13-mavzu: “etika” fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati. Nikoh va oilaning axloqiy asoslari, uning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni reja


Nikohning qonuniy va diniy jihatlari



Yüklə 107,98 Kb.
səhifə8/8
tarix02.06.2023
ölçüsü107,98 Kb.
#124139
1   2   3   4   5   6   7   8
13 mavzu

Nikohning qonuniy va diniy jihatlari.
Insoniylik nuqtai nazaridan qaralganda nikoh - muqaddas ishdir. CHunki u halollik asosida qo‘shilishni ma’qul deb biladi, nikohsiz qo‘shilish esa haromlik belgisidir. Haromlik ta’siri esa bo‘lajak farzandlarda, oilaning barakali bo‘lishida o‘z salbiy oqibatlarini ko‘rsatishi mumkin. Qonun tilida nikoh bola tug‘ilishini qonunlashtiradigan alohida turdagi xususiy shartnomani anglatadi. SHariat bo‘yicha nikoh shartnomaga o‘xshab ketsada, undan farq qilgan. U umurbodga tuziladi. SHariat muddatli shartlarga yo‘l qo‘ymagan. Agar nikoh ahdida muddatli shartlarga ma’lum hafta, oy yoki yilga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, bunday nikoh haqiqiy emas deb sanalgan. SHariat bo‘yicha nikohdan o‘tish uchun nikohdan o‘tuvchilardan bir qator shartlarga rioya qilish talab etilgan. Ular: birinchidan-nikohdan o‘tuvchilarning o‘zaro roziligi; ikkinchidan-nikoh yoshiga to‘lish; uchinchidan-nikohni guvohlar ishtirokida tuzish; to‘rtinchidan-kelin uchun qalin va mahr to‘lash; beshinchidan-diniy e’tiqod birligi; oltinchidannikohdan o‘tadiganlar yaqin qon

  • qarindosh bo‘lmasligi; ettinchidan-tabaqa bo‘yicha tenglik; sakkizinchidan-nikohdan o‘tivchilarning ruhiy jihatdan sog‘lom bo‘lishi lozim. Shariat bo‘yicha nikoh yoshi ug‘il bolalar uchun 12 yosh, qizlar uchun 9 yosh belgilangan. Shunda o‘g‘il bolalar jinsiy jihatdan voyaga etgan bo‘lishlari lozim. Amalda esa o‘g‘il bolalar-14, qizlar-12 yoshga to‘lganda nikoh tuzilgan. Shariat bo‘yicha nikoh ahdini tuzish vaqtida albatta ikki kishi guvohlikka o‘tishi lozim. Guvohlikka o‘tishga qo‘yilgan shaxslar nikoh ahdini tuzuvchilarning o‘zaro roziligini o‘zlari bir vaqtning o‘zida eshitgan bo‘lishlari lozim edi. Shariat bo‘yicha nikoh ahdini tuzishning navbatdagi sharti ajratilgan mahrni berishdan iborat bo‘lgan. Bu siz nikoh haqiqiy emas, deb sanalgan. Mahr kuyov tomonidan kelinga berilib, uy-joy va sepdan iborat bo‘lgan. Har bir hududda mahr, qalin hajmlari har-xil bo‘lgan. Shariat bo‘yicha, faqat islom diniga mansub bo‘lgan shaxslargina o‘zaro nikoh tuza olgan. Agar ayol boshqa dindan islom diniga o‘tsa, u bilan nikoh qurish mumkin edi. Qur’oni karimning “Niso” (4)-surasinin 22-24oyatlarida nikoh taqiqlangan hollar batafsil belgilab berilgan. Nikoh ahdini tuzishda talab qilinadigan shartlardan biri tabaqa bo‘yicha tenglikdir. Nikoh haqiqiy teng bo‘lishi uchun “kafalat” - nikohga kiruvchi shaxslar urug‘i, qarindoshligi bo‘yicha va unvonlarda teng bo‘lishi lozim edi. Shariat bo‘yicha nikoh ahdini tuzuvchi tomonlar ruhiy jihatdan sog‘lom bo‘lishi lozim. Aqldan ozgan shaxs bilan tuzilgan nikoh tuzilmaydi. SHariat bo‘yicha erkaklar bir vaqtning o‘zida bir qancha xotin olishlari, ammo ularning soni to‘rttadan oshmasligi lozim edi. Sababi agar bir erkak faqat bir ayolga uylanishi mumkin deyilsa, erkaklar sanog‘idan ortib qolgan ayollarga zulm qilingan bo‘lur edi. Ya’ni, bu ayollar o‘zlarining turmush qurish va ona bo‘lish huquqlaridan mahrum bo‘lib qolar edilar. Natijada jamiyatda nopoklik va maishiy buzuqliklar yuzaga kelar edi. Shuning uchun Islom moddiy imkoniyatlari bor erkaklarga ko‘p xotinlik bo‘lishga ruxsat beradi. Bunday holat Turkiston sharoitida ham mavjud bo‘lib, erkaklar ikki va undan ortiq xotinlarga uylanib, ular bilan bir umumiy xo‘jalikni vujudga keltirganlar. Musulmonalar nikoh tuzilishiga qadar bir qator diniy urfodatlarni bajarishlari lozim bo‘lgan. Bu urf-odatlarning biri sovchilik bo‘lib, bo‘lajak kuyovning yaqin qarindoshlari kelinning ota-onasi huzuriga borib, nikoh to‘g‘risida kelishib oladilar. Bu jarayon “fotiha qilish”, “unashtirish” deb atalgan. Ikkinchidan, nikohni xalqqa e’lon qilish uchun ziyofat berish musulmonlar uchun sunnat amallaridan biri hisoblangan. Uchinchidan, nikoh ahdini tuzish vaqtida ruhoniyat vakili bo‘lmish mulla, ikki guvoh va kuyov kelinning uyiga, yoki kelin va kuyov guvohlari bilan masjidga boradi. Mulla nikoh “xutba” sini o‘qishdan oldin er-xotinlik shartlari, er va xotinning burch va huquqlarini tushuntiradi, kelin va kuyovning roziligini so‘raydi, tasdiqlovchi javobni eshitgan mulla nikoh xutbasini o‘qiydi. Nikoh ahdi tuzilgandan so‘ng nikoh vasihasini olish vaqtida ikki taraf ham mullaga yoki qoziga pul to‘lashi lozim edi. Bu vasiqa “nikoh pattasi”, to‘langan pul esa “nikoh koma” deb nomlangan. Nikoh ahdi tuzilgandan e’tiboron kelin erining uyida bo‘lishi lozim. Kelin erining uyiga asosan to‘ydan so‘ng borgan. Yuqorida ko‘rsatilgan nikoh ahdini tuzish vaqtida bajarilishi lozim bo‘lgan holatlarni hisobga olib, qo‘yidagi xulosaga kelish mumkin: shariat bo‘yicha nikoh tuzish o‘ziga xos hususiyatlarga ega bo‘lib, islom dini tomonidan belgilangan talablar uning qonuniyligi va oshkoraligini ta’minlagan.

Nikohning qonuniy jihatlari. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va O’zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan "Oila kodeksi"da batafsil bayon qilingan bo’lib, ularning asosiy vazifalari oilani mustahkamlash, oilaviy munosabatlarni o’zaro muhabbat, ishonch va hurmat, hamjihatlik, bir - biriga yordam berish hamda oila oldida uning barcha a’zolarining mas’ulligi hissi asosida ko’rishdan, biron bir shaxsning oila masalalariga o’zboshimchalik aralashishiga yo’l qo’ymaslik, oila a’zolari o’z huquqlariga to’sqinliksiz amalga oshirishini hamda bu huquqlarning himoya qilinishini ta’minlashdan iborat. Oilaviy turmushda ota

  • onalar quyidagi huquqlarga ega bo’ladi va bajarilishi ularning burchlari hisoblanadi: 1) bolalarga ism - sharif va familiya qo’yish; 2) ularning fuqaroligini va millatini belgilash;

  1. o’z bolalariga vakillik qilish, ya’ni ular xali huquqiy muomalaga layoqatsiz ekanlar, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish; 4)o’z bolalarining istiqomat joylarini belgilash va ularni qonunsiz ushlab turgan shaxslardan talab qilib olish; 5) o’z bolalarini tarbiyalash, ularga nafaqalar berish va hokazo. Ota-ona o’z bolasiga qaramasa, tashlab ketsa, jinoyat yo’liga o’tib burchlarini bajarmasa ular otalik, onalik huquqlaridan mahrum etilishi mumkin hamda ular keyinchalik farzandlaridan nafaqa olish huquqlaridan ham mahrum bo’ladilar. O’z navbatida, farzandlar ham ota - onalarining oldida o’z burchlarini bajarishlari shart bo’lib, bularga mehnat qobiliyatini yo’qotganda, kasal bo’lganda, boquvchisiz qolgan ota - onalarga g’amxo’rlik qilish va hokazolar kiradi.

Yüklə 107,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin