Tarmoqlararo huquqiy prinsiplar ikki yoki undan ortiq huquq tarmoqlari doirasida amal qiladigan prinsiplardir. Ko`pincha bunday prinsiplar bir-biriga yaqin turuvchi huquq sohalarini qamrab oladi (masalan, konstitutsiyaviy va ma`muriy huquq sohalari; jinoiy-protsessual va fuqarolik-protsessual huquqi sohalari uchun umumiy bo`ladigan prinsiplar). Aytaylik, moddiy javobgarlik prinsipi mehnat huquqi, fuqarolik huquqi, oila huquqi sohalarida qo`llaniladigan tamoyil. Faqat ayb uchun javobgarlik prinsipi esa Jinoyat kodeksida hamda Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksda, bevosita ulardagi moddalarda aks etti rilgan. Bu prinsip fuqarolik qonunchiligida ham asosiy dasturilamallardan biri hisoblanadi. Aybsizlik prezumpsiyasi prinsipi ham tarmoqdararo xarakterga ega. U jinoyat huquqi, ma`muriy huquq, jinoyat-protsessual huquqi va boshqa tarmoq-larda qo`llaniladi.
Sohaviy huquqiy prinsiplarfaqat bitta konkret huquq sohasi doirasida harakatlanadi. Masalan, er huquqi uchun «erga egalik qilish shakllarining ko`pligi va ularning tengliga» prinsipi, «erning fuqarolik muomalasida bo`lish» prinsipi, «er ustidan davlat boshqaruvini amalga oshirish» prinsipi, «erda mustaqil xo`jalik yuritish va erdan foydalanuvchi sub`ektlarning tengligi» prinsipi, «erdan maqsadga muvofiq foydalanish, erdan foydalanganlik uchun haq to`lanishi» prinsipi va hokazolar.
Yana bir misol. Xo`jalik-protsessual (arbitraj-protsessual) huquqdda quyidagi prinsigshar rahbariy rol o`ynaydi: sudyalarning saypab qo`yilishi, ularning mustaqishshgi va faqat qonunga bo`ysunishi prinsipi, ishlarni ko`rishda kollegaallik va yakkaboshchilikning qo`shib olib borilishi prinsipi, ishlarni ko`rishda oshkoralik prinsipi, ishda qatnashayotgan taraflarning tengligi prinsipi, nizolarni ko`rishda bahslashish, og`zakilik va bevositalik prinsiplari.
Har bir huquq sohasi umumiy va tarmoqlararo prinsiplarga tayanishdan tashqari faqat o`zigagina xos prinsiplarga ham asoslanadi. Bu prinsiplarning barchasi birgalikda nafaqat huquq sohasi uchun, bapki butun huquq tizimining tuzilishi va harkatlanishiga zamin bo`lib xizmat qiladi.