13-mavzu: Huquq normalari va funktsiyalari Reja


Huquq normasining belgilari



Yüklə 56,83 Kb.
səhifə5/14
tarix25.12.2023
ölçüsü56,83 Kb.
#196611
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
13-mavzu Huquq normalari va funktsiyalari Reja-hozir.org

Huquq normasining belgilari
Huquqqa turli ta’riflar berishimiz mumkin: Masalan, 1) huquq jamiyatda tartibni belgilaydigan va davlatning majburlash imkoniyati bilan ta’minlangan meyorlar yig`indisidir; 2) huquq jamiyatda insonlarning bir-birlari bilan va jamiyat bilan munosabatlarini tartibga soladigan va rioya qilinishi davlat kuchi bilan ta’minlangan ijtimoiy meyorlar yig`indisidir; 3) jamiyat holida yashaydigan insonlarning ijtimoiy jihatdan muhim bo`lgan hatti-harakatlarini tartibga soladigan, birgalikdagi hayotning tinchlik, osoyishtalik va o`zaro ishonch ichida bo`lishini ta’minlaydigan talab va taqiqlardan tarkib topgan ijtimoiy hulq-atvor qoidalarining yig`indisi.
Huquq normasi davlat tomonidan o`rnatilgan ijtimoiy munosabatlar tartibining modeli bo`lib, munosabat ishtirokchilari uchun qilish mumkin bo`lgan qilish lozim bo`lgan va qilish man etilgan harakatlarning, inson erkinligining chegaralarini belgilaydi.
Huquq normalari quyidai belgilarga ega:
1. Huquq davlat tomonidan o`rnatiladi va davlat irodasini ifoda etadi. Davlat jamiyat irodasini qonunlarda o`rnatishi orqali uni hamma uchun majburiy qoidaga aylantiradi. Jamiyatdagi boshqa irodalardan farq qilib davlat irodasida jamiyatning barcha qatlamlari, toifalarining iqtisodiy, siyosiy, madaniy manfaat va intilishlari mujassamlashgan bo`ladi, davlat tomonidan chiqariladigan va qo`riqlanadigan huquq meyorlarida mustahkamlanadi. Huquqni tashkil qiluvchi meyorlar boshqa ijtimoiy meyorlardan farq qilib jamiyatning davlat orqali amalga oshiriladigan irodasini ifodalaydi, davlat tomonidan qabul qilinadi va tushuntirish, ishontirish bilan bir qatorda zarurat bo`lgan hollarda davlatning majburlash imkoniyatini qo`llashi, yuridik (moddiy) javobgarlik orqali ta’minlanadi. Davlat huquq normalarini o`zining rasmiy me’yoriy-huquqiy hujjatlari vositasida o`rnatadi. Masalan, Oliy Majlis qonun, Prezident farmon va qarorlar, hukumat qarorlar qabul qiladi.
2. Huquq meyoriy xususyatga ega. Huquq normalari ijtimoiy munosabat ishtirokchilariga nima qilish mumkinligi, nima qilish mumkin emasligi va nima qilish lozimligi to`g`risida axborot yetkazadi. Huquq normalari bir tomondan inson va uning tashkilotlariga u yoki bu ehtiyojlarini amalga oshiris uchun erkinlik va vakolatlar beradi, boshqa tomondan boshqa inson va tashkilotlarning ehtiyoj va manfaatlariga zarar yetmasligi uchun muayyan harakatlarni qilish yoki qilmaslikka majburlaydi. Huquq normasi insonga hatti-harakat erkinligini beradi, lekin bu erkinlik chegaralarini belgilab qo`yadi. Huquq normasi bilan belgilangan erkinlik chegarasidan chetga chiqish o`zboshimchalik bo`lib, umumiy erksizlikni keltirib chiqaradi. Masalan mulkdor bo`lish huquqi belgilangan. Unga ko`ra inson mulkka egalik qilishi, undan foydalanishi va uni tasarruf etishga haqli. Lekin begonaning mulkiga qonunga xilof ravishda egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish man qilinadi, chunki agar bunday hatti-harakatga ruxsat etilganda, bu hech kim mulkdor bo`lish huquqiga ega emasligini anglatgan bo`lardi. Yoki inson yashash huquqiga ega, lekin o`zgalar hayotiga suiqasd qilish man qilinadi, chunki agar man qilinmagan bo`lsa, bu hech kim yashash huquqiga ega emasligini anglatgan bo`lar edi.
3. Huquq normalari davlatning majburlash kuchi bilan ta’minlangan bo`ladi. Davlat huquq normalarini buzilishlardan qo`riqlaydi. Zarur bo`lgan hollarda davlat huquq normalariga rioya qilishga majburlash choralarini qo`llaydi. Mumkin bo`lmagan harakatni sodir qilish yoki lozim bo`lgan harakatni qilmaganlik huquq buzilishiga olib keladi, bunday holda vakolatli davlat organi huquqbuzarga nisbatan javobgarlik choralarni qo`llaydi. Huquq boshqa ijtimoiy meyorlardan davlat tomonidan chiqarilganligi, buzilishdan davlatning majburlash imkoniyati bilan qo`riqlanishi, umummajburiyligi, shaklan aniqligi, ijtimoiy munosabatlarni rasmiy tartibga soluvchisi ekanligi bilan farq qilib turadi.
4. Boshqa ijtimoiy meyorlardan farq qilib umummajburiy bo`lib hisoblanadi va kim bo`lishidan qat’iy nazar hamma uchun bir xil kuchga ega bo`ladi.
5. Huquq tartibga soluvchisi xususiyatiga ega. Huquq normalari muayyan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish maqsadida chiqariladi. Lekin boshqa ijtimoiy meyorlardan farq qilib huquq davlatning tartibga soluvchi vositasidir. U ijtimoiy munosabatlarni davlat irodasi asosida tartibga soladi. Huquq davlat siyosatini hayotga tatbiq etishning samarali vositasi bo`lib hisoblanadi. Huquq ijtimoiy munosabat ishtirokchilari uchun muayyan yuridik oqibatlarni keltirib chiqaruvchi yagona vosita. Huquq ijtimoiy munosabat ishtirokchilari uchun o`zaro huquq va majburiyatlarni belgilab beradi, munosabatni tartibga soladi va ular davlat tomonidan kafolatlanadi va qo`riqlanadi. Shunday qilib huquq bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar huquqiy munosabatlar xarakterini oladi.
6. Boshqa ijtimoiy meyorlardan farq qilib huquq shaklan aniq bo`ladi va maxsus texnika asosida tayyorlangan va qabul qilingan huquq shakllariga ega bo`ladi. Bu shakllarga qonun, farmon, qaror va boshqalar kiradi. Shuningdek, bu shakllar ierarxiya ko`rinishida amal qiladi. Konstitutsiya eng ustun qonun sanaladi. Boshqa barcha qonunlar unga mos bo`lishi shart.
Shunday qilib, huquq davlat tomonidan chiqarilgan va davlat irodasini ifodalaydigan, davlat tomonidan qo`riqlanadigan va davlatning majburlash imkoniyati bilan ta’minlangan bajarilishi umummajburiy bo`lgan ijtimoiy meyorlar yig`indisidir.

Yüklə 56,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin