13-mavzu Huquq normalari va funktsiyalari Reja-hozir.org
6. Huquq funksiyalari tushunchasi va turlari Huquqning mohiyati va ijtimoiy vazifasi uning funksiyalarida namoyon bo`ladi. Huquq funksiyalari - ijtimoiy munosabatlarga yuridik ta`sir etishning as
osiy yo`nalishlari bo`lib, ularning mazmuni huquqning mohiyati va jamiyat hayotidagi ijtimoiy vazifasi bilan belgilanadi. Huquq, avvalo, jamiyat hayotining turli jabhalariga - iqtisodiyotga, siyosatga, ijtimoiy sohaga, madaniy-ma`naviy munosabatlarga ta`sir etadi va shu tariqa iqtisodiy, siyosiy va tarbiyaviy mazmundagi umumijtimoiy funksiyalarni bajaradi.
Huquq funksiyalari quyidagi xususiyatlar bilan xarakterlanadi:
birinchidan, huquq funksiyalari huquqning mohiyatidan kelib chiqadi va uning jamiyatdagi vazifasi bilan belgilanadi. Funksiya - huquq mohiyatining ijtimoiy munosabatlar mazmunida ifodalanishi (yoritilishi)dir;
ikkinchidan, huquq funksiyalari - ijtimoiy munosabatlarga ta`sir etishning shunday yo`nalishlariki, ularni amalga oshirish ehtiyoji huquqning ijtimoiy hodisa sifatida mavjudligi zaruriyatidan kelib chiqadi;
uchinchidan, funksiyalar huquqning eng muhim, jiddiy sifatlarini ifoda etadi va jamiyat rivojining hozirgi bosqichida huquq oldida turgan tub vazifalarni bajarishga yo`naltiriladi;
to`rtinchidan, huquq funksiyalari uning ijtimoiy munosabatlar muayyan turini tartibga soluvchi faol harakatining yo`nalishini aks etti radi. Shu bois huquq funksiyalarining muhim belgilaridan biri uning dinamizmi, hara-katlanishi, ta`sir etishidir;
beshinchidan, huquq funksiyalari doimiylik xususiyatiga ega, bu ularning uzluksizligi, uzoq muddat harakatlanishini anglatadi.
Sof yuridik nuqtai nazardan huquq funksiyalarini ikki turga ajratish mumkin: regulyativ (tartibga soluvchi) va negativ (qo`riqdovchi) funksiyalar.
Huquqning regulyativ funksiyasi jamiyat a`zolari yurish-turishi va xulq-atvorining ijobiy, barchaga maqbul qoidalarini o`rnatishdan, ijtimoiy munosabatlarni yuridik tashkillashtirishdan, insonlar o`rtasidagi ijtimoiy alo-qalarni uyg`unlashtirish va barqarorlashtirishdan iborat. Bu funksiya doirasida huquqiy ta`sirning yana ikki yo`nalishi haqida gapirish mumkin: regulyativ-statik va regulyativ-dinamik huquqiy funksiyalar.