Depozit sertifikati (ingl. Certificate of deposite) – bankka qo’yilgan omonat summasini va omonatchining (sertifikat saqlovchining) omonat summasini hamda sertifikatda shartlashilgan foizlarni sertifikatni bergan bankdan yoki shu bankning istalgan filialidan belgilangan muddat tugaganidan keyin olish huquqini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog’oz.
O’zbekistonda mustaqillikka erishilganidan keyin 1994 yildan boshlab sertifikatlar ikki turda chiqarila boshlandi:
Veksel (nemischa Wechsel so’zidan) – veksel beruvchining yoki vekselda ko’rsatilgan boshqa to’lovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga muayyan summani to’lashga doir shartsiz majburiyatini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog’oz.
Oddiy veksel (solo veksel) – bu qarzdorning (veksel beruvchining) muayyan pul summasini ko’rsatilgan muddatda kreditorga (birinchi oluvchisiga) to’lash majburiyatini ifodalovchi hujjat.
Oddiy vekseldan farqli o’laroq, o’tkazma vekselda ikkita emas, balki uchta shaxs qatnashadi:
veksel beruvchi (trassant);
veksel bilan birga u bo’yicha to’lovni talab qilish huquqini oluvchi dastlabki haridor (yoki veksel egasi);
to’lovchi (trassat), unga veksel egasi to’lovni amalga oshirishni taklif etadi (vekselda bu "to’lang" degan so’z bilan ifodalanadi).
Hosilaviy moliyaviy vositalar - o’z egalarining boshqa qimmatli qog’ozlarga nisbatan huquqlarini yoki majburiyatlarini tasdiqlovchi va yuridik shaxslar tomonidan emitentning optsionlari, qimmatli qog’ozlarga doir fyucherslar va boshqa moliyaviy vositalar tarzida chiqariladigan qimmatli qog’ozlar.
Hosila qimmatli qog’ozlar (HQQ) – bu shartnomalar bo’lib, ular bo’yicha bir tomon qimmatli qog’ozlarning ma’lum bir miqdorini ma’lum muddatda kelishilgan narxda sotib olish yoki sotish huquqi yoxud majburiyatini oladi. Ko’pincha bazis aktivi (ya’ni shartnoma asosida yotuvchi qimmatli qogoz) sifatida Aksiyalar va obligatsiyalar ishtirok etadi. Hosila qimmatli qog’ozlar optsionlar, fyucherslar va varrantlar ko’rinishida chiqarilishi mumkin.
Optsion (nemischa option co’zidan) – emitentning muayyan miqdordagi qimmatli qog’ozlarini optsionda ko’rsatilgan muddatda qat’iy belgilangan narxda sotib olish huquqini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qog’oz.
Optsionning o’ziga xos xususiyati shundaki, uning egasi qimmatli qog’ozning o’zini harid qilmaydi, balki uni sotib olish yoki sotish huquqiga ega bo’ladi. Bunda u o’zining harid qilish yoki sotish xuquqidan foydalanishi yo bo’lmasa, undan voz kechishi mumkin.
Optsionning turlaridan biri varrant (varrant ) hisoblanadi.