidir; ruh g‘oyalar dunyosidan bilganlariiing bazilarini eslaydi va vujuddagi xayotida biror-bir diqqatga sazovor yangilikni o‘ziga kasb etmaydi. Shunday qilib, Aflotunning fikricha, axloq, ilohiy asosga ega va axloqiy fazilat insonga azaldan berilgan.


Aflotun donishmandlikni oliy fazilat, ruxdagi aqliy qismning namoyon bo‘lishi deb biladi va davlatni boshqarishra loyiq yagona toifa sifatida donishmand-faylasuflarni tan oladi. YOvqurlik - qo‘riqchilarga davlatni ximoya qiluvchi askarlarga xos. Ruhning - xirsli qismi bilan bog‘liq bo‘lgan mo‘‘tadillik xunarmand-kosiblar, dexqonlarga, yani, xalqqa xos. Ular avvalgi tabaqaga bo‘ysunishi shart. Ulardan so‘ng qullar turadi. Kullar axloqdan tashqarida, har qanday fazilatdan yiroq, zotan ularning ruhga egaligi gumon. Bundan tashqari, Aflotunnning fikriga ko‘ra, adolat shaxsiy fazilat emas, davlatga xos fazilat. SHu sababdan u: “Biz tabiatiga ko‘ra uchga bo‘lingan tabaqalarning xar biri faqat o‘z yumushi bilan shyg‘ullangan davlatnigina tan olamiz”, deydi. SHuningdek, tijorat fuqarolarni yo‘ldan ozdiradigan soxa bo‘lgani uchun, u bilan adolatli davlatda xorijliklar shyg‘ullanishi kerak.


Aflotun axloqshunosligining muhim xususiyati shundaki, unda axloqning asosi, axloqiy namuna sifatida iloxiylik olinadi. Faylasufning fikricha, kimda-kim Xudoning marhamatiga erishmoqchi ekan, unta iqtido qilmog‘i, undan namuna olmog‘i kerak, Xudo barcha narsalar uchun mezon; faqat Xudoga ishonuvchi va taqlid qiluvchi kishirina donishmand bulishi mumkin. Xullas, Aflotunning axloqshunosligi qatiy diniy tabiatga ega. Ayni paytda u kun jihatdan vedachilik axloqshunosligidagi g‘oyalarni o‘z ichiga oladi va ularni rivojlantiradi.


Aflotundan so‘ng ikki qadimgi yunon allomasi – Arastu (miloddan avvalgi 384-322 yillar) va Epikurning (milodan avvalgi 341-270yillar) axloq nazariyalari diqqatga sazovor. Aflotunning shogirdi Arastu birinchi bo‘lib axloqshunoslikni ruhshunoslik bilan siyosatshunoslik oralig‘idagi alohida falsafiy fan sifatida taqdim etdi va unga (keyinchalik Ovro‘poda qabul qilingan) “Etika” degan nomni berdi. Arastuning axloqiy qarashlari, asosan o‘g‘liga bag‘ishlangan “Nikomaxning axloq kitobi” va “Evdemning axloq kitobi” hamda “Katta axloq kitobi” risolalarida o‘z aksini topgan




Arastu qadimgi Yunon mutafakkirlari ichida birinchi bulib ixtiyor erkinligini axloqning asosi sifatida olib qaraydi va axloqiy fazilatni Aflotunga qarama-qarshi o‘laroq, ruhning tug‘ma xususiyati emas, balki kasb etiladigan (xosil qilinadigan) sifat ekanini aytadi. U barcha fazilatlarni ikkiga bo‘ladi: birinchisi, ruhning donishmandlik, tajri6akorlik, topqirlik, singari ma’naviy soxa bilan bog‘liq aqliy qismiga oid fazilatlar va, ikkinchisi, ruhning intilyvchan(ixtiyoriy) qismi - sof axloq bilan bog‘liq, fazilatlar. Uning fikricha, asosiy fazilat adolatdir. “Fazilat, - deydi Arastu - ma’lum ma’noda o‘rtalikdir, zero, doimo o‘rtalikka intiladi”. Masalan, mardlik telbavor jasorat bilan qo‘rqoqlik orasidari o‘rtalik va xokazo. SHuningdek, mutafakkir niyatga katta ahamiyat beradi va uni xarakatning tamoyili, boshlanishi deb ataydi. Lekin u pirovard ma:qsad emas, niyatning tamoyili esa intilish va aql, shu sababli niyat aqldan, es-hushdan va odobdan tashqarida bo‘lmaydi.

Arastu Aflotundan farqli o‘laroq, vujud va puh yaxlitligi nuqtai nazarini ilgari suradi, inson kamolotga, oliy ezgulik va erkinlikka bilish faoliyati, voqelikka faol munosabati orqali, xirsu ehgiroslar ustidan hukmronlik qila olishi tufayli erishadi, degan fikrni aytadi. Demak, insonda ixtiyor erkinligi bor, zero u ezgulik yoki yovuzlikni, fazilat yoki illatni tanlashda bir xil hukmronlik mavqeiga ega.




Maqsad bilan vositani Arastu yaxlitda ko‘radi, maqsad vositani belgilaydi, shu sababli maqsadning axloqiy tabiati faqat axloqiy vositalarnigina tan oladi va, ayniqsa, axloqsiz maqsad axloqsiz vositalarni talab qiladi.

Arastu aql - idrok faoliyatini xayot va faoliyatning oliy shakli, hech bir narca bilan qiyoslab bo‘lmaydigan qadriyat , deb xisoblaydi. Oliy aql doirasida sub’ekt va ob’ekt, fikr va fikrning narsa xodisasi bir-biriga mos, ya’ni Oliy aql (Xudo) tafakkur xaqidagi tafakkurdir. Garchand inson xech qachon iloxiy xayot darajasiga etisha olmasa-da, lekin unga ideal sifatida imkon boricha intilishi kerak, inson erishgan komillik doimo nisbiy bo‘ladi.


Shunday qilib Arastuning fikricha, axloqli inson aqliy fazilatlar bilan yo‘g‘rilgan kishidir; aqlni inson emas, insonni aql belgilaydi. Ayol zoti esa past darajali, zaif, ko‘z yoshiga erk beradigan, o‘zini tutolmaydigan inson, ularda extiros aql-idrokdan yuksak turadi, illatlarga erkaklarga nisbatan ko‘proq moyil bo‘ladilar, shuning uchun xam donishmandlik ularga xos emas, xotin erga bo‘ysunishi adolat tamoyilini buzmaydi. San’at, siyosat va ilm fan ozod kishilar uchun, qul, umuman, axloqdan tashqaridagi mavjudot, qushlarni past tabaqali kishilar, xatto jonli narsalar qatoriga kiritish Arastuning inson moxiyatini ijtimoiy-siyosiy mavjudot sifatida tushunishidan kelib chiqadi. Uning uchun jamiyatdan, qabila, jamoa, davlatdan tashqaridagi odam yo Xudo, yoki xayvon. Shu bois yot qabiladan kelgan, polis fuqaroligi huquqiga ega bo‘lmagan qullar odam xisoblanmaydi. Qul faqat ozodlikka erishgandagina insonga aylanadi.


Arastu yuqorida keltirganimizdek, ilmni (aqlni) axloqdan (vijdondan) yuksak qo‘yadi va bu bilan mushoxadakor hayotni, nazariyara, ijodga bag‘ishlangan xayotni axloqiy ideal tarzida talqin etadi. Shunga ko‘ra, buyuk mutafakkir antik, dunyo fuqarosining an’naviy fazilatlari bo‘lmish donishmandlik, mardlik, odillik, do‘stlikni yuksak qadrlaydi. Biroq, uning insonga muhabbati, insonparvarligi bizning xozirgi barcha bandalar Xudoning oldida baravar, degan tushunchamizdan farq qiladi. Yuqorida ko‘rganimizdek, uning nazdida odamlar teng emas, tenglik tushunchasi Arastuga yot. U faqat odamlar o‘rtasidagi do‘stlik va xayrixoxlikni tan oladi.
Epikur esa o‘z qarashlarida falsafaning amaliy maqsadini, axloqiy mazmunini ta’kidlaydi: “Insoniing biror bir iztirobiga davo topolmaydigan faylasufning so‘zlari ma’nosizdir. Badandan kasallikni quva olmaydigan tabobatdan xech qanday foyda bo‘lmagani kabi, puh (qalbni) davolay olmaydigan falsafadan xam foyda yo‘q.”
Epikurning fikriga ko‘ra insonda tanlov ixtiyori bor. U xam Demokrit kabi ezgulik xaqidagi ta’limotni lazzat va iztirob muammosidan boshlaydi. Uning uchun eng muhim ruhiy xotirjamlik. Do‘stlaridan birini u shunday deb yozadi; - “3arrin to‘shagu to‘kin dasto‘rxoning bo‘lib, bexalovat yashagandan ko‘ra, poxol to‘shakda xotirjam yotganing afzal!” Fazilatlar orasida Epikyp adolat bilan donishmandlikka aloxida e’tibor bilan qaraydi. Adolat tushunchasida mutlaqlik va nisbiylik xollari mavjudligini ta’kidlab o‘tadi: “Umuman, adolat xamma uchun bir xil, chunki u odamlararo munosabatlardagi foydali xodisa, lekin muayyan mamlakatlarning o‘ziga xosligi nyqtai nazaridan va shunga o‘xshash boshqa sharoitlarda adolat barcha uchun bir xilda bulolmay qoladi” Fazilatlarning mohiyati insonni lazzatga olib borishidan, xotirjamlikka hamda ruxning faoliyatli holatiga xizmat qilishdan iboratdir. Baxt esa axloqiy va jismoniy sog‘lomlikdan yuzaga keladi.


O‘lim qarshisidagi qo‘rquv borasida gapirib, Epikur, uning manbaini ruhning o‘lmasligi va iztiroblarning abadiyligi haqidagi noto‘ri tasavvurlarda deb xisoblaydi. Zero ruh ham vujud singari atomlardan iborat. Tabiatdagi hamma narsa atomlar birikuvidan hosil bo‘lgan ularning parchalanishi bilan ruh ham parchalanadi. O‘lim xavfining asossiz ekanini isbotlash uchun u shunday deydi; “Yovuzlikning eng dahshatlisi bulmish o‘limning bizga hech qanday aloqasi yo‘q chunki biz hali mavjud ekanmiz, o‘lim kelmaydi, o‘lim kelganda esa biz mavjud bo‘lmaymiz. Shunday qilib, o‘limning tiriklarga ham, o‘liklarga ham aloqasi yo‘q chunki birlari uchun u mavjud emas, boshqalarning esa o‘zlari mavjud emas”.


Epikur iztirobdan qochishni emas uni engish kerakligini ta’kidlaydi. Buning uchun axloqiy qat’iyat, fikr yorqinligi, fikr qudrati iztirobga qarshi ko‘yilishi kerak, uning axloq ideali - erdagi hayotga nafrat bilan qaramaydigan, aksincha tabiat bilan hamnafas bo‘lib, ya’ni tabiat belgilab bergan hayotiy maqsadga muvofiq yashaydiran donishmand, faylasuf. Aynan tabiatga muvofiklikda , turli bid’at va aldamchi fikrlardan qytilib, o‘z ehgiyojlarini tabiiy zarurat bilan moslashtirilgan holdagina donishmand tafakkur va ichki erkinlik borasida oliy darajadagi lazzatga erishadi.Donishmand o‘z kuchi me’yorini biladi va undan oqilona foydalanadi. Unga baxt manbai

  • faqat ma’naviy ezgulikda, do‘stlik bilan bilimda bo‘lgan nisbatan mustahkam va uzoq muddatli lazzatda ekani ayon.

Epikur odamlarning munosabatlarida hammasidan avval tenglik va hamfikrlilikka asoslangan do‘stlikni qadrlaydi. Falsafa bilan shyg‘yllanish ham xuddi do‘stlik singari ruhan xotirjamlikka etishishga olib keladi.


Qadimgi Sharq axloqshunosligi, erishgan yutyqlarni yuksak nazariy darajara ko‘targan Qadigi Yunon axloqshunosligi jahonshymyl ahamiyat kasb etdi. Yunonlik mutafakkirlar ilk bor inson shaxsni, inson xatgi-harakatiga asoslangan niyatni tadqiq etishga va axloqiy qilmish muammolarini tushuntirishga urindilar.




Qadimgi Yunon axloqshunoslari ilmiy an’analarini Sitseron, Lukretsiy Kar, Seneka, Epiktet, Mark Avreliy, Sekst Empirik singari Qadimgi Rumo mytafakkirlari davom ettirdilar.
Tit Lukretsiy Kar (miloddan avvalgi 99-44 yillar), Epikur aaxloqiy ta’limotining izchil himoyachisi sifatida, mashhur “Narsalarning tabiati haqida” degan dostonida ruh va vujudning ajralmas aloqasini ta’kidlaydi, ruhning o‘lishi to‘g‘risida fikr yurigadi, insonning o‘lim qo‘rquvidan xalos bo‘lishida axloqiy ma’no borligini aytib o‘tadi. Ulim qo‘rquvidan va ma’budlar oldidagi qo‘rkuvdan xalos bo‘lgan kishi baxtli yashashi mumkin, aql –idrok va histuyg‘ular sharofati bilan narsalar haqida u haqiqiy tasavvurga erishadi.
Lutsiy Anney Seneka (miloddan avvalgi 5-milodiy 65 yillar) ham yozuvchi, xam axloqsh:unos faylasuf. Uning “Fazab haqida”, “Shafqat haqida”, “Baxtli hayot haqida” singari axloqsh:unoslikka doir risolalari ko‘pchilikka ma’lum. Ayniqsa, “Lutsiliyga axloqiy maktyblar” asari mashxur. Senekaning fikriga ko‘ra, dunyo moddiy biroq, unda qandaydir jonli ibtido xukmron: uni aql-idrok deymizmi, tabiat, bashorat yoki taqdir deymizmi ahamiyati yo‘q. Muhimi shuki, uning yozig‘i albatta amalga oshadi. Faylasuf fazilatlarning ma’nosini taqdirdan rozilikda, uning zarbalariga insoniy qadr-qimmatni yo‘qotmay, mardona va chidam bilan dosh berishda ko‘radi. U o‘limni sovuq, tund, lekin ozodlikning kafolati sifatida talqin etadi. Ozodlikni o‘z-o‘zini o‘ldirishda ko‘rish, shubhasiz, u yashagan davrning g‘oyatda fojialiligi bilan bog‘liq. Seneka qul bilan ozod kishining ma’naviy tengligini ta’kidlaydi: “Ular qullarmi? Yo‘q odamlar. Ular qullarmi? Yo‘q, ular yyingdagi qo‘shnilar. Ular kullarmi? Yo‘q, sening itoatkor do‘stlaring. Ular qullarmi? Yo‘q, ular sening qullikdagi birodarlaring, negaki, sen ham, ular xam taqsirning qullarisiz”. Albatga, bu o‘rinda Seneka ijgimoiy tenglikni emas, balki qul bilan quldorning axloqiy tengligini nazarda tutmoqda. Faylasufning aytishicha, ruh ozodligi - shaxs uchun o‘z-o‘zini qadrlash na g‘urup-iftixor manbai. Kimki botiniy ozodlikka erishgan ekan, u taqsir ko‘rgiliklariga bo‘ysunmaydi, qismat zarbalarini mardona kutib olishga tayyor turadi. Yana bir Qadimgi Rumo axloqshunosi ozod qilingan qul Epiktetdir (50-138 yillar atrofida). Uning axloqiy qoidalari quyidagicha taqdir muqarrar; aql -idrok axloqning yagona va ishonchli mezoni; tashqi dunyo ma’budlar irodasiga katiyan bog‘liq ichki dunyo insonning hukmi ostida; xaqiqiy donishmandning erki shundaki, u o‘ziga bog‘liq bo‘lgan narsalarni o‘zga bog‘liq bo‘lmagan narsalar bilan chalkashtiri6 yubormaydi; xayotning maqsadi va ma’nosi shaxsiy ichki erkinlikni anglash va uni qo‘lga kiritish; unga eltadigan yo‘l bitga - ma’budlar irodasiga so‘zsiz itoatkorlik, ehtiyojda mo‘‘tadillik, beparvolik, sovuqqon aql bilan ish ko‘rish.

Epiktetning fikriga ko‘ra, baxt, xaqiqiy saodat-fazilatda, fazilat esa bytynlay insonning ijodidir, zero uni inson shakllantiradi. Faylasuf o‘zing yoqtirmaydigan sharoitni o‘zgalarga ravo ko‘rma, agar qul bo‘lishni istamasang, atrofingda qullika yul berma, degan fikrni ilgari suradi.


SHunday qilib, Qadimgi Rumo axloqshunoslari xam inson hatti-xarakatlari muammosini o‘rtaga tashlaydi va insonning olamdagi o‘rni xamda xayotning maqsadini belgilashga intiladilar. Bunday- intilish, ayni paytda, bytyn Qadimgi dunyo mymtoz axloqshunoslariga xosdir. Xullas, Qadimgi dunyoning mymtoz axloqshunoslari oddiy axloq-odob qoidalari, pand-o‘gitlar va hikmatlardan tortib, to axloqshunoslik nazariyasi tizimigacha yaratdilar. SHy meros xanuzgacha o‘z ta’sir kuchini yo‘qotgani yo‘q, hanuzgacha jahon axloqshunosligi ko‘p xollarda o‘sha tushunchalar va tamoyillarga yangicha yondoshuv asosida taraqqiy etib kelmoqda.


Shu o‘rinda yana bir, xozirgacha etarli e’tibor qilmay kelinayotgan masalaga oydinlik kiritishni maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. Bu - Qadimgi YUnon tafakkuri bilan o‘rta acplap musulmon SHarqi falsafasining - xususan axloqshunosligining bog‘liqligi masalasi. Nima uchun bizning alloma ajdodlarimiz Qadimgi SHarq, jumladan, Xindi-Xitoy mintakasi mutafakkirlari izidan emas, Ovro‘palik yunonlar izidan bordilar, Suqrot va Aflotunni o‘rgandilar, ko‘klarga ko‘tardilar, Arastuni esa eng ulkan ustoz – birinchi muallim deb atadilar?


Gap shundaki, musulmonchilikning asosi tavxidda - yakkaxudolikda.Olloh yagona, uning sherigi yo‘q va bo‘lishi mumkin emas. Qadimgi Yunon mutafakkirlari aynan ana shu tavxid yo‘lidan bordilar. Birinchi bo‘lib bu masalani Suqrot aniq o‘rtaga tashladi. U o‘limga maxkum etilganida, unga yunonlar xudolarini xurmat qilmaganligi, yoshlarni boshka yo‘lga (aslida tavxid yo‘liga) burib yuborayotgani ayb qilib qo‘yiladi. Suqrotning o‘limi oldidagi so‘nggi gapi xam shuni tasdiqlab turadi, sikuta ichgach: “Men Uning (ularning emas! -A SH.) yoniga ketyapman!”, deydi u. SHuningdek, Aflotunning g‘oyalar, olamiy puh emanatsiya xaqidagi fiqplari xam to‘g‘ridan- to‘g‘ri yakka xudolik masalasiga borib takaladi, lekin Suqrot va Aflotun tavhidni falsafiy-nazariy nyqtai nazardan isbatlashni uz oldiga vazifa qilib qo‘ymadilar, bunga urinmadilar. Bu ishni Arastu uddaladi. U uzining mashhur “Metafizika” asarida Xudoning yakkaligini jismsiz, xech narsa tomonidan xarakatga kelmaydigan, aksincha, birinchi xarakatga keltiruvchi kuch ekanini nazariy isbotlab berdi. Uni “Oliy shakl” (forma) deb ataydi. Arastu talqinida Xudo olam va barcha olamiy jarayonlarning maqsadi xisoblanadi, u yuqorida keltirganimizdek, Oliy tafakkur, tafakkur haqidagi Tafakkurdir.


O‘rta asrlar, musulmon Sharqi mytafakkirlarining qadimgi YUnon tafakkuriga, xususan, axloqshunosligiga ulkan e’tiborining taqlidining asl sababi ana shunda.

Insonning hayoti va turmushida, ayniqsa, yosh avlodning kamolot topishida, axloqiy voyaga yetishida oilaning o’rni va vazifasi beqiyosdir. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf - odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his etadi. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek: "Xalqimiz tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, eng qimmatli an’analar: halollik, rostgo’ylik, or - nomus, sharmu - xayo, mehru - oqibat, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy fazilatlar eng avvalo oilada shakllangan". Bas shunday ekan, oila va nikoh nima, ularning mohiyati, maqsadi va ahamiyatini bilish har bir fuqaro, har bir bo’lajak mutaxassis, yosh avloddan tortib keksa kishilargacha bilishi zarur va muhimdir.


Oila va nikoh nima? Oila so’zinivg lug’aviy ma’nosi haqida har xil nuqtai nazarlar bor. Masalan, Rimliklarda "oila" so’zi (familia) dastlabki mulk egasiga bo’ysunadigan shaxslar (bu shaxslar mulkining bir qismi hisoblangan; mulk egasining o’z bolalari, xotini, asir, sotib olingan yoki meros bo’lib o’tgan qullar ham hisobga kirgan) majmuini bildirgan. "Ota" so’zi ham dastlab hozirgi ma’nodaga otani emas, balki o’ziga qarashli oilaning xo’jasi yoki egasi degan so’zni anglatgan. "Oila"ning lug’aviy ma’nosi boshqa bir manbaada quyidagicha izohlanadi: "Oila asli arabcha "ayolmand, niyozmand" ma’nolarini anglatuvchi “oil” so’zidan chiqqanligi "Farxangi zaboni tojikiyda qayd etilgan. "O’zbek tilining izohli lug’ati" da ham bu so’zning arabchaligi ta’kidlanib, "er-xotin, ularning bola - chaqalari va eng yaqin tug’ishganlaridan iborat birga yashovchi kishilar majmui, xonadon" ma’nosidagina izohlanadi. Har ikkala izohda ham so’zdagi ma’no yuki onalik bulog’idan suv ichgan holda shakllanganligi yetarli ifodalanmagan. "Oila" so’zining lug’aviy ma’nosi uning mohiyatini anglashda va ta’kidlashda muhim negiz bo’ladi. Adabiyotlarda oilaning turli ta’riflari mavjud. Shundan eng mukammali quyidagidir: Oila - kishilarning tabiiy-biologik (jinsiy munosabatlar, bola tug’ish), iqtisodiy (mulkiy munosabatlar, uy - ro’zg’orni boshqarish), huquqiy (masalan, nikohni davlat yo’li bilan qayd etish), ma’naviy (er

  • xotin, ota - ona va bolalar o’rtasidagi mehr - muhabbat tuyg’usi va boshqa) munosabatlariga asoslangan ijtimoiy birligi"45 . Professor A. Ortiqovning ma’ruza matnlarida, yosh olima F.Primovaning oila haqida quyidagi yanada mukammalroq ta’rifi keltirilgan: "Oila jamiyatning tarixiy taraqqiyot jarayonida, uning davomiyligini ta’minlovchi tabiiy - biologik, ijtimoiy ehtiyojlarning qonuniyati asosida shakllanib, takomillashgan kishilarning ijtimoiy - iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy - axloqiy munosabatlariga asoslangan barqaror ijtimoiy birligidan iborat"46. Darhaqiqat, oila er - xotin, ularning bola - chaqalari, eng yaqin tug’ishganlaridan iborat kishilar guruhi, boshqacha aytganda xonadonidir. Chunki oila juftlik qonuni asosida yuzaga keladi, bir erkaknnng o’zi yoxud bir ayolning o’zi oila bo’la olmaydi. Qolaversa, oila faqat er va xotindangina iborat emas. Oila er - xotindan tashqari erning ota - onasi, ya’ni qaynota va qaynonalar, farzandlar, uka va singillardan iborat ko’p bo’g’inli xonadon. Uning har bir a’zosi o’z mavqeiga ega, shu oilaning ichki intizomiga buysunib yashaydi. Shu ma’noda oila jamiyat ichidagi jamiyatdir. Bu jamiyatning o’z saltanati bor: Bunda minglab tasodiflar jarayonida er - xotin muhabbati sinovdan o’tadi, shu sinov jarayonida ular bir - birlarini chuqurroq tushuna boradi, bir - birlarini qadrlashni o’rniga qo’yadigan bo’ladi, bir - birlariga kechirimli bo’lishadi, er - otaga, xotin-onaga aylanadi, farzandlarni tarbiyalab elga qo’shadi, orzu - xavas ko’radi. Shu manoda oila inson hayotiga to’kislik baxsh etadi, jamiyatning muqaddas maskani sifatida sadoqat sarchashmasiga aylanadi. Oila ana shu asoslarga tayangan holda kishilik tafakkuri va ijtimoiy harakatining ulug’ kashfiyoti bo’ldi. Demak, oila-jamiyatning asosiy bo’g’ini, yacheykasi bo’lib, unda er - xotinlik, ota - onalik, farzandlarning va tug’ishganlarning o’zaro shaxsiy qarindoshlik va mulkiy maqsadlari, manfaatlari va huquqlari bilan bog’liq munosabatlar mujassamlashgandir. Kishilar uchun muqaddas dargox bo’lgan oila insonlarning tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va ma’naviy munosabatlari zamirida vujudga keladi. Albatta oila juftlik qonuni asosida yuzaga keladi. Bu jarayonda eng avvalo ikkala jins o’rtasidagi kelishuv, ya’ni nikoh asosiy rol o’ynaydi. Chunki oila taqdiri rasmiy - nikohiy tus olishidan boshlanadi, shundagina er - xotin oldida, xotin er oldida, ular ota - ona sifatida farzandlaru qavm - qarindoshlar, mahalla - ko’y, qisqasi jamiyat oldida, o’z navbatida farzandlar ham o’z ota - onalari va el oldida ma’suliyat sezadilar va burchli ekanliklarini his etib yashaydilar.

Xo’sh, nikoh nima? Nikoh ham arabcha so’z bo’lib, "O’zbek tilining izohli lug’ati"da: Er - xotinlikni shariat yo’li bilan rasmiylashtirish marosimi va shu marosimda domulla tomonidan o’qiladigan shartnoma ma’nosiga ega ekanligi qayd etilgan". Boshqa lug’atlarda ham nikoh "Er - xotinlikning yuridik (huquqiy) ravishda rasmiylashtirilgan oilaviy ittifoqi, "nikoh ahdi", "erxotinlik, uylanish" ma’nolarida ishlatilgan.3 Nikoh to’g’risida ham turli ta’riflar bor. Shundan eng ma’quli quyidagi ta’rifdir: "Nikoh ikki jinsdagi shaxslarning oilaviy munosabatlarda ishtirok etish uchun o’zaro ahdlashuvidir".4 Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FXDYO) bo’limida tuziladi va rasmiylashtiriladi Qonunga binoan nikoh tuzish shartlaridan eng muhimlari

  • nikohga kiruvchilarning o‘zaro roziligi va ularning nikoh yoshiga etganliklari. Bizda yigitlar18, qizlar-17-nikoh yoshlari qilib belgilangan. Nikoh tuzishdan oldin ikki yosh orasida goh ochiq sevgi-muntazam uchrashuvlar, ahdu-paymonlar va orqa varotdan bir-birini yoqtirish bo‘lishi mumkin. Har ikkala ahvolda ham rozilik o‘zgarmas shart hisoblanadi.

Muhammad Alayhissalom uylariga sovchi kelganda qizlari Fotimadan doimo rozilik so‘raganlar va rad javobi olganlar. Faqat Hazrat Ali sovchi qo‘yganlarida Bibi Fotima rozilik berganlar. Demak, farzandning roziligini olish bizga payg‘ambarimizdan qolgan sunnat. Hozirgi kunda ham ko‘pgina yoshlarimiz sovchi orqali turmush quradilar. Odatda sovchi kelib ketgach, yigit bilan qiz uchrashtiriladi, ikkalasi bir-birini ma’qul ko‘rsagina to‘y bo‘ladi. Juda ko‘p hollarda bunday yoshlar o‘rtasida keyinchalik haqiqiy muhabbat shakllanadi. Abdulla Qodiriy «O‘tgan kunlar» romanida tasvirlagan Otabek bilan Kumush o‘rtasidagi sevgini buning mumtoz namunasi desa bo‘ladi. Nikoh o‘z mohiyatiga ko‘ra ahloqiy hodisa. Unda ehtiroslar axloqqa bo‘ysundiriladi. Oddiy birga yashashda esa tabiiy extiyojni qondirish birinchi o‘rinda turadi. Nikohda u ikkinchi darajali mavqe’ni egallaydi. Demak, nikoh - oilaning faqat huquqiy asosi bo’lib, erkak bilan ayolning bir - biriga va bolalariga, ya’ni bir oilaga mansub kishilarning bir - birlari oldida va jamiyat oldida huquq va majburiyatlarini, axloqiy va huquqiy ma’suliyatini belgilaydigan oilaviy ittifoqidir. Demak, oila nikoh asosida vujudga keladi. Lekin oila va nikoh aynan bir tushunchalar emas. Oila - nikoh va qon-qardoshlik bilan bog’langan kishilarning tarixan shakllangan ittifoqidir, eng avvalo, er va xotin, ota - onalar bilan bolalar o’rtasidagi munosabatlardir. Nikoh - oilaning faqat huquqiy asosi bo’lib, bir oilaga mansub kishilarning, eng avvalo, er va xotinning va farzandlarning bir -birlari oldida huquq va majburiyatlarini, axloqiy va huquqiy ma’suliyatini ifodalaydi.
Oila va nikoh tarixiy hodisa bo’lib, ular jamiyatning kelib chiqishi va taraqqiyotida azaldan mavjud bo’lmagan. Oilaning kelib chiqishi hali batamom oydinlashtirilgan emas. Bu to’g’rida turlicha nuqtai-nazarlar mavjud. Mutaxassislarning aksariyatining fikricha, oila va nikoh munosabatlarining evolyutsiyasi quyidagicha yuz bergan: Ibtidoiy tuzumning avvalida (ilk va so’nggi paleolit chegaralarida) umuman oila va nikoh bo’lmagan, u davrda promiskutet deb nomlangan tartibsiz jinsiy aloqalar odati hukm surgan, ya’ni to’dadagi har bir ayol barcha erkaklarniki va har bir erkak barcha ayollarniki hisoblangan. Keyin bu aloqalar o’rnini guruhiy nikoh egallagan. Guruhiy nikohda bir urug’dagi hamma erkaklar boshqa urug’ning barcha ayollariga er bo’lish huquqiga ega bo’lganlar. So’ngra esa mazkur jamiyat oilasining asosiy shakli sifatida juft oila paydo bo’lgan. Juft nikohda esa er - xotin hisoblangan erkak va ayol o’z urug’larida yashagan. Bu oila qarindoshlikni ham ota tomonidan (otalik davri), ham ona tomonidan (onalik davri) hisoblab borgan, lekin bu oilalarda hali er - xotin nikohi barqaror, alohida xo’jalikka ega emas edi. Bu davrda (bronza davri boshlanishi va temir davrida) tabiiy faktor o’z vazifasini tugalladi, ya’ni jinsiy munosabatlar doirasida qon -qardoshlar istisno qilindi, jinsiy munosabatlar faqat bir erkak va bir ayol munosabatlariga aylangan nikohda xotin er bilan yashash uchun uning urug’iga ko’chib o’tgan. Monogam (yakka nikohlik) oila paydo bo’ldi. Nihoyat individual oila bo’lib, bu kichik oilada nikoh er -xotinni hamda ularning bolalarini bir - biri bilan mustahkam bog’laydi. Bu holat xususiy mulkchilik rivojlana boshlab ibtidoiy jamoa tuzumi emirilayotgan davrga to’g’ri keladi. Oila shakllari nikoh xarakteriga qarab ham bir biridan farq qiladi: 1) Poligam (ko’p nikohlik) va monogam (bir nikohlik) oila; 2) hukmronlik kimning qo’lida bo’lishiga qarab oila patriarxal (ota yoki aka-ukalarning biri tomonidan boshqariladigan) matriarxal (ona tomonidan boshqariladigan), 3) demokratik (er - xotinning tengligiga asoslangan) oilaga bo’linadi. Hozirgi jamiyat oilasi "demokratik" oilaning tipik shaklidir.
Mashhur amerikalik faylasuf Jorj SaktaYana (1803-1952) ta’kidlaganidek: "Oila, bu — tabiatning shoh asarlaridan biriga aylandi". Fransuz yozuvchisi V. M. Gyugo (1802- 1885): "Oila

  • jamiyatning duru gavhari", — degan edi. Buyuk tatar olimi Rizouddin ibn Faxruddin (18481917) "Oila" asarida Shunday degan edi: "Millatlar sharafini yuqori martabaga ko’taradigan narsa millionlar ila sanalmoqda bo’lgan askarlaru dunyoda eng buyuk va zo’r bo’lgan kemalar emas, balki eng oz e’tibor beradiganimiz, yo bo’lmasa hech bir zamon e’tibor bermasdan keladiganimiz bo’lmish oiladir. Oila nizomsiz bo’lsa, uning yomon oqibati butun millatga ta’sir etar va shu sababdan fazilat yeriga razolat, taraqqiyot o’rniga tubanlik negiz ko’rar. Xudoning o’zi asrasinku, agarda bir millatga bunday hol ro’baru kelsa, u millat kitobining so’nggi varag’i ochulg’usidir"47.


Yüklə 107,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin