5) Davlat va shaxsning o`zaro mas`ulligi prinsipi. Davlat bilan shaxs bir-birlari bilan muayyan huquq va majburiyatlar orqali bog`liq bo`lishlari lozim. Bu demokratik siyosiy tizim va adolatli davlat boshqaruvining muhim talablaridan biridir. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ana shu talab o`z ifodasini topgan: «O`zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo`lgan huquqlari va burchlari bilan o`zaro bog`liqdirlar. Fuqaroning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo`yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo`yishga hech kim haqli emas» (19-modda). Ayni vaqtda, davlat idoralari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas`uldirlar.
O`z navbatida, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga qat`iy itoat etishlari, jamiyat manfaatlariga muvofiq ish tutishlari, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha`ni va qadr-qimmatini hurmat qilishlari, qonun bilan belgilangan soliqlarni to`lashlari lozim. Fuqarolar o`z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur etkazmasliklari shart (Konstitutsiyaning 20-moddasi). Basharti, bir tomondan, davlat, davlat idoralari va mansabdor shaxslar, ik-kinchi tomondan, fuqarolar o`z zimmalaridagi qonuniy majburiyatlarini buzsalar, tegishli yuridik javobgarlik kelib chiqadi. Bunday hollarda fuqaro davlat oldida, davlat esa (o`z mansabdor shaxslari va idoralari orqali) fuqaro oldida qonunda belgilangan majburiyatlarni o`taydi. Mazkur yuridik munosabat hamda aloqadorlik huquqiy davlat barpo etishning zaruriy shartidir. Ta`bir joiz bo`lsa, bu erda gap «davlat suvereniteti» va «shaxs suvereniteti»ning o`zaro dialektik aloqadorligi, bog`liqligi xususida bormoqda.
Umumiy huquqiy prinsiplar qatoriga, shuningdek, ijtimoiy adolat, teng huquqlilik, huquq va majburiyatlar borligi, huquqning ustuvorligi kabilar kiradi.
Maxsus-yuridik prinsiplaraslida huquqiy tilda ifodalangan ijtimoiy prinsiplardir. Odatda, ilmiy adabiyotlarda maxsus-yuridik prinsiplar toifasiga quyidagalar kiritiladi:
1) huquq normalarining butun mamlakat aholisi uchun umumiy-majburiyligi hamda ularning boshqa ijtimoiy normalardan ustuvorligi;
2) amaldagi ob`ektiv huquqni tashkil etuvchi normalar-ning ziddiyatsizligi va qonunning boshqa normativ-huquqiy hujjatlardan ustunligi;
3) huquqning ommaviy va xususiy huquqqa, nisbatan mustaqil huquq sohalari hamda institutlariga bo`linishi;
4) ob`ektiv va sub`ektiv huquq o`rtasida, huquq normasi va huquqiy munosabat o`rtasida, huquq bilan huquqning qo`llanishi o`rtasida mutanosiblik nisbatining mavjudligi prinsipi;
5) ijtimoiy erkinlik, qonun va sud oldida tenglik, teng huquqlilik prinsipi;
6) qonunda mustahkamlangan huquq va erkdapiklarning yuridik kafolatlanganligi;
7) teng yuridik mezon (miqyos)larda ifodalangan xulq-atvorning adolatliligi hamda yuridik javobgarlikning so-dir etilgan huquq buzilishiga mutanosibligi;
8) yuridik javobgarlikning faqat aybli huquqqa xilof xatti-harakat (yoki harakatsizlik) uchungina qo`llanishi va ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda ko`rilib, uning aybi isbotlanmaguncha u aybdor hisoblanmasligi; aybsizlik prezumpsiyasi prinsipi (O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasi);
9) yangi yoki nisbatan ogarroq yuridik javobgarlikni o`rnatayotgan qonunning orqaga qaytish kuchiga ega emasligi prinsipi; jazolash tizimini insonparvarlashtirish.