Mazhab so‘zi arabcha “yo‘l, yo‘nalish” ma’nosini bildirib, istilohda esa “biror
diniy masala, muammo bo‘yicha muayyan mujtahid olimning fatvosiga ergashish”
ma’nosini bildiradi
Hanafiy mazhabi. Hanafiylik asoschisi Imom A’zam Abu Hanifa No‘‘mon ibn
Sobitdir. U hijriy 80-150 milodiy 699- 767 yillarda hayot kechirgan. Ko‘fa
shahrida voyaga etgan.
No‘‘mon ibn Sobit tarixga ikki sharafli nom bilan kirdi.
Abu Hanifa, ya’ni to‘g‘ri yo‘lda sobit turuvchilar rahnamosi.
Imom A’zam, ya’ni buyuk imom.
Abu Hanifa yoshlik chog‘idayoq Qur’oni karimni yodladi va uning ma’nolarini
fahmlashga intildi. Keyinchalik mantiq va kalom ilmi bilan shug‘ullanib, bu
borada atrofdagilardan o‘zib ketdi.
Imom A’zam (r.h.) ham aqidaviy ta’limotga
ham fiqhiy mazhabga asos
soldi. E’tiqod sohasida birinchi bo‘lib "Al-fiqhul-akbar", ya’ni "Katta fiqh" degan
kitoblarini yozdi. Bu kitobda islomdagi musaffo e’tiqod ta’limoti o‘z ifodasini
topgan. Keyinchalik Imom A’zamning mazkur asariga ko‘plab sharhlar bitilgan.
Ba’zi manbalarda qayd qilinishicha Imom A’zamning ushbu "Al-fiqhul-akbar"
kitobiga buyuk vatandoshimiz Imom Moturidiy (r.h.) ham sharh yozgan. Bu
narsani ba’zi bir tarixchilar inkor etishadi. Lekin, Imom Moturidiy o‘z ta’limotini
yaratishda Imom A’zamning e’tiqod borasidagi qarashlariga tayanganlari,
Moturidiyning ustozlari Imom A’zam izdoshlari ekani manbalarda o‘zining aniq
ifodasini topgan.
Movaunnahrga hanafiy mazhabi Muhammad ibn al-Hasanning buxorolik shogirdi
Abu Havf al-Kabir al-Buxoriy olib kelgan. Keyinchalik Abu Sulaymon al-
Jo’zjoniy Xurosonda hanafiy mazhabini tarqatgach,
uning shogirdi Abu Bakr al-
Jo’zjoniy Samarqandga kelib joylashadi va bu yerda “Dor al-Jo’zjoniya” nomli ilm
markazini tashkil etdi. Buxoro olimlari asosiy e’tiborni fiqhga qaratishgan bo;lsa,
Samarqand olimlari aqoid va kalom ilmiga moyil bo’lishi.
Umuman, hanafiy mazhabi mo‘‘tadilligi, ilmiy asoslarining puxtaligi va
huquqiy muammolarni osonlik bilan hal etgani kabi xislatlari tufayli islom
olamining ko‘plab hududlariga tarqaldi. Natijada, mazhablar ichida katta va keng
yoyilgan mazhabga aylandi
Molikiy mazhabi.Molikiy mazhabining asoschisi Imom Molik ibn Anasdir. Abu
Abdulloh Molik ibn Anas al-Asbaxiy (r.h.) hijriy 93-179, milodiy 713-795
yillarda hayot kechirgan. Madina shahrida tug‘ilib, shu erda vafot etgan. Hadis ilmi
bilan ko‘proq mashg‘ul bo‘lgan. Hadis rivoyat qiluvchi eng siqa (ishonchli)
roviylardan hisoblanadi. Imom Molikning ustozi Nofe’dan, Nofe’ning esa
Abdulloh ibn Umar (r.a.)dan rivoyat qilgan hadislar silsilasi muhaddislar
o‘rtalarida “oltin sanad” deb yuritiladi.
Molik ibn Anas ham muhaddis va ham faqih bo‘lgan. U Hijoz o‘lkasi (Arabiston
yarim orolining g‘arbiy sohillari)dagi e’tirof
etilgan olim sifatida tanilib,
“Imomul-Madina”, “Imomu doril-hijra”, ya’ni Madina shahrining imomi degan
unvonga musharraf bo‘lgan. Imom Molik (r.h.) Imom Abu Hanifa va uning
shogirdi Abu Yusuf bilan muloqotda bo‘lgan. U Arabiston zaminida zohir bo‘lgan
molikiy mazhabining asoschisi bo‘lib tanildi. Zotan, Molik ibn Anas asos solgan
bu ta’limot Arabiston yarim oroli va Afrika mintaqasi aholisi uchun muvofiq keldi.
Imom Molik umrining 40 yilini sarflab, “Muvatto” nomli ulkan kitobni yozdi. Bu
kitobda u fiqhiy masalalarga doir o‘z echimlarini bayon qilgan va ularning isboti
sifatida Payg‘ambar (a.s.)ning juda ko‘plab hadislarini rivoyat qilgan. Bu kitobda
nafaqat hadislar balki, o‘sha zamondagi sahobalarning fikrlari va so‘zlari ham
rivoyat qilingan.
Molikiy mazhabi ta’limoti.
Imom Molik ikki harami sharif orasida Makkai mukarrama va Madinai
munavvarada hayot kechirdi. Imom Molikning asosiy asari bo‘lmish “Muvatto”ga
qaraganda molikiy mazhabining asoslari quyidagilardir:
Qur’oni karim
Sunnat nabaviya
Sahobalar so‘zlari
Ijtihod va
qiyos
Istehson
Al-maslaha al-mursala
Urf
E’tiborli jihati, Imom Molik ijmoni asos qilib olishda, asosan, Madina ahlining
ijmosini nazarda tutgan. Negaki, Molik ibn Anas ushbu shahar ahlini payg‘ambar
va sahobalar yo‘l - yo‘riqlarini bilib olgan va unga asoslanib kelgan deb hisoblardi.
Shofeiy mazhabi. Shofeiy mazhabi asoschisi Abu Abdulloh Muhammad ibn Idris
ibn Abbos ibn Usmon Shofeiydur. U 150/767 - 204/ 820 yillar davomida
hayot
kechirdi.
Shofeiy hadis va fiqh borasida ulkan darajalarga erishdi.
Shofeiy mazhabining manbalari quyidagilardir:
1.Qur’oni karim.
2.Sunnati mutohhara.
3.Sahobalar qavllari.
4.Qiyos.
5.Ijtihod.
“Islomda huquq” kitobi mualliflari fikricha, uning davrida huquqiy istidlol, ya’ni
fatvolarni dalillar bilan asoslash nihoyat darajada rivojlanadi. Payg‘ambar
(s.a.v.)dan rivoyat qilingan hadislarga bo‘lgan chuqur ishonch ul zotga boshqa
biror hadisni ochiq shaklda rad kilish imkonini bermaydi. Imom Shofeiy faqat
rivoyatga qarshi rivoyat topilgandagina bunday imkoniyatga ega bo‘lardi.
Hanbaliy mazhabi.Hanbaliylik asoschisi Imom Ahmad ibn Hanbaldir. U hijriy
164 – 241, milodiy 780- 855 yillarda hayot kechirgan. Ahmad ibn Hanbalning
to‘liq ismi - Abu Abdulloh Ahmad ibn Hanbal ibn Hilol ibn Asad az-Zuhaliy al-
Marvaziy al-Bag‘dodiydir.
Ahmad ibn Hanbalning eng mashhur asari “Musnad” bo‘lib, u o‘z ichiga o‘ttiz
mingdan ortiq hadisni jamlagan.
Hanbaliy mazhabi ta’limoti. Ahmad ibn Hanbal hadisshunoslik bo‘yicha
katta
shuhrat qozondi. Bir guruh mashhur muhaddislar, jumladan, imom Muhammad ibn
Ismoil Buxoriy, Muslim ibn Hajjoj undan hadis rivoyat qilganlar. U o‘ziga xos
fiqxiy qarashlarga ega edi va ular bilan boshqa mazhab tarafdorlaridan ajralib
turardi. Gunohi kabiralarga qo‘l urgan kishi haqida mo‘‘tazilaga qarshi turib,
bunday gunoh qilgan kishi mo‘‘min emas, degan fikrni rad qildi. Ahmad ibn
Hanbal (r.h.) o‘z uslubiga tayangan holda hanbaliy
mazhabiga asos soldi va uni
rivojlantirishda Makkada Ibn Abbos orqali kurtaklari o‘sa boshlagan ilk huquqiy
maktabdan foydalandi. U Qur’on, sunnat, sahobalar so‘zlari va ijmoga asosiy
e’tiborni qaratib, qat’iy zarurat bo‘lmasa qiyosdan foydalanmagan. Barcha
hadislarni hatto xabari vohid va sahobalar qavlini qiyosdan ustun qo‘yardi.
Hanbaliylarga binoan fiqh asoslari beshta:
1.Qur’on va sunna matnlari.
2.Sahobalarning fatvolari.
3.Qur’on va sunnaga muvofiq bo‘lsa, ayrim sahobaning qavllari.
4. Isnodi zaif yoki ohod hadislar.
5.
Mutlaqo
ilojsiz
qolganda,
qiyos
bo‘yicha
hukm
chiqarish.
Shialik oqimi. Shia so’zining to’liq shakli “ash-Shia” (tarafdorlar, guruh, partiya)
yoki, Ali tarafdorlari bo’lib, bu nom Aliga ergashganlar va ularning avlodlariga
nisbatan berilgan. Shialik quyidagi mazhablarga bo’lingan. Imomiylar,
zaydiylar,jaffariya, ismoiliya.
Dostları ilə paylaş: