Obligatsiya (lotincha obligatio so’zidan, majburiyat) –bu uning egasi qarz berganligidan guvohlik beruvchi va unga ushbu qimmatli qog’ozning nominal qiymatini unda ko’rsatilgan muddatda belgilangan (qat’iy) foiz to’langan holda qoplash majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qog’ozdir.
Aksiyadan farqli ravishda obligatsiya emitentning mol–mulkiga nisbatan mulk unvoni hisoblanmaydi. U ovoz berish va boshqarish xuquqini bermaydi. Obligatsiya – bu bir shaxsning (sarmoyador – kreditorning) boshqa bir shaxsga (emitent – qarzdorga) mablag’larni foydalanish uchun berganligi (kredit) haqidagi guvohnomadir. Obligatsiyalar ma’lum muddatga chiqariladi va so’ndirilishi shart. Emitentning faoliyati tugatilganda ularning egalari qimmatli qog’ozlar boshqa turlarining egalariga qaraganda an’anaviy tarzda ustunlikka ega bo’ladi.
Emitentning xususiyatiga ko’ra obligatsiyalar quyidagi uchta katta guruhga bo’linadi: davlat obligatsiyalari, munitsipal obligatsiyalar, korxonalar obligatsiyalari.
Davlat qimmatli qog’ozlari - O’zbekiston Respublikasining g’azna majburiyatlari va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organ tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining obligatsiyalari.
Munitsipal obligatsiyalarning emitentlari sifatida O’zbekiston Respublikasining milliy – davlat va ma’muriy – hududiy tuzilmalarining hokimiyat idoralari qatnashishi mumkin. Obligatsiyalarni chiqarish to’g’risidagi qaror davlat hokimiyatining mahalliy idoralari: Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimiyatlari tomonidan qabul qilinadi.
Korporativ obligatsiyalar - aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar hisoblanadi. Korxonalar obligatsiyalari tijorat krediti va munosabatlarining asosiy quroli bo’lib, unda bir turdagi korxonalar qarzdorlar, boshqa korxonalar yoki aholi esa, kreditorlar bo’lishadi.
O’zbekiston Respublikasining g’azna majburiyatlari - emissiyaviy qimmatli qog’ozlar egalari O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga pul mablag’lari kiritganliklarini tasdiqlovchi va bu qimmatli qog’ozlarga egalik qilishning butun muddati mobaynida qat’iy belgilangan daromad olish huquqini beruvchi emissiyaviy qimmatli qog’ozlar.
O’zbekistonda g’azna majburiyatlarining quyidagi turlari chiqariladi:
Uzoq muddatli–5 va undan ortiq yil muddatga chiqarilishi
mumkin (xalqaro amaliyotda ular BOND degan nomni olishgan).
O’rta muddatli – 1 yildan 5 yilgacha bo’lgan muddatga chiqariladigan (NOTE)
Qisqa muddatli – 1 yilgacha, 3, 6 va 9 oygacha bo’lgan muddatga
chiqariladigan (BILL).
“Uzoq muddatli va o’rta muddatli xazina majburiyatlarini chiqarish to’g’risida”gi qaror O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan, qisqa muddatlilarni chiqarish qarori esa – Moliya vazirligi tomonidan qabul qilinadi.
O’z tabiatiga ko’ra xazina majburiyatlari davlat obligatsiyalariga juda yaqin. Amalda xazina majburiyatlari jismoniy shaxslar uchun chiqariladigan davlat obligatsiyalaridan boshqa narsa emas, ular bo’yicha daromadlarni qimmatli qog’ozlarga egalik qilishning butun muddati davomida olish mumkin.Depozit sertifikatlari