13-mavzu: Huquq normalari va funktsiyalari Reja


Huquq prinsiplarining tasnifi



Yüklə 56,83 Kb.
səhifə9/14
tarix25.12.2023
ölçüsü56,83 Kb.
#196611
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
13-mavzu Huquq normalari va funktsiyalari Reja-hozir.org

5. Huquq prinsiplarining tasnifi
Huquq prinsiplarini mazmuni, namoyon bo`lish jabhasi va xususiyatlariga qarab turli mezonlar asosida tasniflash mumkin. Masalan, huquqning tipi va harakatlanish ko`lamiga qarab quldorchilik, feodal, burjua va sotsialistik huquq prinsiplari haqida gapirish mumkin. Shuningdek, huquq prinsiplari o`z tabiatiga ko`ra ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, axloqiy, diniy va maxsus-yuridik turlarga bo`linadi. Huquqshunoslikka oid adabiyotlarda umumiy va maxsus, sohaviy va tarmoqlararo prinsiplar to`g`risida fikr- mulohazalar mavjud.


Umumiy huquqiy prinsiplar butun huquqiy tizim zaminida turishi bilan xarakterlanadi. Bu prinsiplar tahlili orqali u yoki bu mamlakat huquqiy tizimining mazmun-mohiyati, tabiati, o`ziga xos xususiyatlari, harakatlanish sifatlari haqida xulosa chiqarish mumkin. Bunday huquqiy prinsiplar qatoriga quyidagilar kiradi:
1) Huquqni shakllantirish va amalga oshirishda demoqratizm prinsipi.
Mazkur prinsip huquqni yaratish sohasida xalqning, bevosita xalq vakillari bo`lmish deputatlarning, jamoat birlashmalari va nodavlat tashkilotlar, siyosiy partiyalarning, fuqarolarning huquqiy siyosatni shakllantirish va qonunchilikni takomillashtirishda keng ishtiroki orqali namoyon bo`ladi. Huquqni amalga oshirish jabhasida demoqratizm tamoyili huquqni qo`llovchi va huquqlarini muhofaza qiluvchi idoralarni tashkil etish va faoliyat yuritish tartibida, dastavval odil sudlovni amalga oshirish jarayonida, ularning fuqarolarga yaqinligida, aholi uchun yuridik yordamning realligi darajasida o`z aksini topadi.
Xususan, O`zbekistonda avj oldirilayotgan sud-huquqiy islohotning zaminida ham demokratik jihatlarni chuqurlattirish yotadi. Bunda advokatlar mavqeini kuchaytirish, sud jarayonida prokuror bilan advokatning huquqiy mavqeini tenglashtirish, prokuratura va militsiya faoliyatini inson huquqlarini ta`minlash nuqtai nazaridan isloh etish kabilar ko`zda tutiladi. «Jamiyatda demoqratiya qay darajada ekanligini belgilovchi kamida uchta mezon bor, - deb ta`kidlaydi O`zbekiston birinchi Prezidenti I.A.Karimov. - Bular - xalq qarorlar qabul qilish jarayonlaridan qanchalik xabardorligidir. Hukumat qarorlari xalq tomonidan qanchalik nazorat qilinishi, oddiy fuqarolar davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishidir. Ana shu uch sohada haqiqiy siljishlar bo`lmas ekan, demoqratiya haqidagi hamma gap -so`zlar yo xalqqa xushomad qilish yoki oddiy siyosiy o`yin bo`lib qolaveradi».
2) Qonuniylik prinsipi. Huquq ijodkorligi jarayoni sub`ektlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini tayyorlash, muhokama etish, qabul qilish va nashr etish qonunlar, avvalo, Konstitutsiya asosida amalga oshiriladi. Qonuniylik tamoyilining asosiy ma`nosi shundaki, qonun chiqaruvchi idora - parlamentning ham, huquq ijod etuvchi boshqa idoralarning ham faoliyati qonun asosida qat`iy amalga oshirilishi lozim.
Sudlov jarayoni hatqida huquqni amalga oshirishda ish ko`radigan barcha davlat idoralari va mansabdor shaxslar faoliyati ham batamom qonunga mos ravishda bo`lishi talab etiladi. Mazkur faoliyatda qonuniylik prinsipi barcha mutasaddi idoralar, mansabdor shaxslar hamda fuqarolar xatti-harakatida qonunga itoat etish, uning talabiga og`ishmay rioya qilishda namoyon bo`ladi. Qonuniylik umumiylik va yagonalik sifatlari bilan xarakterlanadi. Qonunga itoat etish barcha sub`ektlar uchun umumiy talabdir. Ayni vaqtda, qonundagi har bir qoida huquqiy munosabatning barcha ishtirokchilari uchun yagona talab sifatida maydonga chiqadi. Boshqacha qilib aytganda, qonun ustuvor va butun mamlakat hududida yagonadir. U bir xilda tushunilishi va bir xilda bajarilishi lozim.
3) Insonparvarlik prinsipi. Buning ma`nosi shundaki, huquq jamiyat - inson - davlat o`rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash va tartibga solishda adolat, insonni sevish, shaxsni e`zozlash va uning sha`nini qadrlash, unga hayot kechirish uchun munosib shart-sharoitlar yaratib berish nuqtai nazaridan kelib chiqadi.
Huquqning insonparvarligi qonunchilik hujjatlarida mustahkamlangan iqtisodiy hamda ijtimoiy tuzum shaxs uchun qulay shart-sharoitlar, imtiyozlar yaratishini nazarda tutadi. Huquqda shaxsni tahqirlovchi, qiynovchi, unga nisbatan noinsoniy munosabatni mustahkamlovchi qoidalar bo`lishi mumkin emas. Mamlakatda vujudga keltirilgan kafolatlar tizimi fuqarolarni g`ayrihuquqiy xatti-harakatlardan hamda ularning oqibatlaridan himoya qilishi kerak.
Albatta, fuqarolar huquq va erkinliklarining to`la kafolati faqat demokratik huquqiy davlat sharoitidagina bulishi mumkin. O`zbekistonda insonparvar huquqning shakllanishi mustaqillik, davlat suverenitetining qo`lga kiri-tilishi hamda mustahkamlanishi davri bilan chambarchas bog`liqdir. Xususan, O`zbekiston Konstitutsiyasida: oila jamiyat va davlat muhofazasidadir (63-modda). Ota-onalar o`z farzandlarini voyaga etgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar. Davlat va jamiyat etim bolalarni va ota-onalarining vasiyligadan mahrum bo`lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o`qitishni ta`minlaydi (64-modda). Voyaga etgan, mehnatga layoqatli farzandlar o`z ota-onalari haqida g`amxo`rlik qilishga majburdirlar (66-modda), - deb ta`kidlanganligida naqadar insonparvarlik g`oyalari mujassamdir. Bunday insonparvarlik bilan yo`g`rilgan huquqiy qoidalarni Oila kodeksida, Mehnat kodeksida, «Fuqarolar sog`lig`ini saqlash to`g`risida», «Fuqarolarning pensiya ta`minoti to`g`risida»gi va boshqa qonunlarimizda ko`plab uchratish mumkin.
4) Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasiga muvofiq, O`zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo`lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e`tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat`i nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilab qo`yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo`lishi shart.
Mazkur prinsip quyidagi jihatlar bilan tavsiflanadi. Birinchidan, davlatda barcha fuqarolar teng holat va maqomga egaligi. Davlat o`z qonunlari bilan fuqarolarga bir xildagi sharoit va teng imkoniyatlar yaratib beradi. Hamma bir xildagi huquq, va majburiyatlarga ega. Biroq, ulardan foydalanish amalda turlicha bo`ladi. Masalan, birov oliy o`quv yurtiga kiradi, ikkinchi fuqaro esa bu huquqdan foydalanmaydi. Ikkinchidan, bu prinsip umumfuqaroviy huquqlarning tengligida ifodalanadi. Bu huquqlar, avvalo, Konstitutsiyada va boshqa qonunlarda mustahkamlanadi. Bular fuqarolarning saylov huquqi va saylanish huquqi, mehnat qilish huquqi, bilim olish huquqi, meditsina yordamidan foydalanish huquqi, turar joyga, xususiy mulkka ega bo`lish huquqi va hokazolardir. Uchinchidan, bu prinsip fuqarolarning qonun oldida birdek mas`ulligida ifodalanadi. Qonunni buzgan har bir fuqaro, har bir mansabdor shaxs (shu jumladan, yuridik shaxs) beistisno o`z qilmishi uchun javob berishi shart.

Yüklə 56,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin